Nizomiy nomidagi toshkent


O‘yinda usullarni takomillashtirish


Download 134.44 Kb.
bet5/13
Sana19.06.2023
Hajmi134.44 Kb.
#1604471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
BOBUR KURS ISHI

O‘yinda usullarni takomillashtirish. Mazkur bosqichda o‘qituvchi tasodifiy, o‘zgaruvchan o‘yin vaziyatlarida usulni to‘g‘ri bajarish, aniq o‘yin sharoitlarida usuldan maqsadga muvofiq foydalanishga erishadi. Buning uchun o‘yin mashqlari, usulni bajarishda o‘rnatilgan aniqlik bilan o‘quv o‘yinidan foydalaniladi. O‘yinda usullarni takomillashtirish ijodkorlik hamda tashabbuskorlik uchun sharoit yaratadi.
2.3. Ta’lim (o‘rgatish) va mashg’ulotning asosiy vositalari.
Ta’lim va mashg’ulotning asosiy vositalari mashq hisoblanadi. O‘z navbatida u asosiy va yordamchi mashqlarga bo‘linadi. Sport o‘yinlariga o‘rgatishd yordamchi mashqlar o‘z ichiga umumrivojlantiruvchi va maxsus,shuningdek boshqa sport turlaridan o‘zlashtirilgan mashqlarni oladi. Asosiy–bu o‘yin
texnikasi va taktikasiga doir mashqlardir.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar. Har tomonlama jismoniy tayyorgarlik vazifasini hal etadi. O‘yin texnikasini muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bo‘lgan jismoniy sifatlarni rivojlantirishga imkon beradi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar turkumiga harakat malakalarini takomillashtirishga yordam beruvchi barcha gimnastika, yengil atletika va akrobatika mashqlarini kiritish mumkin. Ular alohida mushak guruhlarini belgilarga qarab tanlab ta’sir ko‘rsatish tariqasida ham bo‘lishi mumkin. Masalan, qo‘l va yelka mushaklari uchun, bo‘yin va bel mushaklari uchun oyoq va tos mushaklari uchun va h.k.
Tayyorlov mashqlari o‘yin jarayonida zarur bo‘lgan jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishga hizmat qiladi. Bu epchillik, tezkor harakat reaksiyasi, qo‘l va barmoqlar kuchi, qayishqoqligi, o‘yin usullarini bajarish uchun zudlik bilan tezlashish hamda dastlabki holatga qaytish qobiliyatidir. Tayyorlov mashqlari buyum va buyumlarsiz (to‘ldirma to‘plar, gantellar, arg‘amchilar va h.k.) bo‘lishi mumkin. Shuningdek bunga estafeta va harakatli o‘yinlarni ham kiritish mumkin.
Yordamchi mashqlari - bu o‘yin texnikasini egallashga ko‘maklashuvchi harakat amallaridir. Bu mashqlar harakatda bajariladigan usulning tuzilishi, bajarilishning tashqi va ichki belgilari mazmunini o‘z ichiga oladi. Yordamchichi mashqlarga usullarni qiyosiy (immitasiya) bajarish, o‘yin usullarini to‘psiz bajarish, usulni sherigi yordamida bajarish va h.k lar kiradi.
Asosiy mashqlar o‘yin texnikasini egallashga qaratilgan bo‘lib, bu o‘yin usullarini yaxlit yoki qismlarga bo‘lib bajarish demakdir. Bu mashqlarni bajarishda ta’limning izchillik prinsipiga rioya etish lozim. Masalan, to‘psiz harakatdan to‘p bilan bo‘ladigan harakatga, joyida turib bajariladigan harakatdan har xil harakatdagi mashqlarga, bir usulni bajarishdan, u usulni o‘yin va musobaqa sharoitiga mos turli vaziyatlarda bajarishga o‘tish va h.k.. Texnikaga o‘rgatish jarayonida mashqlarni chiroyli ko‘rsatib berish va ifodali tushuntirish muhimdir. Texnika o‘qituvchi tomonidan to‘g‘ri va na’munali tarzda ko‘rsatilsa bu uning o‘zi uchun foydalidir. Texnik usullar taktik harakatlarni komanda, guruh va yakka tartibda mashqlarni bajarish yordami bilan silliqlanadi hamda takomillashtiriladi.



Download 134.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling