Nizomiy nomidagi toshkent
Download 134.44 Kb.
|
BOBUR KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi” ta’lim yo’nalishi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGINIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “Boshlang'ich talim” fakulteti “Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi” ta’lim yo’nalishiKURS ISHI Mavzu: “Mashg’ulot jarayonida jismoniy vositalardan foydalanish samaradorligi” Bajardi: 201- guruh talabasi Boymirzayev Bobur Tekshirdi: Nigmanov B.B TOSHKENT-2023 RejaKirish… 3 Asosiy qism Mashg’ulot jarayonida o‘quv trenirovka jarayonining vazifasi va tuzilishi… 5 O‘yin usullarini o‘rgatishning tuzilishi (strukturasi)… 6 Ta’lim (o‘rgatish) va mashg’ulotning asosiy vositalari … 8 Ta’lim va mashg’ulot (trenizrovka) mazmuni 11 Texnik usullar va taktik harakatlarni o‘qitishda izchillik, va hamjihatlik. Mashg‘ulotlarda samaradorlikka erishish qoidalari … 16 Xulosa 19 Foydalanilgan adabiyotlar… 21 KIRISH
Bolalar rivojlanishida jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kursi bo‘lajak mutaxassislarni jismoniy tarbiyaning turli xil mahalliy hamda chet el tajribalaridan samarali foydalanishga o‘rgatish, ularni jismoniy tarbiya sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, maqsadi va vazifalarini amalda bajarishga o‘rgatishdan iborat. Bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy mahorati bolalar, ularning ota- onalari, pedagoglar jamoasi bilan olib boradigan ko‘p qirrali hamda ijodiy faoliyatida namoyon bo‘ladi. Bo‘lajak mutaxassislar bolaning rivojlanishi, o‘sish jarayonini tushunish bilan birgalikda, harakat faoliyatida muhim ahamiyat kasb etishi va inson tanasining o‘ziga xos funksiyalarini bilishi, o‘yin hamda harakat tayyorgarligining dasturiy mazmunini anglash bilan bir qatorda bolaning ruhiy- jismoniy rivojlanishi, jismoniy tayyorgarligini tashxislash ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari, shuningdek, o‘qitishning zamonaviy metod va usullaridan xabardor bo‘lishlari zarur. Jismoniy mashqlarning paydo bo‘lishi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Jismoniy mashqlar insonning hayotiy instinktlari, jumladan, yashash, ovqatlanish, uy joy qurish, avlod qoldirish va x.k.z kabi ehtiyojlarini qondirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan. Inson rivojlanib borgani sayin uning harakatlari ham takomillashib borgan. Jismoniy mashqlarning paydo bo‘lishiga, mehnat faoliyati, ov, hattoki urushlar ham sabab bo‘lgan. Yashash uchun kurash asnosida insonning: tezlik, kuch, egiluvchanlik, chidamlilik, epchillik, chaqqonlik kabi ruhiy-jismoniy xususiyatlarini takomillashtirib borish talab qilingan. Ov va boshqa hayotiy zarur faoliyatlar uchun inson ma’lum harakatlarni bajarishga majbur bo‘lgan. Ovga borishdan oldin, ovlanadigan o‘ljaning rasmlarini qoya yoki yerga chizib, quroli bilan mo‘ljalga olgan. Bu holat o‘z navbatida trening vazifasini bajarib, irodaviy moslashuv hamda kerakli ko‘nikmalarni hosil qilish imkoniyatini bergan. Inson doimo harakatga intilib, harakat faoliyatini optimallashtirishga intilgan. Tabiat hodisalarini tushunmaslik oqibatidagi qo‘rquv, his-hayajon, raqs, o‘yin hamrohligida o‘tkaziladigan turli diniy udumlarning paydo bo‘lishiga olib kelgan. Insonnning ijtimoiy jihatdan rivojlanib borishi natijasida mehnat faoliyati va jismoniy mashqlar orasidagi farq tobora yo‘qqa chiqa boshladi. Mehnat jarayoni bilan bog‘liq murakkab harakat faoliyatidan asta-sekin alohida harakatlar (yugurish, uloqtirish, sakrash) ajralib chiqib, keyinchalik jismoniy tarbiyada qo‘llanila boshlandi. Turli mushaklar guruhi uchun o‘ziga xos mashqlar qo‘llanila boshlandi. Oddiy mashqlar tizimi asta-sekin hozirgi kundagi sport o‘yinlarida qo‘llaniladigan murakkab, maxsus tuzilgan mashqlar tizimi darajasigacha takomillashib bordi. Inson rivojlanishi va faoliyatining takomillashuvi yangi-yangi jismoniy mashqlarni yaratish va takomillashtirib borishni taqozo yetadi. Bu doimiy davom yetadigan jarayon hisoblanadi. Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi bo‘lib, u tarixan gimnastika, o‘yinlar, sport va turizm tarzida guruhlarga ajratilib, tarbiya jarayonining vositasi sifatida foydalanib kelindi. Jismoniy mashq deb, jismoniy tarbiya qonuniyatlari talablariga javob beruvchi, ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy harakat faoliyatlarining turli turkumi tushuniladi. Bunday harakat faoliyatlari gimnastika, o‘yinlar, sport, turizm mashqlari sifatida tarixan tizimlashtirildi, usuliyoti to‘plandi va to‘ldirildi.. Download 134.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling