Nizomiy nomidagi toshkent


Download 134.44 Kb.
bet2/13
Sana19.06.2023
Hajmi134.44 Kb.
#1604471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
BOBUR KURS ISHI

II. ASOSIY QISM
2.1. Mashg’ulot jarayonida o‘quv trenirovka jarayonining vazifasi va tuzilishi
Sport o‘yinlari jismoniy tarbiyaning asosiy vositalaridan biri sifatida jismoniy tarbiya bo‘yicha umumta’lim maktab dasturi va “Salomatlik” majmuining talablaridan kelib chiqib, o‘quv – trenirovka jarayonida asosan quyidagi vazifalarni hal etadi:
- O‘quvchilarni sog‘lig‘ini mustahkamlash, chiniqtirish, jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish, yuqori mehnat qobiliyatini saqlash, yuksaltirish hamda ijtimoiy – gigiyenik ko‘nikmalarini tarkib toptirish.
- O‘quvchilarda axloqiy va irodaviy sifatlarini tarbiyalash, shuningdek, o‘z salomatligi to‘g‘risida qayg‘urish nafaqat shaxsiy ish, balki, ijtimoiy burch ekanligi to‘g‘risidagi tushunchalarni shakllantirish.
- hayotiy muhim harakat ko‘nikmalari va malakalarini shakllantirish, ularni turli sharoitlarda qo‘llay bilishni o‘rgatish.
- o’quvchilarda asosiy harakat sifatlarini rivojlantirish, jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug‘ullanish hissini shakllantirish, o‘z jismoniy kamolotini takomillashtirishga ehtiyojni tarbiyalash.
Jismoniy madaniyat fakultetining o‘quv – trenirovka jarayonida yuqoridagilar bilan bir qatorda quyidagi kasbiy – pedagogik tayyorgarlik vazifalarini ham hal etadi:
- davriy va uslubiy bilimlarni egallash;
- o’yinlarning zamonaviy taktika va texnika usullarini o‘zlashtirish;
- sport o‘yinlarining biridan o‘z mahoratlarini oshirish va h.k.
Bu vazifalar ilg‘or va samarali usullarni qo‘llash orqali hal etiladi.
Jismoniy texnik, taktik, ruhiy, tashkiliy – uslubiy va hakamlik qilish sohasidagi tayyorgarliklar o‘quv – trenirovka jarayonining mazmunini tashkil etadi. Bu asosiy qismlar bir biri bilan uzviy bog‘liqdir.
Murakkab harakat malakalariga o‘rgatish jarayonida nafaqat ta’limiy balki, tarbiyaviy vazifalar ham o‘zaro ajralmagan holda hal etiladi. O‘qituvchi va murabbiy harakat ko‘nikmalari va malakalariga o‘rgatar ekan, u o‘quvchilar tarbiyasining barcha jabhalarini jumladan, halollik, ongli intizom, vijdonlilik kabilarni nazarda tutadi. Biroq, fanning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, u umumiy tarbiya vazifalarini hal etish bilan bir qatorda jismoniy madaniyat uchun xos bo‘lgan quyidagi tarbiyaviy vazifalarni ham hal etadi:
- smoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish hissini tarbiyalash;
- qori darajada rivojlangan irodaviy sifatlarni, murakkab mashqlarni bajarishdagi jismoniy mashaqqatni yengish malakasini tarbiyalash;
- giyenik ko‘nikma, mehnat va dam olish tartibiga rioya qilish odatini o‘z jismi hamda kiyimlarini toza va ozoda tutish kabilarni tarbiyalash;
- o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro to‘g‘ri muomala va muloqotda bo‘lishni, o‘g‘il va qizlar o‘rtasida do‘stlik va yuqori axloqiy munosabatlarni tarbiyalash.
Sog‘lomlashtirish vazifalari jismoniy tarbiyaning jamiki vositalari orqali amalga oshiriladi. Mashqlarni to‘g‘ri tanlash, miqdorlash, shug‘ullanuvchilarning sog‘lig‘ini, jismoniy tayyorgarligini, yosh xususiyatlarini hisobga olish o‘qituvchi diqqat markazida bo‘lmog‘i lozim.
Shuningdek, ta’lim jarayonida tibbiy ko‘rsatkich natijalari ham hisobga olinadi. Uning asosida o‘quvchilar asosiy, tayyorlov va maxsus guruhlarga ajratiladi. Jismoniy rivoji va tayyorgarligi jihatdan orqada qolgan o‘quvchilarga maqsadga yo‘naltirilgan mashqlar va maxsus uyga vazifalar beriladi. O‘quv talablarini bajarishga ham yengillik berishga ruxsat etiladi.
Ta’lim tamoyillari - Ta’lim jarayoni ko‘p qirrali bo‘lib, u jismoniy va irodaviy sifatlarni rivojlantirish bilan uzviy bog‘liqdir. U inson faoliyati qonuniyatlariga muvofiq holda tuziladi. Bu qonuniyatlar didaktik tamoyillarda o‘z aksini topadi.
Ko‘rgazmalilik tamoyili o‘rganilayotgan materialni turli ko‘rgazmali vositalar (sxema, plakat, kinogramma, slayd, elektron darsliklar va h.k.)dan, mashqlarni aniq ko‘rsatishlik kabilardan foydalanib to‘g‘ri tasavvur qilishni shakllantirish zaruriyatidan kelib chiqadi. Ko‘rgazmalilik tamoyilini barcha yoshdagi guruhlar bilan o‘tkazilib, o‘quv – trenirovka jarayonining barcha jabhalarida amalga oshirish zarurdir. O‘qitish va tarbiyalashning barcha ko‘rsatmaliligi ko‘rish sezgilari, idrok, obrazlardan keng foydalanishni ham, voqelik bilan bevosita munosabatda bo‘lishni ta’minlovchi barcha sezgi organlariga doimo tayanishni ham taqozo etadi. Jismoniy tarbiya jarayonida ko‘rgazmalilik, ayniqsa, muhim o‘rin tutadi, chunki shug‘ullanuvchining faoliyati asosan amaliyot bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi.
Ko‘rgazmalilikning har hil shakllari bir - biri bilan o‘zaro bog‘lanibgina qolmay, balki o‘zining ta’siri bo‘yicha biri ikkinchisining o‘rnini bosadi. Bu bilishning xissiy va mantiqiy bosqichlarining birligini, fiziologik nuqtai nazardan esa, voqelikning birinchi va ikkinchi signal tizimlarning birligini ko‘rsatadi.
Ko‘rgazmalilik faqat dastlabki shart – sharoit emas, balki butun harakat faoliyatini takomillashtirish jarayonining ajralmas shartidir. Ayniqsa sezgilarga, idrok, obrazli tasavvurlarga suyanmay turib harakat malakalarini takomillashtirish ham, jismoniy qobiliyatlarni o‘stirish ham mumkin emas.
Ko‘rgazmalilik shunchaki zarur bo‘libgina qolmay, balki u ta’lim tarbiya tamoyillarini amalga oshirishning umumiy sharti sifatida ham muhim ahamiyatga ega. Ko‘rgazmalilikning xilma - xil shakllaridan foydalanish mashg‘ulotlarga qiziqishni oshiradi, berilgan topshiriqlarni tushunish va bajarishni yengillashtiradi, mustahkam bilim, mahorat va malaka hosil qilishga yordam beradi.
Muntazamlilik va izchillik tamoyili ta’limda izchil tizim o‘rnatilishini nazarda tutadi. Izchillikka o‘quv materiali va mashg‘ulotlarni aniq rejalashtirish orqali erishiladi. Yangi material ilgari o‘rganilgan materialga tayanmog‘i lozim. Bu harakat ko‘nikmalarini mustahkamlash va kengaytirish imkonini beradi. Dastlab asosiy usullar o‘rganiladi. Masalan, basketbolda ilib olish va uzatish, voleybolda uzatish va oshirish, futbolda to‘xtatish va zarb berish kabilar. So‘ngra esa nisbatan murakkabroq, ikki va undan ortiq o‘yin usullarini o‘z ichiga olgan, kombinasion harakatlarni o‘rganishga o‘tiladi. Dastlab ular oddiy, so‘ngra esa murakkabroq sharoitlarda o‘rganiladi. Agar harakat malakalarini egallash borasida muntazam mashq qilinmasa, ular bora – bora yo‘qoladi.
Taraqqiyot tamoyili yuklamalar hajmi va sur’atining asta sekin ortib borishi, mashqlar texnikasining murakkablashishi, texnika va taktikaning murakkab o‘yin usullarini egallashga ma’naviy – irodaviy sifatlarni rivojlantirishga imkon beruvchi mashqlar texnikasining murakkablashishi, texnika va taktikaning kengayishi bilan ifodalanadi. Yuklamalar hajmi hamda sur’atini oshirish chog‘ida o‘qituvchi shug‘ullanuvchilarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olish zarur. Shuningdek bajariladigan jismoniy yuklamalarning mohiyatini baholashi, ularning sog‘lomlashtirish ta’sirini hisobga olmog‘i lozim.
Individuallashtirish tamoyili jismoniy tarbiya jarayonida shug‘ullanuvchilar qobiliyatini yanada yaxshiroq rivojlantirish maqsadida ularning o‘ziga xos tomonlarini hisobga olishni nazarda tutadi. Ta’limni xususiylashtirish o‘quvchilar jismoniy tayyorgarligi darajasini turli – tumanligi, ularning yosh, jins xususiyatlari, jismoniy og‘irliklarga bardosh bera olish qobiliyatlari bilan bog‘liqdir.
O‘qituvchi shaxsiy reja va tavsiyanomalar ishlab chiqishda fe’l – atvor (xarakter) xususiyatiga, temperament va asab (nerv) tizimining xususiyatlariga tayanmog‘i zarur.
Ayol jinsidagi shaxslarga ta’lim berishda ularning o‘ziga xos tomonlarini hisobga olishi alohida ahamiyat kasb etadi. Ularning psixologik xususiyatlari erkak jinsidagilarga nisbatan o‘zgacha uslubiyat va o‘zgacha jismoniy og‘irlikni talab etadi.
Onglilik va faollik tamoyili o‘quv – trenirovka jarayoniga ongli va faol munosabatda bo‘lishlikni, hal etilayotgan vazifalarni, ular qaysi vosita va usullar bilan hal etilishini chuqurroq tushunishni nazarda tutadi. Har qanday ta’lim – tarbiya jarayonining muvaffaqiyati tarbiyalanuvchilarning o‘zlari bu ishga qanchalik ongli va faol munosabatda bo‘lishlariga ham bog‘liqdir. Topshiriqlarning mohiyatini tushunish, ularni qiziqish bilan faol bajarish kabi, ta’lim va tarbiyaning borishini tezlashtiradi, hosil qilingan bilim, malaka va ko‘nikmalarni chuqur takomillashtirish va ulardan hayotda ijodiy ravishda foydalanishga imkon beradi. Bu qonuniyatlar eng avvalo onglilik va faollik tamoyilning asosini tashkil etadi.
O‘yinlarning texnik va taktik usullarini chuqur anglab yetmasdan turib bu borada muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Shug‘ullanuvchilar o‘z faoliyatining natijalarini, o‘quv – trenirovka jarayonida jismoniy yuklama (nagruzka)lar ta’sirida jismda o‘z beradigan fiziologik va psixologik jarayonlarni tushunishlari, o‘z mehnat qobiliyatlarini nazorat qila bilishlari zarur.
O‘quv – trenirovka jarayoniga qiziqish va ongli munosabatda bo‘lish oxir – oqibatda o‘yin usullarini egallash va takomillashtirishga bo‘lgan faol harakatni yuzaga keltiradi. O‘qituvchi har doim shug‘ullanuvchilarni faollikka yo‘naltiradi va nazorat qilib boradi. Uning shug‘ullanuvchilar muvaffaqiyatini har doim va aniq baholab berishni mashg‘ulotlarga bo‘lgan faollik hamda qiziqishni yuksaltiradi.
Yuqorida ta’kidlangan barcha ta’lim tamoyillari o‘zaro aloqadorlikda qo‘llaniladi. O‘qituvchi bu ta’lim tamoyillarini qachon va qaysi vaziyatlarda qo‘llashni mustaqil hal etadi.
Ta’lim usuli deganda bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash, harakat, ma’naviy hamda irodaviy sifatlarni rivojlantirish uslubi tushuniladi. O‘qituvchi u yoki bu harakatlarni tushuntiradi va ko‘rsatadi, o‘quvchilar esa ularni egallaydilar. Usulni tanlash pedagogik vazifalar, materialning mazmuni va o‘quvchilarning tayyorgarligiga qarab belgilanadi.
Sport o‘yinlaridagi o‘quv – trenirovka jarayonida asosan ta’limning uch guruh: so‘z, ko‘rgazmali va amaliy usullari qo‘llaniladi. Dastlabki ikki guruh zamin yaratadi, amalga oshirishda bevosita amaliy harakatlar, mashqlardan foydalaniladi. Barcha usullar uzviy bog‘liq bo‘lib, kompleks holda qo‘llaniladi.
So‘z usullari: hikoya, tushuntirish, suhbat, tahlil, vazifa, ko‘rsatma, buyruq.
Hikoya shug‘ullanuvchilarda texnik – taktik usullar va trenirovka uslubiyatlari to‘g‘risidagi bilimlarni yuksaltirish uchun qo‘llaniladi. Hikoyalar qisqa, obrazli va tushunarli bo‘lishi zarur.
Tushuntirish nafaqat harakatlarning harakteri va shakllarini ochib berishga, balki bu harakatlarni to‘g‘ri bajarishga ta’sir etuvchi sabablarni ham ko‘rsatib berishga ko‘maklashadi. Tushuntirish – bu mashqlarni bajarish uchun sharoit yaratadigan harakatlarning mohiyatini ifoda etish demakdir. Tushuntirishda asosiy e’tibor kichik – kichik harakatlarga emas balki, nisbatan kattaroq bo‘lgan harakatlarga qaratiladi. Tushuntirish usulidan guruh bo‘lib o‘yin usullarini o‘rganishda, guruh, jamoa (komanda)li harakat qilishlarni o‘rgatishda foydalaniladi. Suhbat savol – javob tariqasida, fikr almashish, yo‘l qo‘yilgan xatolarni muhokama qilish va ularni bartaraf etish maqsadida o‘tkaziladi. Suhbatlar guruh o‘rtasida yoki alohida shug‘ullanuvchilar o‘rtasida o‘tkazish mumkin.
Tahlil - sport amaliyotida qandaydir vazifa (texnik yoki taktik harakatlarni o‘rganish) bajarib bo‘lingandan so‘ng, shuningdek, yakunlangan yoki oldinda turgan o‘yinni tahlil qilishda keng foydalaniladi. Tahlil bir taraflama (bunda tahlilni o‘qituvchining o‘zi qiladi) yoki ikkita taraflama (bunda shug‘ullanuvchilar ham ishtirok etadi) bo‘lishi mumkin.

Download 134.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling