- ishchilarga kasbiy mahorati uchun;
- mutaxassislarga mehnatda erishgan yuksak ko‘rsatkichlari va yuqori malaka darajasi uchun;
- jahon yutuqlariga mos mahsulot salmog‘i katta bo‘lishini ta’minlaganlik, mahsulotni eksport qilishni ancha kengaytirganlik hamda ishlab chiqarishning texnikaviy darajasini oshirganlik uchun.
Ikkinchi guruh:
- bajarilayotgan ishning alohida xususiyati bilan (mavsumiyligi, uzoqdaligi, ish obyekti noaniqligi va shu kabilar bilan) bog‘liq qo‘shimchalar;
- grafik bo‘yicha dam olish yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelgan ish kunlarida ishlaganlik uchun; ko‘p smenali ish tartibi uchun;
- ishlarni tashkil etishning vaxta usulida ish vaqti normadanortiq davom etadigan ish munosabati bilan.
Uchinchi guruh:
- normal mehnat sharoitidan farq qiladigan sharoitlar uchun qo‘shimchalar:
- og‘ir (zararli) va o‘ta og‘ir (o‘ta zararli) mehnat sharoitlarida ishlaganligi uchun;
- konveyyer, oqim va avtomat liniyalardagi ishchilarga mehnatning intensivligi uchun; shaxta va razrezlarning mexanizatsiyalashtirilgan zaboylaridagi ishchilariga mehnat intensivligi uchun;
- tungi vaqtda ishlaganlik uchun;
- metropolitenlarning tonnellarida va yer osti hududlarida faqat tungi vaqtda ishlar bajarganlik uchun;
- ayrim qurilish obyektlarida va favqulodda vaziyatlar tug‘ilishi mumkin bo‘lgan joylarda oshirilgan tarif stavkalari va mansab okladlarini qo‘llash;
- xavfli yuklarni tashiganlik uchun.
Qo‘shimchalar va ustamalar turlarining taklif qilingan tasnifi bu to‘lov turlarini qo‘llash maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish imkonini beradi.
Rag‘batlantiruvchi qo‘shimchalar va ustamalar. Rag‘batlantiruvchi qo‘shimchalar va ustamalar ro‘yxatiga nazar tashlanganida ularning kattagina qismini qo‘llashdan maqsad xodimlar mehnatini ish kuni doirasida kasbiy (yoki mansab) sohani kengaytirish hisobiga intensivlashdan iborat ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Oldingi xo‘jalik yuritish tizimida xodimning ish kuni mobaynida normal (to‘liq) ish bilan band qilish har doim ham ta’minlanavermas edi. Ko‘pincha, ayniqsa, vaqtbay haq to‘lashda, ish bilan bandlik 50-60 %ni, hatto undan ham kamroqni tashkil qilar edi. Ishlab chiqarish yuqori darajada tashkil etilmaganligi korxonalarda ortiqcha personalni saqlab turishni talab qilardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |