Ijtimoiy munosabatlar sub’yekt bilish ob’yektiga o’z manfaatlaridan kelib chiqib
yondashishini belgilaydi. SHundan ijtimoiy hayotning aynan bir hodisalari va muammolarini har
xil, ba’zan hatto bir-biriga teskari idrok etish va talqin qilish hollari yuz beradi. Masalan, tarixda
insoniyatning kelajakdagi rivojlanish yo’li va shakli har xil tasavvur qilingani ma’lum. Hozirgi
siyosiy hayotda aynan bir hodisalar (xususiy mulk instituti, bozorning shakllanishi va boshqalar)
ayrim ijtimoiy guruhlar tomonidan ijobiy baholansa, boshqa ijtimoiy guruhlar tomonidan salbiy
baholanadi. Bularning barchasi ijtimoiy hodisalarni bilishda mafkura, ya’ni muayyan ijtimoiy
hodisalarni har xil ijtimoiy guruhlar va tabaqalar nuqtai nazaridan baholash mavjudligidan
dalolat beradi.
Bilishga insonning sezgilari, uning ehtiroslari dunyosi kuchli ta’sir ko’rsatadi. SHu
munosabat bilan K.Gel’vetsiy: «...ehtiroslar bo’lmasa, buyuk artistlar ham, buyuk sarkardalar
ham, buyuk ministrlar ham, buyuk shoirlar ham, buyuk faylasuflar ham bo’lmas edi», deb
yozgan edi. Ehtiroslar tadqiqotchiga kuch-g’ayrat beradi va bilish jarayonini olg’a suradi. Inson
ehtiroslarisiz haqiqatni izlash mumkin emas.
Bilish doimo qandaydir yangi, ilgari noma’lum bo’lgan narsani yaratishga yo’nalgan ijoddir.
Ijodning bosh mezoni (ko’rsatkichi) – olingan natijalarning yangiligi va ijtimoiy ahamiyatga ega
ekanligi. U juda katta aqliy va jismoniy harakat («ijod mashaqqatlari» deb bejiz aytmaydilar),
ba’zan fuqarolik jasorati va hatto jonbozlik talab qiladi.
SHunday qilib, insonning bilishi rivojlanib boruvchi, faol jarayondir. Bu, avvalo, jamiyatda
yangi ehtiyojlarning tug’ilishi, tegishli ravishda amaliyotning rivojlanishi va takomillashuvi
bilan belgilanadi. Ayni shu sababli bilish «mangu harakat, qarama-qarshiliklarning yuzaga
kelishi va ularning yechilishi jarayoni» deb qaralishi lozim. Bilish jarayonining ichki mantig’i
(izchilligi) qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |