5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va mohiyati bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»


Hissiy darajadagi bilimning shakllari


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/35
Sana04.05.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1426284
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35
Bog'liq
5 mavzu gnoseologiya a007a4c8ca028358a58bf353c8ff4093

Hissiy darajadagi bilimning shakllari. Sezgi a’zolari orqali olingan bilim – hissiy 
bilimlardir. Sezgi a’zolari yoki narsalarning xossalarini sezgi a’zolari sezish va idrok etishi 
natijasida olingan bilimhissiy bilamdir. Masalan, inson uchayotgan samolyotni ko’radi va buning 
nimaligini biladi.
Sezgi va idrok. Bilish faoliyatida sezgi – narsalar ayrim xossalarining sezgi a’zolari 
orqali his qilingan oddiy obrazi, in’ikosi, nusxasi yoki o’ziga xos surati dastlabki sezgi obrazi 
hisoblanadi. Masalan, aple’sinda biz to’q sariq rang, o’ziga xos hid, ta’mni sezamiz. Sezgilar 
insondan tashqaridagi muhitda yuz berayotgan va uning sezgi a’zolariga ta’sir ko’rsatayotgan 
jarayonlar ta’sirida yuzaga keladi. Ovoz va yorug’lik to’lqinlari, mexanik bosim, kimyoviy ta’sir 
va hokazolar tashqi ta’sirlantiruvchilar hisoblanadi.
Forobiy bilishning ikki shakli – hissiy va oqilona bilishni farqlaydi. Insonni tashqi dunyo 
bilan bog’lovchi sezgilar roliga e’tiborni qaratar ekan, Forobiy ularni besh turga ajratadi. U 
sezgilarni bilimning asosiy manbai deb hisoblab, sezgilar faqat narsaning in’ikosi narsaning 
o’ziga mos tushgan holda haqiqiy bo’lishi mumkin
1
deb qayt etadi. Forobiyning bilishda va 
umuman hissiy idrok etishda sezgilarning roli haqidagi qarashlari Aristotelning «sezmaydigan 
odam hech narsani bilmaydi va tushunmaydi», degan fikriga juda o’xshash.
Insonning hayvondan farqi shundaki, u aql va sezgilar yordamida bilimlarni 
o’zlashtirishga qodir. «Aql kuchi» borliq narsalarining fikriy in’ikosini o’zida gavdalantiradi. 
Dunyoviy hodisalarning mohiyati va sabablarini bilgan aql osmon jismlari va ularning 
shakllarini bilishga harakat qiladi. SHu oxirgi bosqichda insonga ta’sir ko’rsatuvchi koinot aql 
bilan birikadi va boqiylik xususiyatini kasb etadi.
Aql dunyoning yaralish bosqichlari sifatida inson va birinchi sabab o’rtasida bog’lovchi 
bo’g’in bo’lib xizmat qiladi, birinchi sabab esa, o’z navbatida, aqlga bevosita ta’sir ko’rsatadi. 
Harakatlanuvchi aql jon bilan ruh orqali bog’lanadi, jon inson tanasidan o’rin oladi, shunday 
qilib, nodunyoviy hayot jihatlari insonga o’tadi va pirovardida inson mohiyati, bilimlari – uning 
aqli boqiylik xususiyatini kasb etadi.
Forobiy fikricha, sezgilar tartibga ega bo’lganidek, aqlning ham o’z tegishli tartibi 
mavjuddir
2
. Birinchi metod tabiiy fanlar (fizika)ga, ikkinchisi – matematikaga mos tushadi. 
Ikkala metoddan ham faqat fanda narsa va hodisaning u yoki bu jihatini teranroq tushunish 
maqsadida foydalaniladi.
Sezgilar dunyoning sifat jihatidan rang-barangligining ob’yektiv xususiyatini aks 
ettiradi va uning ta’sirida yuzaga keladi. Sezgilar hodisalarning miqdor ko’rsatkichlari haqida 
ham ancha boy axborot beradi. Sezgilar bir xil ohangdagi ovozlar o’rtasidagi farqni ularning 
1
Қаранг: Фараби. Китаб ал-Хуруф. – Душанбе: Илм, 1972. – 23-б.
2
Фараби. Китаб ал-Хуруф. – Душанбе: Илм, 1972. – 24-б.


kuchiga qarab, rang tuslarini, temperaturadagi o’zgarishlarni, narsalar va jarayonlardagi boshqa 
farqlarni ancha aniq aks ettiradi. Sezish qobiliyatining yo’qolishi muqarrar tarzda ongning 
yo’qolishiga olib keladi.
Sezishning ko’rish, eshitish, tebranish, paypaslash, ob-havo, og’riq, muvozanat va 
tezlashishni his etish, hid, ta’m bilish kabi umumiy organik turlari farqlanadi. Sezgilarning har 
bir shakli o’zining ayrim ko’rinishi orqali materiya harakatining mazkur shakli va turi, masalan, 
elektromagnit, ovozli tebranishlar, kimyoviy ta’sirlar va hokazolarning umumiy xossalarini aks 
ettiradi.
Har qanday predmet juda ko’p har xil jihatlar va xossalarga egadir. Masalan, qand 
bo’lagini olaylik: u qattiq, oq, shirin, ma’lum shakl, hajm va vaznga ega. Bu xossalarning 
barchasi bir predmetda mujassamlashgan. Biz bu xossalarni alohida-alohida emas, balki yaxlit 
holda - qand bo’lagi sifatida idrok etamiz va tushunamiz. Binobarin, yaxlit obrazni idrok 
etishning ob’yektiv negizini predmetning turli jihatlari va xossalari birligi va ayni vaqtda 
ularning ko’p sonliligi tashkil etadi.
Sezgi a’zolariga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi predmetlar, ularning xossalari va 
munosabatlarini aks ettiruvchi yaxlit obrazni idrok etish deb ataladi. Insonning idrok etishi 
narsalar, ularning xossalari va munosabatlarini tushunish va anglab yetishni o’z ichiga oladi. 
Bunda inson o’zining har bir yangi taassurotini mavjud bilimlar tizimiga kiritadi. Sezish va idrok 
etish inson tashqi dunyoga amaliy ta’sir ko’rsatishi jarayonida, mehnatda, sezgi a’zolari faol 
ishlashi natijasida amalga oshadi va rivojlanadi; masalan, harakatsiz ko’z narsalar rangini 
farqlashga qodir emas.
Organizmning makroskopik, yaxlit narsalar va jarayonlar olamida mo’ljal olishga 
bo’lgan ehtiyoji bizning sezgi a’zolarimizni shunday tashkil qilganki, biz narsalarni yaxlit holda 
idrok etamiz. Aks holda hamma narsa harakatlanayotgan zarralar, molekulalar pardasiga 
aylangan va biz narsalarlarning chegaralarini ko’rmagan bo’lur edik. Ko’rish a’zosi organizm 
hayotida muhim rol o’ynaydigan borliqdagi yorug’lik hodisalarini mumkin qadar yaxshiroq aks 
ettirish yo’nalishida rivojlangan. SHu sababli ko’z tabiatda mavjud yorug’lik ta’sirida 
yorug’likni qabul qilish, quloq - ovoz tebranishlarini farqlash uchun moslashgan va h.k. Sezgi 
a’zolarining o’ziga xosligi, «fiziologik» idealistlar fikridan farqli, tashqi dunyoni to’g’ri bilishga 
nafaqat monelik qilmaydi, balki, aksincha, narsalarning ob’yektiv xossalari aniqroq va to’liqroq 
aks etishini ta’minlaydi.
Sezgi – ob’yektiv dunyoning sub’yektiv obrazi, degan tamoyil sifatlarni birlamchi va 
ikkilamchiga mexanik tarzda ajratishga qarshi yo’nalgan. Bu nuqtai nazardan birlamchi sifatlar 
(shakl, hajm va h.k.) narsalarning ob’yektiv mavjud xususiyatlari in’ikosi hisoblanadi, 
ikkilamchi sifatlar (rang, ovoz va h.k.) sof sub’yektiv xususiyat kasb etadi. Ayni bir sezgiga 
narsalarning har xil xossalari mos kelishi mumkin: oq rang sezgisi ko’rish doirasidagi to’lqinlar 
barcha uzunliklarining elektromagnit xossalari qorishmasini ham, qo’shimcha ranglar har qanday 
juftligi (qizil va ko’k-yashil, sariq va safsar) qorishmasini ham aks ettiradi. Bundan oq rang 
to’lqin yoki narsa yuzasining ob’yektiv xossasi sifatida qaralishi mumkin emas, degan yanglish 
xulosa chiqariladi. Qora rang to’lqin xossasi emas: uning sharti – ko’rish doirasida nurlanishning 
yo’qligi. To’lqin yo’q narsa haqida axborot bera olmaydi. Bundan quyidagi soxta xulosa kelib 
chiqadi: rang, hid – bu narsalarning xossalari emas, balki bizning sezgilarimizdir (E.Max); 
«rang» so’zi bilan ruhiy kechinmalarning muayyan toifasi belgilanadi (V.Ostval’d). Dunyo esa 
ovozsiz, bo’yoqlar va hidlardan xoli. Unda issiq ham, sovuq ham mavjud emas. Bularning 
hammasi – faqat bizning sezgilarimiz.
Bu yerda masalaning ikki tomonini: sezgilar manbasi nimaligi va ularning 
psixofiziologik mexanizmi qandayligini farqlash lozim.
Obrazning sifat jihatidan aniqligi predmetning sifat jihatidan aniqligini aks ettiradi. 
Jismning tebranishi yoki ayni shu elektromagnit nurlarni tarqatishi jism tuzilishi, uning haroratisi 
va boshqa xossalariga bog’liq bo’ladi. Masalan, har bir metall olovni o’z rangiga bo’yaydi; har 
bir modda u yonayotgan gazga aylanganida o’z rangini kasb etadi. Qor ko’zimizga oq bo’lib 
ko’ringani uchun oq emas, balki u amalda oq bo’lgani uchun ham biz uni shunday ko’ramiz. 


Mexanitsistlar va sub’yektivistlarning narsa unga qarayotganimizdagina rangga va uni 
hidlayotganimizdagina hidga ega bo’ladi, degan fikriga qo’shilib bo’lmaydi. Ko’z o’zining rang 
sezadigan apparati bilan o’zi idrok etuvchi rang mavjud bo’lgani tufayli yuzaga kelgan va 
mavjud.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling