5-mavzu. Mahsulot sifati va sifatni boshqarish sistemasi reja
Download 424.67 Kb.
|
5-mavzu. Mahsulot sifati va sifatni boshqarish sistemasi reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Mahsulot sifati ko’rsatkichlarining turlari. Mahsulot sifati darajasini baholash.
- Baholashdan maqsad
3-rasm. Korxonada sifatni boshqarish
Amalga oshirish funktsiyasi konstruktsiyaning loyihalashtirilgan sifatini tayyor mahsulotda mujassamlashuvini bildiradi. U texnologik jarayonlarni loyihalashtirish, qo’llanadigan dastgohlar, mashinalar, instrumentlar turini, shuningdek ishni bajarish va nazorat qilish uslublarini aniqlashni o’z ichiga oladi. Nazorat funktsiyasi mahsulot ishlab chiqarish bosqichidagina emas, uni realizatsiya qilish bosqichida ham amalga oshiriladi. Boshqacha aytganda, mahsulotning yaroqliligi uni sotilishi bilan tasdiqlanadi. Boshqaruvning ta’siri funktsiyasi mahsulotni realizatsiya qilish chora-tadbirlarini belgilash, agar sotilgan tovar sifat shartlariga javob bermasa unga qayta ishlov berishni tashkil etishni o’z ichiga oladi. Yuqorida sanab o’tilgan rejalashtirish - amalga oshirish – nazorat –boshqaruvning ta’siri funktsiyalarini aniq boshqarish uchun korxonaning barcha bo’limlari boshqaruv va nazoratning texnikasini, maxsus texnologiyani, shuningdek statistik uslublarni qo’llab, mahsulot sifatining muhim ahamiyatini his etgan holda ma’suliyat bilan o’z vazifalarini bajarishlari lozim. SHunday qilib, korxonada sifatni boshqarish – bu “iste’molchilarning ehtiyojini qondiradigan, yetarlicha yuqori darajadagi foydalilikka ega bo’lgan tovarlarni loyihalashtirish, tayyorlash va sotishni ta’minlovchi boshqaruv faoliyati turidir” 2. Mahsulot sifati ko’rsatkichlarining turlari. Mahsulot sifati darajasini baholash. Mahsulot sifatini baholash va uni oshirish uchun sifat darajasini baholash zarurdir. Mahsulot sifatini miqdoriy jihatdan baholash bilan bog’liq bo’lgan faoliyat sohasiga kvalimetriya deyiladi. Mahsulotning sifati darajasini baholash mahsulot sifatini sistemasida zaruriy boshqaruv ta’sirini amalga oshirishda asos bo’lib xizmat qiladi. Umumiy ko’rinishida mahsulot sifatini baholash quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi mumkin. 4- rasm. Mahsulot sifati darajasini baholash bosqichlari Bosqichlarning mazmuni va ularning har birida bajariladigan ishning hajmi mahsulot sifatini baholashdan qo’yilgan maqsadga bog’liqdir. Baholashdan maqsad: Ko’rib chiqish uchun sifatning qaysi ko’rsatkichlarini tanlash, qanday aniqlikda ularning qiymatini aniqlash, buning uchun qanday vositalar zarurligi, baholash natijalarini qanday formada ifodalash va ko’rsatkichlarni qanday qayta ishlash mumkinligini aniqlashdan iboratdir. Mahsulotning xossa va xususiyatlari miqdoriy hamda sifat jihatdan tavsiflanishi mumkin. Sifat tavsiflari-bular, masalan, mahsulotning zamonaviy moda yo’nalishiga, dizaynga, ranglarga mos kelishi va boshqalar bo’lishi mumkin. Mahsulotning bir yoki bir necha xossa xususiyatlarining miqdoriy tavsifiga sifat ko’rsatkichi deyiladi. Sifat ko’rsatkichlarini tanlash – mahsulot sifati tarkibiga kiruvchi va uning sifati darajasini baholashga imkon beruvchi mahsulot xususiyatlari miqdoriy tavsifining nomlarini aniqlashdir. Sifat ko’rsatkichlarining nomlarini tanlashni asoslab berish quyidagilarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi: Mahsulotdan foydalanish shartlari va nima maqsadda ishlab chiqarilganligi; Iste’molchi talablarining tahlili; Mahsulot sifatini boshqarish masalalari; Tavsiflanayotgan xususiyatlarning tarkibi va strukturasi; Sifat ko’rsatkichlariga nisbatan qo’yilgan asosiy talablar (4. rasm) Download 424.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling