5-Mavzu. Mahsulot sifati va sifatni boshqarish sistemasi


Download 0.59 Mb.
bet10/13
Sana28.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1301665
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
5 mavzu SM

Muomala va sotish mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan yuklatilgandan to iste’molchi olguniga qadar bo’lgan hayot tsiklining bir qismidir.


Muomala va sotishmahsulotni ekspluatatsiya qilish uning sifatini tiklanishiga va saqlanib turishiga yordam beruvchi mahsulot hayot tsiklining bosqichidir.


5.5. Mahsulot sifatini nazorat qilish

Boshqarilayotgan ob’ekt to’g’risida ma’lumotlar to’plash maqsadida sifatni nazorat qilishning zaruriyligi GOST 15467-79 da ko’rsatilgan: «Mahsulot sifatini boshqarish – mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash, ishlab chiqarish, ekspluatatsiya yoki iste’mol sohasida mahsulot sifatida muntazam nazorat qilish va sifatga ta’sir qiluvchi omillarni maqsadga yo’naltirilgan ravishda boshqarish orqali zaruriy sifat darajasini o’rnatish, ta’minlash va saqlab turishdan iboratdir».


Mahsulotni nazorat qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi: haqiqatda mahsulotning holati to’g’risida ma’lumotlar olish (uning miqdoriy va sifat belgilari to’g’risida); olingan ma’lumotlarni oldindan o’rnatilgan texnik shartlar bilan taqqoslash, ya’ni ikkilamchi ma’lumotlarni olish. Haqiqatdagi ko’rsatkich, normativ shartlarga mos kelmagan hollarda nazorat ob’ektiga normativ shartlardan chekilanishni yo’qotish maqsadida boshqaruv ta’sirini amalga oshiriladi.


Nazoratning asosiy tushunchalari GOST 16.501-81 da ko’rsatilgan. Nazorat turlarining klassifikatsiyasi 1.10-rasmda keltirilgan. Sifat muammosining murakkabligi korxonada mahsulot sifatini boshqarishga kompleks yondoshishni talab qiladi. 1.11-rasmda yirik korxonalarda sifatni boshqarish xizmatlarining funktsiyalari keltirilgan.


Yirik korxonalarda sifatni nazorat qilish sistemasiga mahsulotni ishonchlilik ko’rsatkichlari bo’yicha nazorat qilish, mahsulotning tajriba namunalarini, maketlarni tekshirish bo’linmalari kiradi.


Nazorat funktsiyalariga bevosita o’lchov vositalaridan, elektron, kompьyuter qurilmalaridan to’g’ri foydalanishni ta’minlaydigan, ularning holatini nazorat qiladigan ishlab chiqarishni metrologik ta’minlash ham qo’shilib ketadi.


Nihoyat, dasturlarni tayyorlash va kadrlarni o’qitish va malakasini oshirish, ularni motivlashtirish va rag’batlantirish sifat masalalarining muvaffaqiyatli yechilishi uchun zarurdir. Har bir korxona ham sifatni boshqarish sifatlarini to’liq imkoniyatiga ega emas. Kichik korxonalar, odatda, maxsus maslahatchi, injiniring firmalarining xizmatidan foydalanadilar, sifat bo’yicha muhandis bo’lishi bilan cheklanadilar.


Zamonaviy texnikaviy nazoratning asosi bo’lib matematika-statistik uslublar hisoblanadi. Mahsulot sifatini boshqarish ikkita usulda ta’minlanishi mumkin: mahsulotni yaroqli va yaroqsizga ajratish bilan va texnologik aniqlikni oshirish yo’li bilan. Ko’pdan beri nazorat usullari mahsulotni yakuniy bosqichda murakkab tekshirish orqali yaroqsiz





Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling