Nizomiy nomidagi toshkent


Maxsus jismoniy tayyorgarlik


Download 134.44 Kb.
bet7/13
Sana19.06.2023
Hajmi134.44 Kb.
#1604471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
BOBUR KURS ISHI

Maxsus jismoniy tayyorgarlik – bu aniq bir texnik usulni tezroq egallashga sharoit yaratadigan jismoniy sifatlarni rivojlantirish jarayonidir. Uning vositalari bilan o‘yin sharoitida zarur va aniq sifatlar rivojlantiriladi. Jumladan, tez joylasha bilish, statik holatdan tezda o‘yin holatiga o‘ta bilish, sakrovchanlik, ayrim mushak guruhlarida kuchni, epchillikni, harakatchanlikni rivojlantirish. Shu maqsadda asosiy o‘yin harakatlari bilan dastlabki tuzilish bo‘yicha maxsus tayyorlov mashqlaridan foydalaniladi. Darsning birinchi qismida tezkorlik, chaqqonlik va epchillikni, ikkinchisida kuch va boshqa sifatlarni (o‘yin usullarini o‘rganish bilan bir qatorda) rivojlantirish uchun mashqlar berilishi tavsiya etiladi. Trenirovka mashg‘ulotlari majmuaviy usullarda jumladan, bir sifatni emas balki, bir necha sifatlarni (masalan, tezkorlik, kuchlilik va chidamlilik; epchillik va chidamlilik va h.k.) bir vaqtda rivojlantirishni nazarda tutib turli vositalar qo‘llanilsa, jismoniy sifatlar nisbatan yaxshi rivojlanadi.
Kuch boshqa sifatlarni namoyon etishning asosi hisoblanadi. Tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik sifatlarini namoyish etish uning rivojlanganlik darajasiga bog‘liqdir. Barcha turdagi sport o‘yinlarida, barcha o‘yin usullarini bajarishda u muhim xizmat vazifasini o‘taydi.
Muskul kuchi muskul to‘qimalari fiziologik va morfologik tuzilishining o‘lchamlariga bevosita bog‘liqdir. Maxsus mashqlarni muntazam qo‘llash natijasida muskul tolalarida yo‘g‘onlashuv sodir bo‘ladi, kapilyarlar yaxshilanadi.
Mushaklar faoliyatining tartibiga bog‘liq holda mashqlar dinamik va statik turlarga bo‘linadi. Dinamik mashqlar jarayonida gavda va uning qismlari fazoda bo‘ladi. Bu yugurish va sakrash harakatlarini bajarish jarayonida sodir bo‘ladi. Statik mashqlar jarayonida yaxlit harakatlar qo‘llaniladi va gavda holati muayyan holatda bo‘ladi. Tayanish va osilishlar bunga misol bo‘la oladi.
Bolalar bilan ishlash jarayonida dinamik harakatlarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi. Shuningdek kuchni rivojlantirish uchun mashqlarni 8 – 10 yoshdan boshlab qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bu yoshda kuchni rivojlantirish uchun o‘z og‘irligidan foydalaniladigan mashqlar, jumladan joyida o‘tirib turish, tayangan holda qo‘lni bukish va yozish (otjimaniya) yoki raqib qarshiligi bilan bajariladigan mashqlar, tortilishlar tavsiya etiladi. Muskul kuchini o‘sishi uni rivojlantirish usullariga jumladan, takrorlashlar soni, yuklamalar darajasiga bog‘liqdir. Mashqlar va o‘ta zo‘riqish hosil qilmasligi zarur.
Chegara og‘irlik mashqlari uchun to‘ldirma to‘p, gantel, shtanga, gimnastik tayoqlar va boshqa yuklar qo‘llaniladi. Og‘irliklar bilan bajariladigan mashqlar dastlabki bosqichda sekinlashtirilgan holda bajariladi. So‘ngra bajarish sur’atini asta – sekin oshirish mumkin. Kuchni rivojlantirish mashqlari bo‘shashtirish mashqlari bilan almashinib turiladi.
Qiz bolalar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda ehtiyotkorlik bilan ish tutish zarur. Ular uchun mashqlarning miqdori va sur’ati o‘g‘il bolalarnikiga qaraganda ozchillikni tashkil etadi. Bunda o‘z gavda og‘irligi hamda gimnastika tayoqlari bilan bajariladigan mashqlar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Barcha sport o‘yinlari uchun sakrovchanlikni rivojlantirish juda muhimdir. Bu pastki bo‘g‘in muskullarining rivojlanganligiga, ularni tezda qisqarishiga va bajariladigan harakatning umumiy qisqarishiga bog‘liqdir. Uni rivojlantirish uchun balandlikka, uzunlikka, gimnastika o‘tirg‘ichi (skameykasi) ustidan va boshqa to‘siqlardan og‘irlashtirilgan holda sakrash kabilardan foydalaniladi. Ayniqsa 1 – 1,5m balandlikka sakrash mashqlari sakrovchanlikni rivojlantirishning muhim omili bo‘ladi.

Download 134.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling