Nizomiy nomidagi toshkent


Download 134.44 Kb.
bet9/13
Sana19.06.2023
Hajmi134.44 Kb.
#1604471
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
BOBUR KURS ISHI

Chidamlilik – bu kishining biror bir faoliyatda charchoqqa nisbatan uzoq vaqt qarshilik ko‘rsatish qobiliyati, (chidamlilik deb ataladi). U asab tizimini katta jadallikda qo‘zg‘alishiga, organizm faoliyatini energetik ta’minotiga, o‘yin malakalarini egallash darajasini puxta o‘zlashtirishga imkon yaratadi.
Sport o‘yinlarida chidamlilikni tarbiyalash jarayoni o‘yin harakatlarini asiklik tusda ekanligi bois ancha murakkabdir. Umumiy chidamlilik umumrivojlantiruvchi mashqlar, uzoq vaqt bir tekis yugurish, shuningdek davomli, bir tekis ishlashni o‘z ichiga olgan (suzish, chang‘ida yurish, velosipedda yurish va h.k.) turli sport mashg‘ulotlari orqali tarbiyalanadi. Maxsus chidamlilik o‘yin usullari texnikasini uzoq vaqt bajarish, kichiklashtirilgan o‘yin maydonlarida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish, o‘yin vaqtini uzaytirish, dam olish vaqtini qisqartirish kabilar orqali tarbiyalanadi. Koordinasion chidamlilik ikki va undan ortiq o‘yinchilar o‘rtasida, o‘yinni tuzilishi bo‘yicha murakkab bo‘lgan sharoitida mashqlarni charchoqqa qadar bajarish orqali tarbiyalanadi.
Bolalar bilan ishlash vaqtida quyidagilarni yodda tutmoq
lozim:
- arning qobiliyatlariga haddan ziyod baho berib yubormaslik;
- shqlarni tanlash va yuklamalarni me’yorlashda ehtiyotkor bo‘lish;
- iy – pedagogik nazoratdan keng foydalanish va h.k.
Chaqqonlik – bu o‘zgaruvchan sharoitda murakkab koordinasion harakat amallarini tezda o‘zlashtirib olish qobiliyatidir. Chaqqonlikni rivojlanganlik darajasi harakatlar aniqligi va nafisligi bilan aniqlanadi. Chaqqonlik barcha o‘yin usullarida birinchi darajali ahamiyatga ega. Chunki ularda yuqori darajadagi harakat koordinasiyasi talab etiladi.
Chaqqonlikni tarbiyalash birinchidan, koordinasion jihatdan murakkab harakatlarni o‘zlashtirib olish qobiliyatini tarbiyalashdan va ikkinchidan, harakat faoliyatini to‘satdan o‘zgargan sharoit talablariga muvofiq ravishda qayta qurish qobiliyatini tarbiyalashdan iboratdir.
Chaqqonlik jismoniy sifatlarning majmuasi hisoblanadi va ko‘rish tizimi ishini ham o‘z ichiga oladi. Chaqqonlik sifati kuchlilik, tezkorlik, chidamlilik, egiluvchanlik bilan uzviy bog‘liqdir.
Chaqqonlikni rivojlantirishda asosan quyidagi uslubiy tavsiyalarga amal qilish lozim:
- – guruh yoki juft – juft bo‘lib bajariladigan mashqlarda shug‘ullanuvchilarning bir – biriga ko‘rsatadigan qarshiliklarini o‘zgartirish;
- mashg‘ulot shakllarini o‘zgartirib turish, ularga turli yangi jismoniy mashqlarni kiritish;
- organizmga tushadigan yuklamalarni muvofiqlashtirib, harakatlar aniqligi yomonlashganda uni to‘xtatish;
- qo’shimcha harakatlar kiritib, mashqlarni murakkablashtirish;
- harakatlar tezligi va sur’atini o‘zgartirish;
- o’yinlarda turli xil taktik kombinasiyalarni qo‘llash, uchrashuvni sheriklarni o‘zgartirigan holda o‘tkazish;
- berilgan vazifalarni bajarish vaqtida puls urishiga qarab dam olish me’yorini belgilash.
Chaqqonlik sifatini yoshlik chog‘idan, ya’ni 7 – 10 yoshdan boshlab rivojlantirish tavsiya etiladi. Chunki aynan shu davrda chaqqonlikni rivojlantirish yuqori samara beradi. Yosh bolalar murakkab jismoniy mashqlar texnikasini oson egallab, murakkab harakat amallari koordinasiyasini tez va aniq o‘zlashtirib oladilar.
Bolalarda chaqqonlikni rivojlantirish uchun turli – tuman jismoniy mashqlardan, harakatli o‘yinlardan foydalaniladi. Chunki bunda bir harakat amalidan ikkinchisiga tezda o‘tish, o‘yinchilarning o‘zaro hamkorligi javob qilinadi. Shuningdek, turli o‘zgaruvchan vaziyatlarda o‘yin texnikasi va taktikasiga doir mashqlardan ham foydalaniladi. Chaqqonlikni rivojlantirishda gimnastik va akrobatik mashqlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Chaqqonlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashqlar katta bo‘lmagan hajmda darsning asosiy qismida beriladi. Ular har doim yangilanib, o‘zgartirilib borilishi lozim. Har doim bir xil tarzda berilsa, bu sifatni rivojlantirishni susaytirib qo‘yish mumkin.
Jinsiy bezlarni rivojlanish davrida chaqqonlik sifatini rivojlantirish ko‘rsatkichi sekinlashadi hattoki yomonlashuvi ham sodir bo‘ladi.

Download 134.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling