Nizomiy nomidagi toshkent
Download 134.44 Kb.
|
BOBUR KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘rgazmali usullar
Topshiriq - bu dars oldidan yoki o‘yin mashqlarini bajarish oldidan qo‘yiladigan vazifa shakli hisoblanadi. Topshiriq o‘yinda qandaydir xususiy yoki guruhli taktik harakatlarni bajarish uchun bir yoki bir nechta o‘quvchilarga berilishi mumkin.
Ko‘rsatma – bu texnika va taktika mashqlarini bajarishdagi topshiriqning qisqa shaklidir. Undan o‘quv o‘yinlarini o‘tkazish yoki o‘zaro taktik harakatlarni o‘zlashtirishda tez – tez foydalaniladi. Ko‘rsatma o‘yin yoki o‘yin mashqlarini to‘xtatmasdan o‘zaro harakatlar jarayonida berilishi mumkin. Buyruq – shug‘ullanuvchilarga og‘zaki ta’sir etish shaklidir. U o‘zining qisqa va aniqligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, u aniq yoki muayyan bir shaklga ega emas. Mashqlarni bajarish yoki uni bajarishga tayyorgarlik ko‘rish uchun beriladi. Ko‘rgazmali usullar: mashqlarni ko‘rsatish, ko‘rgazmali qurollar (chizma, jadval, kinokalsovka, kinogramma va h.k)ni namoyish qilish, o‘quv o‘yini yoki rasmiy musobaqalarni ko‘zdan kechirish. Ko‘rsatish har doim so‘z bilan uyg‘unlashgan hamda foydalanilishi va o‘rganilayotgan mashq to‘g‘risida to‘liq tasavvur hosil qilish lozim. U o‘qituvchi yoki o‘quvchilarning biri tomonidan amalga oshiriladi. Ko‘rsatish oldidan o‘quvchilar diqqatini to‘plash, kuzatish uchun sharoit yaratish (ko‘rsatish uchun joy tanlash, o‘quvchilarni saflantirish va h.k) muhimdir. Ko‘rsatish bajarishning aniq bir ifodali harakteriga ega bo‘lmog‘i lozim – bu o‘yin harakterlarining tomoshabopligiga sharoit yaratadi. Ko‘rgazmali qurollarni namoyish etish yordamchi usul hisoblanadi. U ta’limning boshqa usullari bilan uyg‘un ravishda olib borilsagina samarali bo‘lishi mumkin. Shuningdek, u guruh va jamoali taktik harakatlarni o‘rganishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Sport o‘yinlariga o‘rgatishda takroriy va sekinlashtirilgan ko‘rsatish va namoyish etishlar tez – tez qo‘llaniladi. Bu bolalar diqqatini harakat amallarining muhim elementlariga qaratishga imkon beradi. Amaliy usullar shug‘ullanuvchilar faol harakat faoliyatlariga asoslanadi. Mashq usuli o‘yinlar texnikasi elementlarini yoki butun bir o‘yin usullarini egallashga yordam beradigan harakatlarni ko‘p marotaba takrorlanishini nazarda tutadi. Takrorlashlar bir butun yoki qismlarga bo‘linib amalga oshirilishi mumkin. Qismlarga bo‘lib o‘rgatish harakat amallarining alohida qismlarini o‘zlashtirish va keyinchalik ularni bir butun qilib birlashtirishni nazarda tutadi. Bu bo‘linish o‘rgatishning qaysidir jabhasida samara bergandagina zarurdir. Bo‘laklarga ajratish o‘yin mashqi yoki tugallangan alohida harakatlar shaklida bo‘lmog‘i lozim. Voleybolda hujum zarbasini o‘rgatish uchun – bu zo‘r berish va sakrab to‘pni ushlash, bevosita hujumkor zarb. Bo‘laklarga ajratish usulini qo‘llash faqat o‘rgatishning boshlang‘ich davrlarida tavsiya etiladi. Harakatlar o‘rganilganidan keyin u boshqa usullar yordamida mustahkamlanadi. Sport o‘yinlarida ayrim texnik usullarni yaxlit holda o‘rganish tavsiya etiladi, negaki bo‘laklarga ajratish harakatlar tuzilishini buzadi va ularni egallashni murakkablashtiradi. Tayyorlov mashqlarni qo‘llash, mashqlarni yengillashtirilgan sharoitda qo‘llashning uslubiy usuli ham birmuncha samara beradi. Ularning murakkabligi o‘quvchilarning tayyorgarligiga bog‘liq bo‘lib u o‘qituvchi tomonidan tartibga solinadi va tanlanadi. O‘yin harakatlarini mustahkamlash mashqlarni murakkablashtirilgan sharoitlarda bajarishni nazarda tutadi. O‘yin uslubi texnika elementlari egallangandan so‘ng qo‘llaniladi. O‘yinchilar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni o‘rganish va texnik usullarni takomillashtirishda bir savatga bir darboza va h.k.ga 2x2, 3x3, 4x4 dagi o‘yin usuli hozir amalda keng qo‘llanilmoqda, o‘yin uslubi musobaqa uslubi bilan muvaffaqiyatli birikadi. Bu qiziqishni oshiradi, ko‘tarinki ruh, his – hayajon baxsh etadi, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlanishiga, o‘yin usuli yoki o‘yin mashqlarini takomillashishiga ko‘mak beradi. Uning mohiyati shundaki, shug‘ullanuvchilar o‘qituvchining ko‘rsatmasi va o‘yin qoidalariga rioya qilgan holda bir o‘yin harakati yoki ular majmuini bajarishda musobaqalashadilar. Sport o‘yinlarida o‘yin usullarini takomillashtirishning chegarasi yo‘q, ular musobaqalarda takomillashadi va mustahkamlanadi. Download 134.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling