5-mavzu: Islom mintaqa madaniyati doirasida milliy ma’naviyatimtz rivoji. Reja


Inson tabiatiga ekzistensialistik va boshqa postklassik yondashuvlar


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana10.08.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1666191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
маънавият маъруза-5

Inson tabiatiga ekzistensialistik va boshqa postklassik yondashuvlar.
Inson tabiati to‘g‘risidagi marksistik qarashlarga ba’zan muxolif, ba’zan 
kamchiliklarni 
to‘ldiruvchi 
bo‘lib, 
ekzistensializm 
o‘rtaga 
chiqdi. 
Ekzistensializm (K. Yaspers, M. Xaydegger, J. P. Sartr) insonning – autentligi – 
asl mavjudligi, jamiyatdagi turli talablar, me’yorlar ta’sirida buzilmagan asl 
tabiati, insonning haqiqiy erkinligi haqidagi g‘oyani ilgari surdi. 
Ekzistensialistlar diniy (Yaspers), yoki ateistik (Sartr) pozitsiyada 
turishlaridan qati nazar inson tabiatiga jamiyatni ma’lum darajada yot deb 
biladilar. Ular insonning autentligi ko‘proq «chegaraviy holatlar»da ro‘yobga 
chiqadi, deb hisoblaydi. Chegaraviy holat deganda insonning uyqu va uyg‘oqlik, 
qo‘rquv va botirlik, qahr va muhabbat, burch va xudbinlik, o‘lim va hayot 
o‘rtasidagi holati va boshqa shunga o‘xshash o‘tish holatlari tushuniladi. 
Chegaraviy holatda inson takabburlik, ikkiyuzlamachilik qilolmaydi. Odob-axloq 
qoidalari haqida o‘ylab, ularga xatti-harakatini moslashtirishga imkoni yoki vaqti 
bo‘lmaydi. Uning asl tabiati yuzaga chiqadi. O‘z asl tabiatiga mos kishigina 
erkinlikka erishadi. Ko‘rinib turibdiki, ekzistensializm ba’zi jihatdan freydizmga 
hamohang fikrlarni aytgan. Lekin ekzistensializmning inson erkinligi 


to‘g‘risidagi g‘oyalari va qarashlari freydizmga (ruhiy tahlil ta’limotiga) nisbatan 
ham, marksizmga nisbatan ham ancha insonparvar. Marksizm asl, haqiqaiy, real 
gumanizmni imkoniyat salohiyat tarzda ifodalashiga qaramasdan, uni voqelikka 
aylantira ololmadi. Mafkuraviy va amaliy-siyosiy masalalarda o‘zidan sust 
bo‘lgan ekzistensializmga ilmiy tashabbusni oldirib qo‘ydi. 
Inson tabiati haqida original fikr yuritganlardan biri E. Kassirer bo‘ldi. E. 
Kassirer inson turli ramzlar yaratuvchi hayvon degan g‘oyani o‘rtaga tashladi - 
animal symbolicum
6
. Inson o‘zi va tabiat oralig‘ini turli ramzlar bilan to‘ldiradi 
hamda ular orqali jamiyat va tabiat bilan bog‘lanadi. 
So‘zlashuv tili - inson yaratgan shunday ramz. Aslida u tovushlar 
kombinatsiyasidan yasalgan ramz, belgi (so‘z) orqali voqelikni aks ettirishdir. 
Madaniyatning har bir hodisasi - ramz. Ramzlarni yaratish va ulardan foydalanish 
kishilarga har qanday insoniy faoliyatni amalga oshirishga ko‘maklashadi. 
Masalan, til nafaqat kishilarning o‘zaro aloqasini ta’minlaydi, ularning jamoaga 
birlashishiga, jamiyatni vujudga keltirishiga shart-sharoit tug‘diradi, tafakkurini 
yuzaga chiqaradi. Ramz (til) tufayli inson aqlli mavjudot, va «ijtimoiy hayvon» 
bo‘la oldi. Ramz yaratish orqali inson birlamchi tabiatni qayta ishlab, ikkinchi 
tabiatni (jamiyatni), shu jumladan o‘z insoniy tabiatini yaratdi va takror yaratib 
turadi. 
E. Kassirerning inson ramzlar yaratuvchi hayvon ekanligi to‘g‘risidagi 
xulosasi shaklan original bo‘lsada, lekin ayrim detallarni hisobga olmaganda, 
mazmunan inson mohiyatini ochib beruvchi yangi tamoyillarni olg‘a surgani 
yo‘q. Quyidagi fikr, nazarimizda, adolatlidir: «Insonning ushbu xossalari – aql, 
yaratuvchilik, jamiyatga mansublik va ramz ijod qilish inson tabiatini to‘liq 
tashkil etmasalarda, haqiqatan mohiyatlidir. Ular insonning umumtarqalgan 
imkoniyatlaridir, ammo «inson tabiati» deb atash joiz bo‘lgan narsani tashkil 
etmasliklari mumkin... Bu xossalarning barchasiga ega bo‘lib ham, inson erkin 
6
Э. Кассирер. Опыт о человеке: введение в философию человеческой культуры. - В кн.: «Проблемы человека 
в западной философии», Т., 1988, 30-6 


yoki qaram, ezgu ishli yoki gunohkor bo‘lishi, ochko‘zlikni yoki ideallarni dastur 
qilib olishi mumkin».
7
Ammo inson tabiatini tashkil etuvchi qancha yangi tamoyillar olg‘a 
surilmasin, bari bir masala oxirigacha yechilmay qoladi. Chunki insonga nafaqat 
tafakkur, shuningdek, hissiyot, tuyg‘ular ham xos. Insonning biologik tabiati 
yemasdan, ichmasdan, tashqi atrof-muhit bilan modda almashmasdan yashay 
olmaydi. Insonning aqli-zakovati esa oziq-ovqat, boshpana va hayot kechirish 
masalasida to‘g‘ri va samarali harakat qilishga, o‘zini xavf-xatardan saqlashga 
qaratiladi. Insonga Freyd aytgan hayot va o‘lim tug‘ma instinktlari qatorida 
ijtimoiy refleks sifatida hosil bo‘lgan ijtimoiy instinktlar ham ta’sir ko‘rsatadi. 
Inson ehtiroslari ba’zan uning xulq-atvorini juda o‘zgartirib yuboradi va har 
qanday oqilonalikni chetga surib qo‘yadi. Inson faoliyatining asosida maqsadga 
muvofiklik bilan bir qatorda ehtiros yotibdi.
Inson uchun go‘zallikdan, ezgulikdan, samimiylik va bolalarcha 
beg‘uborlikdan zavq-shavq tuyish, yovuzlikdan qahr-g‘azabga to‘lish, 
nafratlanish, ijod ilhomidan jo‘shish va sh.k. ehtiroslar, tom ma’nodagi individual 
tarzda namoyon bo‘ladigan asl ijtimoiy hissiyot xos. Shu bois insonni «ehtirosli 
mavjudot» ham deyish mumkin. “Dunyodagi hech bir ulug‘ ish ehtirossiz sodir 
bo‘lamaydi” , - deydi Gegel. “Ehtiroslar insonning ma’naviy boyligidir”, 
qo‘shimcha qiladi atoqli adib Anatol Frans. Ta’kidlash joizki, ko‘pchilik nozik 
va murkkab masalalar kabi, ehtiroslarga beriladigan baholar o‘zaro keskin farq 
qiladi. Biz yuqorida keltirgan fikrlarga tamomila teskari fikrlar bor. Chunki 
mazmunan va oqibatan extiroslar bir xil emas. “Ehtirosga ixtiyorni berish 
oqilning ishi emas” (Qobus), ammo ayni paytda unutmaslik kerakki, “ehtiroslar 
yelkanlarni ishga soluvchi shamollardir, ba’zan kemalarni g‘arq qiladilar-u, 
ammo shamolsiz suzish mumkin emas”(Volter). Inson ijtimoiy tuyg‘ulari, ijodiy 
7

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling