5 Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun gimnastika. Reja


Download 370.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana11.02.2023
Hajmi370.46 Kb.
#1188605
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5 seminar

Kuchlilik-bu mushaklarni ma’lum darajada zо‘riqtira olish qobiliyati 
bо‘lib,chaqqonlik va epchillikni tarbiyalashning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Maktabgacha yoshdagi bolaning mushaklari hali yaxshi rivojlanmagan bо‘ladi, 
uning asab harakati ham hali yetarli darajada takomillashmagan, bog‘cha bolalari 
mushaklarni kuch bilan ishga solishda aniq farq qilish qobiliyatiga ega emaslar. 
Kichik guruhdagilar uchun shu narsa muhimki,ularda rostlovchi mushaklarning 
hayotiy faoliyatidan kо‘ra, bukish mushaklarining hayotiy faoliyati ortiqroq 
bо‘ladi, bolalar yurish va yugurish vaqtida oyoqlarini yarim bukik holda tutib 
harakat qiladilar, о‘yinlar о‘tkazish vaqtida esa engashib о‘tiradilar va hokazo. Shu 
sababli, bolaning kuch-quvvat sifatlarini rivojlantirayotganda rostlovchi mushaklar
kuchini kо‘paytirishga alohida e’tibor berish, bola gavdasi va oyoq-qо‘llarini 
rostlaydigan, tо‘g‘ri turishga о‘rgatadigan mashqlarni bajartirish muhim 
ahamiyatga egadir. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarda kuch-quvvatni tarbiyalashga qaratilgan 
mashqlar, asosan, dinamik harakterga ega bо‘lishi kerak. Ayni vaqtda, bu uzoq vaqt 
davom etib, asablarni ancha tarang holga keltiradigan bir xildagi zо‘riqishlar bilan 
bog‘liq, bо‘lmasligi lozim. Bundan tashqari, kuchni rivojlantirishda zо‘r berib, 
kuchlanish talab etiladigan mashqlar qо‘llanmasligi kerak. Maktabgacha yoshdagi 
bolalarning kuch-quvvatini tarbiyalash uchun qisqa muddat davom etadigan va 
tezlik hamda kuch talab qiladigan mashqlar (masalan, bir joyning о‘zida turib 
uzunlikka sakrash, uzoqqa uloqtirish mashqlari), shuningdek, о‘z og‘irligini 
kо‘tarish bilan bog‘liq bо‘lgan ba’zi bir mashqlar (engashtirib qо‘yilgan va tikka 
turgan narvonlar, taxtalarga tirmashib chiqish mashqlari, gimnastika taxtasida о‘z 
qо‘llari, kuchi bilan tortilish va shunga о‘xshash mashqlar)ni bajarish о‘rinlidir. 
Matonat-bu jismoniy ishni imkoni boricha uzoq vaqt davomida yetarli 
darajadagi jadallikni saqlagan holda bajara olish qobiliyatidir. Matonatni 
tarbiyalash organizmturli sistemalarining miqdoriy imkoniyatlarini oshirib borish, 
asta-sekin sharoitga moslashib borish bilan, oqibat natijada charchashga olib 
keladigan va kuchli zо‘riqish bilan uzoq vaqt davom etadigan faoliyat natijasida 
organizmda yuzaga keladigan kо‘nikish, ya’ni chiniqish sanaladi. Shuning uchun 
bolalarda matonatni tarbiyalashda, ularga о‘zlarida kо‘nikma hosil qilgan vazifaga 
qaraganda yuqoriroq jismoniy ta’sir kо‘rsatadigan mashqlar va о‘yinlar 
qо‘llaniladi. 
Maktabgacha yoshdagi kichik guruhlarda matonatni tarbiyalash bilan bog‘liq 
maxsus mashqlar amalga oshirilmaydi. Katta yoshdagi bog‘cha bolalarida 
matonatni tarbiyalash uchun о‘yin va mashqlardan foydalaniladi. Bunday о‘yin va 
mashqlarda ancha og‘ir, lekin qisqa muddatli jismoniy zо‘riqish talab qilinadi. 
Bunday mashqlarda bolalar diqqat-e’tiborni bir yerga jamlab, mashqlarni 
takrorlashda yetarli darajada uzoq tanaffuslar berib, ularga nafas rostlashiuchun 
vaqt ajratish lozim. Bu yoshdagi bolalarda matonat, avvalo, yurish, yugurish, 
sakrash, chang‘ida yurish, raqsga tushish, suzish va harakatli о‘yinlarni о‘ynash va 
mustaqil faoliyat kо‘rsatish vaqtida rivojlanadi.



Download 370.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling