Nizomiy nomidagi toshkent


Mashg‘ulotlarda samaradorlikka erishish qoidalari


Download 134.44 Kb.
bet12/13
Sana19.06.2023
Hajmi134.44 Kb.
#1604471
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
BOBUR KURS ISHI

Mashg‘ulotlarda samaradorlikka erishish qoidalari:
Sportchining maxsus tayyorgarligi tayanch-harakat apparatini yuqori intensiv bo‘lgan yuklamalarga, tana faol muskul massasini yog‘ massasi evaziga shakllantirishga, bo‘g‘imlarni kuchli “oshirish” harakatlari uchun mustahkamlash, lokal xarakterdagi yuklamalar bilan alohida muskul guruhlari yoki bog‘lamlarini chiniqtirish lozim.
Har bir mashg‘ulotda chiziqlar bo‘yicha harakatlar boshqaruvini mukammallashtirishga intilish lozim:
A) maksimal namoyon etish uchun;
B) bajarish (tezlikni, vaqtni va boshqalarni his etgan holda) aniqligi (to‘g‘riligi);
V) bajarish egiluvchanligi va ko‘chuvchanligi;
G) tejamkorlik.
Jamoaning hujum va himoyadagi o‘yin strategiyasi va taktikasi bilan, ma’lum o‘yin vaziyatlariga, hamda murabbiy amal qiluvchi pedagogik konsepsiyaga mos bo‘lgan holda samara beruvchi mashg‘ulotlarni qo‘llash lozim.
Har bir mashg‘ulotga aniq ifodalangan texnik-taktik xarakter berish lozim. Uning o‘yinchilarga bu mashg‘ulotni bajarish qiyinchiliklari va asosiy maqsadi haqida to‘liq tasavvur bera oladigan o‘z nomi bo‘lishi kerak.
Miqdori, rejimi, taqdim etish usuli, energiyani ta’minlash mexanizmi eng avvalo tanlangan mashq ma’lum jismoniy sifatlar, qobilyatlar, bilimlar yoki ko‘nikmalar tiklanishi yoki rivojlanishiga ta’sir etishi darajasi aniqlanishi lozim.
Har bir mashg‘ulot maksimal intensivlik bilan, izchil tezlik dinamikasini, koordinasion qobilyatlarni, psixik bosimni kuchaytirib bajarishi lozim; va shunga ko‘ra o‘yinchilarni organizmga bosimlar ta’sirini o‘zlari boshqara oladigan vositalari bilan qurollantirish kerak.
O‘yinchining kuch hujumlari, emosional stresslar, shuningdek “chalg‘ituvchi” omillarga barqarorligini shakllantirish muhim, ularni bosib o‘ta olish va atletik, tezlik hamda siklli yuklamalarni mashg‘ulot jarayonida bajara olish o‘yin mahoratini mukammallashtirishga olib keladi. Murabbiy o‘z zahirasida tayyorgarlikning turli bo‘limlaridan oldindan tanlab olingan mashqlar kompleksiga ega bo‘lishi lozim, chigal bo‘lgan mashg‘ulot vazifalarini hal qilishi va ishning ma’lum bosqichiga individual mashg‘ulot topshiriqlarini ishlab chiqishda komplekslardan foydalana olishi kerak.
Mashg‘ulot vazifalarini bajarish jarayonida o‘yinchilarni diqqatni jamlash va bo‘lish, shuningdek, faoliyatni bir turidan boshqasiga ko‘cha olish, ekstremal vaziyatlarda tez va to‘g‘ri qarorlar qabul qilish qobilyatlarini rivojlantirish zarur. Mashg‘ulotlarning to‘liqligini oshirish va bir mashg‘ulot turidan boshqasiga tez ko‘chish lozim, ayniqsa, mashg‘ulotning aylana bo‘lib o‘tkaziladigan shaklida. Pozisiyalarni o‘zgartirish 5-10 soniyadan oshmasligi kerak. Buning uchun barcha elementlar mashg‘ulot boshlanishidan avval ishtirokchilar bilan muhokama qilib olinadi. Mashg‘ulotlar bajarish jarayonida sportchilarning savollar berishi ruxsat etilmaydi; barcha masalalar mashg‘ulotdan so‘ng hal qilinadi; tanaffuslar mashg‘ulotlar orasida aniq belgilanib olinadi.
Mashg‘ulotlar jarayonida basketbol maydonchasini deyarli barcha maydonidan, qo‘shimcha yordamchi jihozlardan foydalanish, shuningdek iloji boricha barcha o‘yinchilarni band qilib qo‘yish lozim. Mazkur mashg‘ulotlarni bajarmayotgan basketbolchilar, agar uni murabbiy bilan kuzatib turish zarurati bo‘lmasa shtraf uzatishlarini, to‘plarni oshirishlarni mashq qilib turishlari mumkin.
Mashg‘ulotdan ishtirokchilarning barchasi xech bo‘lmaganda bir marotaba to‘g‘ri bajarmagunlariga qadar voz kechish kerak emas. To‘g‘ri bajarish- sportchini o‘ziga nisbatan bo‘lgan ishonchini oshirishdagi zaruriy progress shartidir. Bu mashqqa har bir mashg‘ulotda uni bajarilish sifatiga e’tibor qaratgan holda qaytish kerak. Ko‘plab asosiy mashqlar butun fasl mobaynida qayta-qayta o‘tkazilib boriladi, yuqori intensivlik va yaxshi texnika sharti bilan ularning doimiy takrorlanishi basketbolchiga odatiy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Shu bilan bir qatorda turli elementlar va usullarga urg‘u bergan holda, har bir mashg‘ulotni o‘zgartirib turish maqsadga muvofiq, bu sportchilar qiziqishini ortishiga sabab bo‘ladi va sezilarli darajada natijalar ortadi. 3-4 ta mashg‘ulot mikrosikllaridan so‘ng mashg‘ulotlar kompleksini o‘zgartirib turish tavsiya etiladi.
Mashg‘ulotlarni cho‘zib yuborish tavsiya etilmaydi, bu sportchilar ruhiyatiga ta’sir etib uning ish faolligini susaytirishi mumkin. Shuning uchun bir mashg‘ulot 7-8 daqiqadan ortiq bajarilmasligi lozim. Sportchilar charchab qolgan vaziyatlarda esa bu mashqni keyingi mashg‘ulotga qoldirish lozim. O‘yinchilarni kuch tomonlama tayyorlashda juft bo‘lib o‘tkaziladigan mashqlar tavsiya etiladi, ular qarshilik qilish elementlarini o‘z ichiga oladi va egiluvchan boshqaruvga mos keladi.
To‘pni oshirish va oyoqlar ishi - basketboldagi eng oson va shu bilan bir qatorda eng murakkab elementlardir, ularga har doim katta e’tibor qaratish kerak, tormozlanish tezlashishga tengligini aslo unutmaslik lozim. To‘pni savatga turli nuqtalardan turib oshirish mashqini fintlar, qisqa kirishlar bilan birga amalga oshirish foydali.
Yillik siklni musobaqadan avvalgi va musobaqa vaqtidagi bosqichlarida musobaqalardagi hujum yoki himoya tomonlaridan vaziyatlarni yaratgan holda, bosimni kuchaytirish lozim, bunda to‘pni o‘ynashga ajratilgan vaqt qisqaradi, o‘yin makonining maydoni cheklanadi, dribling, ko‘chish va boshqalar olib tashlanadi.
Har bir mashg‘ulot mantiqiy yakunga ega bo‘lishi lozim: to‘pni otish yoki irg‘itish, to‘pni ilib olish, qoidalarni buzgan holda hushtak chalish va hokazo.
Himoyada o‘yin texnikasini mos hujumkor kombinasiyalar bilan egallash lozim. Mashqda shartli raqibni faol qarshiligini yaratgan holda, himoya usullari va ko‘chishlarni to‘g‘ri tuzilayotganligini kuzatib turish lozim.
Murabbiy terminologiyasi sportchilar uchun tushunarli bo‘lishi, ular mashg‘ulot yoki musobaqa jarayonlarida u yoki bu ko‘rsatma nimani bildirishini yaxshi tushunishlari juda muhimdir.
O‘yin mashg‘ulotlarini bajarish jarayonidagi vaziyat musobaqa jarayonidagi vaziyatga mos bo‘lishi lozim; buning uchun chiroqli tablodan foydalanish, personal follarni belgilash va boshqalar muhim.
Barcha mashg‘ulotlar statistikasini yuritish, shuningdek, mashg‘ulotlar oldidan bu statistik ma’lumotlarni muhokama qilish ham samara berishi mumkin; murabbiy sportchilardan talab etilayotgan ko‘rsatmalarni, yozma tarzda otilgan to‘plar, aniq shtraf oshirishlarni, “golli” oshirishlarni, to‘pni olib qo‘yishlarni inobatga olgan holda kunlik individual reja tuzib borishi lozim. Bu o‘yinchilar mas’uliyatini oshiradi, u yoki bu mashg‘ulotni bajarishda diqqatni jamlashni talab etadi. Murabbiy butun basketbol maydonchasida sodir bo‘layotgan jarayonlarni kuzatish, mashg‘ulot vaqtida barcha o‘yinchilarni harakatlarini baholash va asosiysi mashg‘ulotlarni samaradorligini oshirish uchun mashg‘ulot videotasmalaridan foydalanishi lozim.
Maydoncha yarmida bajariluvchi taktik mashqlarga ko‘rsatmalar kiritish lozim, ko‘rsatma asosida himoyalanuvchi jamoa tezda hujumga o‘tadi. Bu o‘yinchilarni raqibi to‘pni oshirishlarini, olib qo‘yishga undaydi. Himoyalanuvchi basketbolchilar ham hujum qilayotgan raqibni tez - tez xato qilishga undashni va bu xatolardan samarali foydalanishni o‘rganadilar. Sportchilarga himoyadan hujumga o‘tuvchi o‘yinlar yoqadi.
Mashg‘ulotlarda katta jismoniy va psixik kuch hamda yuqori darajada texnik bajarishni talab etuvchi mashqlar zarur, ular o‘yinchilarni katta musobaqalarga oliy tarzda tayyorlashga asos bo‘ladi.
Murabbiy basketbolchilar mashqlarni bajarayotganda yo‘l qo‘yayotgan hatolariga e’tiborsiz bo‘lmasligi lozim. Har qaysi o‘ylab topilgan xato “hakam” xushtagi bilan bildiriladi. O‘yinlarni to‘xtatmaslik uchun, qoidani buzgan o‘yinchiga jarima sifatida bir necha bor jarimani bajarishini talab etish mumkin. Bunday vaziyatda mashg‘ulotga katta ta’sir yetkazmay turib qoidabuzar jarimaga ketgan vaqtini to‘ldirishga harakat qiladi, bu o‘z navbatida bosimni kuchaytiradi va o‘yinchini himoyada follardan qochishga undaydi.
Mashg‘ulotdagi mashqlarni bajarishda juftlar bir-birlarini tanqid qilmasliklarini kuzatib borish lozim. Murabbiy bajarilayotgan mashg‘ulotlarga maksimal darajada qiziqish bilan qarashi, o‘z tanqidiy fikrlarini yumshoq shaklda ifoda etib berishi lozim. Ramzli haftalik yutuqlar kiritish kerak: katta natija ko‘rsatuvchi “bombardirga”, shit ostiga eng yaxshi o‘yinga, eng yaxshi oshirilgan shtraflar, eng kuchli himoyachi, hujumchi va boshqalar.
Har bir jadal mashg‘ulotga chalg‘ituvchi va tiklovchi mashqlarni kiritish, shuningdek, to‘liq dam olish uchun tanaffuslar kiritish maqsadga muvofiq. Sog‘lom axloqiy - psixologik muhit jamoani jipslashtiradi, sportchilarga qo‘shimcha kuch beradi, match vaqtida har qanday muammoni yechishga yordam beradi.
Xulosa
Xulosa qilib shularni aytish mumkinki, Umumtayyorlov mashqlari kuch sifatlarini har tomonlama tarbiyalashga yo‘naltirilgan. Ular o‘z navbatida samarali maxsus tayyorgarlik uchun asos bo‘lib hizmat qilishi mumkin. Maxsus- tayyorlov mashqlariga tennis o‘yinida uchraydigan alohida elementlar yoki, ular asosida vujudga kelgan harakatlar taalluqlidir. Musobaqa mashqlarining mashg‘ulot formalari maydonda, mashg‘ulot devorida biroz og‘irroq raketkalar bilan asosiy zarbalarni bajarishni talab etadi.
Kuchni tarbiyalash metodlari. Takroriy harakatlar metodi 2-3, ba’zida esa undan ham ko‘p mashqlarni bajarishni talab etadi, ularning og‘irliklari 60-80% dir. Bir yondashuvda takrorlashlar miqdori 4-6 tadan 10-15tagacha bo‘lishi mumkin. Maksimal harakatlar metodi yaxshi jismonan tayyorlangan 17-18 yoshdagilarda qo‘llashlari mumkin. Mashg‘ulotlarda shunday murakkabliklar tanlanadiki, 1-2 tadan ko‘p takrorlashlar qabul qilinmaydi.
Izometrik harakatlar metodi maksimal kuch imkoniyatlarini tarbiyalash uchun qo‘llanilganidek, ularni qo‘llab turish uchun ham qo‘llanilishi mumkin. Izometrik metod qo‘llangan mashg‘ulot mushaklarni maksimal zo‘riqishi vaqtini uzaytirishi mumkin. Buning uchun tennis spesifikasiga mos mashqlarni tanlash zarur.
Kuch tayyorgarligi nazoratini laboratoriya sharoitida, maxsus moslamalarni qo‘llagan holda o‘tkazish maqsadga muvofiq, ular tennisda asosiy yuklamalarni olib boruvchi mushaklar guruhini o‘lchash imkonini beradi.
Jismoniy mashqlar shakli va mazmuni o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bir-birini taqazo yetadi. Mazmunning o‘zgarishi shaklni o‘zgarishiga olib keladi. Mazmun shaklga nisbatan asosiy rolni o‘ynaydi. Masalan, har xil masofada tezlik sifatining namoyon bo‘lishi yugurish texnikasining ham turlicha bo‘lishiga sababchi bo‘ladi (qadamning kattaligi, chastotasi, tananing holati vah.k.). Shakl mazmunga ta’sir ko‘rsatadi. Aniq ma’lum bir harakat uchun namoyon bo‘layotgan jismoniy sifatlar shu jismoniy mashqni bajarishdagi malakaga ta’sir qiladi.

Download 134.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling