5 Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun gimnastika. Reja


Download 370.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana11.02.2023
Hajmi370.46 Kb.
#1188605
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5 seminar

Chaqqonlik - bu faoliyat davomida paydo bо‘ladigan kutilmagan
shart-sharoitlarga binoan harakat faoliyatini tezlik bilan yangi harakatlarni egallay 
olish qobiliyatidir. Chaqqonlikni tarbiyalashda harakatlarning uyg‘unligini 
rivojlantirish, ularning sur’ati va kо‘lamini, mushaklarning zо‘riqishi va bо‘shashi 
darajasini bir-biridan farq qilish, shuningdek, vaqtga va joyga moslashib mо‘ljal 
ola bilish mahorati asosida sodir bо‘ladi. Chaqqonlikni tarbiyalash uchun aniq 
harakatlar qilish qobiliyatini rivojlantirish muhimdir. Bundan tashqari, turg‘un 
holatda hamda bir joydan ikkinchi joyga yurib borilayotganda gavdaning 
muvozanatini saqlay olish chaqqonlik kо‘rinishlaridan biri hisoblanadi. 
Bolalikning maktabgacha yoshida harakat analizatorini rivojlantirishda anchagina 
siljish rо‘y beradi. Bu esa chaqqonlik qobiliyatini asta-sekin takomillashtirib borish 
uchun imkoniyat yaratadi. Harakatlarni bajarishdagi epchillik ham maktabgacha 
yoshdagi bolalarda tez rivojlanadigan muhim xususiyatdir. 
 Epchillik - bu harakatnieng kam vaqt ichida bajara olish qobiliyatidir. U 
qandaydir bir signalga javob tariqasida bajarilgan (harakat reaksiyasi deb 
ataladigan tezlikka) ayrim harakatlar tezligi va kо‘p marta takrorlanayotgan 
harakatlarning tezligiga bog‘liq bо‘ladi. Harakatlarning mana shu barcha ta’rif-
tavsifi, bog‘chadagi kichik yoshdagi bolalardan boshlab, to katta guruhdagi 
bolalarda muntazam mashq qilish natijasida о‘sib boradi. Chaqqonlik va 
epchillikning rivojlanishiga о‘yin va mashqlarni muntazam bajarib borish orqali 
erishiladi. 
Bunda 
atrofdagi 
muhit 
sharoitning 
о‘zgarishiga 
qarab 
shug‘ullanuvchilar tezlik bilan javob reaksiyasi berishlari hamda bir harakatdan 
ikkinchisiga jadallik bilan о‘tishlari, tez siljishlari va topshiriqni bajarishlari 
muhimdir. Turli о‘yinlar hamda tо‘siqlarni yengib о‘tish, tо‘xtab-tо‘xtab, 
burilishlar bilan bajariladi va birdan berilgan signal bо‘yicha xilma-xil 
topshiriqlarni bajarish, xatlab о‘tish, engashib-emaklab о‘tish bilan bog‘liq bо‘lgan 


mashqlar, muvozanat mashqlari,turli xil sport о‘yinlari va boshqalar mana shunday 
chaqqonlik va epchillikni о‘stiruvchi mashqlar hisoblanadi. 

Download 370.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling