5-mavzu: Islom mintaqa madaniyati doirasida milliy ma’naviyatimtz rivoji. Reja
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
маънавият маъруза-5
5-mavzu: Islom mintaqa madaniyati doirasida milliy ma’naviyatimtz rivoji. Reja: 1. VIIl-IX asrlarda islom mintaqa madanivatining tashkil topishi. 2. Isiom mintaqa madaniyatida mantiqiv tafakkurning o‘rni. Islom ma’rifatchiligi bosqichi. Tasavvufiy qarashlarning shakllanishi. 3. Hadisshunoslik ilmi va mazhablarining shakllanishi 4. Markaziy Osiyoning ijtimoiy-siyosiy, iqiisodiy, diniy-ma'naviy hayotida islom dini ta’siri. Inson tabiati to‘g‘risidagi qarashlar. Eng qadim zamonlardan aql va ijtimoiylik inson tabiatini tashkil etuvchi tamoyillar deb hisoblangan. Insonga aqlli mavjudot va «ijtimoiy hayvon» degan ta’riflar berilgan. Arastu insonni «siyosiy hayvon» (Zoon politicon) deb atagan. Bizning buyuk bobokalonlarimiz Forobiy va Ibn Sino yunon falsafasining, xususan Arastu va Aflotunning inson tabiati to‘g‘risidagi fikrlarini asosan qabul qilganlar va ijodiy rivojlantirganlar. Islom falsafasida inson – olamning javhari, tabiatning gultoji. Javhar deganda olamning birlamchi moddiy asosi, maqsadi, mohiyati tushunilgan. Olamning manbai va ma’naviy mohiyati Ollohning o‘zi bo‘lsa, inson uning yaratuvchiligi maqsadi va oqibatidir. Javhar al-fard tushunchaviy mazmuniga ko‘ra (lug‘aviy emas) yunoncha “atom”ga mos keladi. “Inson - olamning javhari” shiorida islom Olloh olamni inson uchun yaratdi, yoki olamni yaratishdan Ollohning maqsadi insondir degan g‘oyani nazarda tutilgan. Antik falsafada olam – makrokosm, inson – mikrokosm hisoblangan. Islom ilm- fani va falsafasiga antik yunon olimlari, ayniqsa Aristotel ta’siri kuchli bo‘lgan. Shu sababdan bizning faylasuflarimiz katta olam – koinotni olami kubro, kichik olam – insonni – olami sug‘ro deb ataganlar. Bunday yondashuv islom aristotelchilari (Forobiy, Ibn Sino va boshqalar), qatorida tasavvuf faylasuflariga, xususan Aziziddin Nasafiy qarashlariga xos. Inson tabiati haqidagi tasavvurlardan kelib chiqib, mutafakkirlar uni qanday qilib yaxshilash, takomillashtirish, insonni komillika yetkazish to‘g‘risida so‘z yuritganlar. Atoqli mutafakkirlardan biri Aziziddin Nasafiy, tasavvufning boshqa allomalari va buyuk adiblarimiz o‘zlaridan komil insonga bag‘ishlangan ko‘plab ilmiy asarlar, ibratli hikoyatlar, rivoyatlar, hikmatlar, g‘azal va dostonlar qoldirgan. Tabiiyki, ularning qarashlari, fikr va mulohazalari o‘z tarixiy davri ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va diniy talablariga mos bo‘lgan. Tasavvufda inson takomillashuvi uning yashash sharoitlari yaxshilanishidan, ilm-fan, ta’lim, madaniyat rivojlanishidan va umuman jamiyatning har tomonlama taraqqiyotidan ajratilib, uning ichki ma’naviy dunyosiga qaratilgan. Kamtarlik, kamsuqumlik, faqirlikda yashash, orzu-havaslarni jilovlash, hatto ulardan tamomila voz kechish komillikning asosiy mezonlaridan hisoblangan. Lekin Forobiy, Beruniy, Ibn Sino kabi dunyoviy ilm-fan vakillari boshqacha fikrlaganlar. Ayniqsa Beruniy har qanday haqiqatning mezoni tajriba, inson qadr-qimmati uning mehnati sifati bilan belgilanadi deganda, mavhum g‘oyalarni, inson nasl-nasabini emas, amaliy faoliyatini, jamiyatning real yutuqlarini nazarda tutgan. Tan olish lozimki, Beruniyning ilmiy-tabiiy va ijtimoiy-siyosiy, gumanitar qarashlari o‘z davridan ko‘plab asr ilgarilab ketganligi bois, zamondoshlari tomonidan yaxshi tushunilmagan. Forobiy jamiyat insonga nafaqat inson sifatida shaqllanishi uchun, shuningdek kamol topishi va hatto oddiygina turmush kechira olishi uchun ham kerak, deb hisoblaydi: «Har bir inson o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi, ularga ega bo‘lishi uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi» 1 . Shunday qilib, Forobiy inson tabiatini ijtimoiylik tashkil etadi, degan fikrni yoqlab chiqadi. Odamlarning asl insoniy xususiyatlari ijtimoiylikdan tashqaridagi hodisa emas. Dindorlik, haqqa, haqiqatga intilish ham insonning aqliy va ijtimoiy mavjudotligi oqibatidir. Borliqning javhari va mohiyati, ilk sababi, kelajagi va qismati haqida mulohaza yuritish, haqiqatni izlash inson aqlining xususiyati, aql faoliyatining mahsulidir. Xuddi shunday din ham jamiyatga xos hodisa, tabiatda din yo‘q. Din ijtimoiylashgan, odamlar ma’naviy faoliyati tufayli shakllangan. Bundan kelib 1 Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шаҳри. Т.. 1993, 186-6. chiqadigan xulosa shuki, dindor yoki dahriy bo‘lish insonning aqllilik va ijtimoiylikdan tashqaridagi mustaqil tabiatini tashkil etmaydi, balki olamga inson munosabatining xususiy, bu yerda e’tiqodiy ko‘rinishidir. Yevropa klassik falsafasi Renessans (Uyg‘onish davri) va Ma’rifatparvarlik davrlarida gumanizmni rivojlantirdi. Insonparvarlik g‘oyasi, insonni ulug‘lash, inson e’tiqodi erkin bo‘lishi lozimligi, din va cherkov taz’yiqidan, qoloq urf- odatlar va an’analar bosimidan inson tafakkurini ozod etish masalalari falsafiy, badiiy asarlar, adabiyot va san’atning asosiy mavzulariga aylandi. Ushbu qarashlar o‘zining umumlashgan, mujassamlashgan ifodasini buyuk nemis faylasufi Immanuel Kantning “Inson vosita emas, balki maqsaddir”degan xulosasida topti. Gegel insonni Absolyut Ruh va tabiatni o‘zida sintezlashtirgan mavjudot hisoblaydi. Uning fikricha, aslida dunyoda birlamchi bor narsa – bu Absolyut g‘oya (boshqacha sinonimi Mutlaq Ruh; har ikkalasi Xudoning gegelcha atamasi deyish mumkin). U o‘zini anglash maqsadida doimiy harakatda va o‘z-o‘zicha rivojlanishda. Mazkur jarayonda Absolyut g‘oya o‘zining teskari borlig‘i, qarama-qarshiligiga – Tabiatga aylanadi (G‘oya – nomoddiy hodisa, Tabiat esa – moddiy). Moddiy tabiat nomoddiy Absolyut g‘oyaning inkoridir. Tabiat doimiy harakatda, tadrij etadi, chunki harakat, o‘z-o‘zidan rivojlanish Absolyut g‘oyaning ichki ajralmas xususiyati. Shu bois uning moddiylashugan shaklida – tabiatda bu xususiyat saqlanib qoladi. Tabiat tadriji davomida inson paydo bo‘ladi. Inson, bir tomondan, o‘zida tabiatni mujassam etadi, chunki u biologik mavjudot, ikkinchi tomondan esa – Absolyut Ruhni, chunki unda biologik organizmdan tashqari ong, tafakkur mavjud. Ongli inson ongsiz tabiatning inkori, ya’ni inkorning inkoridir. Shunday qilib, rivojlanishning uchligi – triada hosil bo‘ladi: tezis yoki birlamchi hilqat; antitezis – birlamchi xilqatning mohiyatan teskarisi, aksi; sintez – ikkala qarama-qarshilikning hayotchan jihatlarning birlashib, yangi sifat paydo bo‘lishi. Gegel triadasida Absolyut g‘oya – tezis, Tabiat – antitezis, Inson – sintez. Inson doimiy harakatda, birlamchi hilqatdan olgan o‘z-o‘zidan rivojlanish tendensiyasi unda mavjudligi sababli uning ongi , tafakkuri doimiy rivojlanishda. Ertami-kechmi inson tabiatdan ustun turuvchi kuchni, barcha g‘oyalar, moddiy narsalar, voqealar va h.k.lar manbai, o‘zagi, negizi, sababi – Absolyut Ruhni kashf etadi. Gegel dastlab ko‘pxudochilik, keyin yakkaxudochilik, keyin esa Absolyut Ruh tushunchalari misolida insonda olamni bilish, moddiy va ma’naviy hodisalarni to‘g‘ri va teran anglay olish salohiyati borligini ta’kidlaydi. Gegel qarashlari ob’ektiv idealizm falsafasining cho‘qqisidir. Gegelning ushbu qarashlari qaysi bir jihati bilan Platonning eydos mohiyati va voqeligi to‘g‘risidagi fikrlariga, Plotinning va tasavvufning emanatsiya (tajallis) konsepsiyasi o‘xshash. Platon ta’limotida bezavol va adabiy g‘oya (eydos) mavjud. Har bir moddiy buyum, narsa, hodisa tegishli eydosning konkret voqe bo‘lishidir – moddiy siymosidir. U o‘tkinchi, eydos esa abadiy. Plotin Platon qarashlarini rivojlantirib butun moddiy borliqni, tabiatni Ilohning, g‘oyaning, mohiyatning shu’lasi, jilolanishi – tajallasi deb e’lon qildi. Tasavvuf esa butun olam Ollohning tajallasi, Olloh o‘zi yaratgan har bir narsada, tabiatda, insonda mavjuddir, degan g‘oyani olg‘a surdi: butun olam – bu vujudul vahdud, ya’ni biru borning (Xudoning) vujudidir. Haqiqatni anglovchi, sezuvchi inson qalbi Olloh yashaydigan qasrdir. O‘zligini bilgan inson Ollohni taniydi, Olloh tanigan inson o‘zligini anglaydi. Gegel, albatta, olim sifatida sof diniy nazariyada qololmas edi. Lekin ayni paytda unga Mutlaq g‘oya (Xudo) mohiyatidan insonga ong, tafakkur shaklida nimadir o‘tganini tan olish ma’qul edi. Gegelning inson Absolyut Ruh (tezis) va uning o‘zgacha borlig‘i (antitezis – inkor) – ikkilamchi borlig‘i – tabiatning sintezi (inkorning inkori) ekanligi to‘g‘risidagi qarashlarini biroz soddalashtirib, kundalik oddiy so‘zlarda “inson – bu yarim-xudo va yarim-hayvon” deb talqin qilish mumkin. Chunki sintez inkor bilan bir qatorda har ikki avvalgi sifatlardan keraklisini olib qoladi. Gegel xulosasida potensial tarzda inson xudo va tabiatni tan olmasdan, ulardan ustun turishga haqli degan g‘oya yashirin. Balkim, Gegelning o‘zi bunday fikrdan yiroq bo‘lgandir. Ammo u istaydimi, yo‘qmi – shunday fikr uning triadasida voqe sifatida bo‘lmasa-da, imkoniyat sifatida mavjud. Ma’lum shart-sharoitda u voqe bo‘lishi, yuzaga chiqishi mumkin. Amalda shunday bo‘ldi – XIX asr oxirgi choragidan Yevropada ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy inqirozlar tufayli inson yarim-xudo g‘oyasi yuzaga chiqa boshladi. Buni F. Dostoevskiy va F. Nisshe kabi adib-faylasuflar o‘z asarlarida qayd etganlar. Biz mazkur masalani ma’naviy tarbiyaga oid mavzuda batafsil ko‘rib chiqamiz. Hozir inson tabiati haqidagi qarashlarga qaytamiz. Adolat yuzasidan tan olish joizki, xristian dinining o‘zi (uning barcha oqimlari – pravoslavie, katolitsizm, protestantizm) insonni Xudoning ojiz, najotga muhtoj bandasi deb hisoblaydi. Bu masalada xristian dini islomdan unchalik farq qilmaydi. Ammo g‘arb jamiyati ma’naviy hayotida xristianlik ta’siri XIX asrda ancha susayib ketdi, shaharlarda asosan cherkovning ta’siri maxsus marosimlarda, maishiy madaniyat va ba’zi urf-odatlar ko‘rinishida saqlanib qoldi. Qishloq joylarda avom xalq dindorligicha qolgani jamiyat ma’naviy taraqqiyotiga uncha katta ta’sir ko‘rsatgani yo‘q. Chunki avom xalq savodsiz, uning madaniy saviyasi va ijodiy salohiyati past edi. Qishloqdan chiqqan iste’dodli yoshlar shaharlarga o‘qish va ishlash uchun ketib, o‘sha yerda qolib ketar, shaharliklarning yarimateistik qarashlarini qabul qilar edi. Shaharlarga ko‘chgan birinchi avlod dindorligicha qolsa-da, ikkinchi va uchinchi avloddan boshlab, e’tiqodlarda o‘zgarish yaqqol yuzaga chiqardi. Inson – xudo g‘oyasi rivojlanishiga g‘arb jamiyatida erkinlik va irodani biryoqlama tushunish o‘z “hissasini qo‘shdi.”. XX asr 60 - yillar oxiri - 70 – yillardan boshlab asta-sekin erkinlik tendir tengligi, “til inqilobi”, axloqiy erkinlik, “seksual inqilob” va h.k. shakldagi yoshlarning norozilik kayfiyatini ifodalovchi submadaniyat, unga tez moslashib olgan ommaviy madaniyat ta’sirida jamiyat ma’naviy hayotida vulgar antropotsentrizm g‘olib keldi. Bu iste’molchilikka asoslangan jamiyat psixologiyasiga mos edi. G‘arb ma’naviy inqirozi, jahon ekologik muammolari insonning xudodan ham, tabiatdan ham ustun bo‘lishga intilishi, tabiat va jamiyat markaziga o‘z nafsi va hirsini jilovlay olmaydigan o‘ta xudbin inson qo‘yilgani – zamonaviy vulgar antropotsentrizm oqibatidir desak, adashmaymiz. Aslida xudolarning insonga aylanib, go‘zal ayollar bilan aloqa qilishi, ulardan ilohiy qudratga ega farzandlar ko‘rishi qadimgi yaqin sharq xalqlari va yunon-rim asotirlarida, politeistik dinlarda keng tarqalgan edi. Xristian dinida ham Iso Masih Xudoning Bibi Mariamdan tug‘ilgan o‘g‘lidir. Yaqin sharq xalqlari keyinchalik yahudiylik va islom ta’sirida yarim xudo – yariminson, yoki xudo farzandi g‘oyalaridan voz kechdi. Ammo xristian dinini qabul qilgan yevropaliklarda xudo-inson g‘oyasi to‘liq yo‘qolmib ketmadi. Zamonlar o‘tib, sal o‘zgargan shaklda yana paydo bo‘ldi. Taniqli faylasuf V. Hyosle xristianlikning ushbu aqidasi yangi zamon falsafasi ta’sirida insonning “xudo”ga aylanishi uchun ma’naviy negiz bo‘lganini ta’kidlaydi. Yevropada yangi zamon deganda fransuz inqilobidan keyingi davr nazarda tutiladi. Biz yuqorida eslagan Gegel yangi zamon faylasufidir. Albatta, bugungi vulgar antropotsentrizm va egotsentrizmda Gegel falsafasining aybi yo‘q. Bu g‘oyalar jamiyatda keng tarqalishiga ko‘plab boshqa faylasuflar, turli soha olimlari, adiblar, san’atkorlar, ma’daniyat arboblari, siyosatchilar o‘z hissasini qo‘shgan. Asosiy sabab, balki, g‘oyaviy-ma’naviy omillarda emas, ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy-sinfiy omillaridadir. Ashaddiy ekspluatatsiya, inqiloblar, urushlar, ayniqsa XX asrda ikki marta sodir bo‘lgan jahon urushlari, qashshoqlik, xo‘rlik, o‘lib ketish xavfi, shafqatsiz raqobat, begonalashish va sh.k. tahdidlar g‘arb kishisini xudoga, yuksak ideallarga ishonchini yo‘qotib, xudo o‘rnini o‘zi egallashga undagandir. Ushbu masala islom mutaffakkirlarini ham qiziqtirgan. Ammo islomda bunday masalalarni chuqur tahlil qilish, umuman nazariy-e’tiqodiy bahslar olib borish ta’qiqlangan. Bu haqda tegishli hadislar bor. Ammo masalani butunlay chetlab o‘tish qiyin bo‘lgani sababli ayrim olimlar u haqda o‘z fikrlarini bildirib ketgan. Islom inson mohiyatini shunday talqin qiladi: inson farishta va hayvon o‘rtasidagi maxluqdir. Abu Homid G‘azzoliy “Kimyoi saodat” asarida insonga xos xislatlarni to‘rtga bo‘ladi: birinchisi – axloqi bahoim – to‘rt oyoqli hayvonlarga xos sifatlar; ikkinchisi – axloqi saba’ – darrandalarga xos sifatlar; uchinchisi – axloqi shayotin – shaytonlar sifati; to‘rtinchisi – maloika – farishtalar sifati. 2 Birinchi uch guruh sifatlar insonni hayvonga yaqinlashtirsa, (hayvoniy tabiatiga ko‘ra, inson shayton vasvasasiga uchadi), to‘rtinchi guruh uni farishtalarga yaqinlashtiradi. Lekin islomda inson hech qachon Olloh sifatlarini, imkoniyatlarini o‘zida sezilarli darajada mujassam eta olmaydi. Mumtoz islomdan farqli tasavvufda inson faqat o‘zligidan kechib Olloh vasliga yetishi mumkin. Biroq tasavvufda ham inson xudoga sherikchilik qilolmaydi, uning o‘rnini bosolmaydi. Mansur Halloj “Anal haq” deganda, xudolikka da’vo qilmagan, balki xudo mening qalbimda, men fikri zikrimda, tuyg‘ularim va intilishlarimda xudo bilan birlashib ketganman demoqchi bo‘lgan. Lekin ortodoksal islom tarafdorlari, islom faqihlari uni tushunmaganlar va qozi hukmi bilan qatl etganlar. Mansur Halloj qatl etilgan so‘filar orasida yolg‘izi emas. Suhravardiy, Imomiddin Nasimiy, Boborahim Mashrab va yana bir necha mashhur so‘fiylar shariat hukmi bilan qatl etilgan. Shundan so‘ng, tasavvuf ta’limoti ham yildan – yil jo‘nlashib, sayozlashib ketgan. G‘arb falsafiy qarashlaridan yaxshi xabardor, g‘arbcha ta’lim olgan zamonaviy musulmon ziyolilari orasida ham insonni “Xudo bilan yonma-yon turadi”, 3 deb hisoblaganlar uchraydi. Masalan, XX asrning mashhur mutaffakkir- shoirlaridan, jamoat arboblaridan biri Muhammad Iqbol insonni shunday ulug‘lagan. “Ijodkorlikda inson Xudoning hamkoridir”, 4 To‘g‘ri, Muhammad Iqbol shakkoklik ma’nosida bu g‘oyani olg‘a surmagan, balki ingliz mustamlakachiligidan ezilib, xo‘rlanib yotgan Hindiston (barcha sharq) xalqining qaddi-qomatini ko‘tarish, unga o‘zligini anglatish, insonning ijodkorligini, yaratuvchanligini eslatish uchun yuqoridagi fikrni olg‘a surgan. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling