2.5. Texnik usullar va taktik harakatlarni o‘qitishda izchillik, va hamjihatlik. Mashg‘ulotlarda samaradorlikka erishish qoidalari
Sport mahoratiga erishishga yo‘naltirilgan, basketbolchilarni tayyorlash- bu ko‘p yillik pedagogik jarayon, ma’lum tuzilmali, 8- 10 yoshdan boshlab va 35 va undan katta yoshdagi basketbol bilan shug‘ullanuvchilarni o‘z ichiga oluvchi tizim (1-jadval).
Basketbolchilarni tayyorlash tizimi 4 bosqichni o‘z ichiga oladi: fundamental tayyorgarlik, sport mahoratini, kasbiy faoliyatni va sportdagi ko‘p yillikni egallash. Bu bosqichlar pasport bo‘yicha va biologik yoshni, davomiylikni, izchillikni, muvofiqlikni va har bir bosqichda mashg‘ulotning prinsipial yo‘nalganligini inobatga olib basketbol mashg‘ulotlari bilan tizimli shug‘ullanishdan boshlab ularni yakunlanishiga qadar yosh chegaralarining tahlili asosida aniqlanadi. Har bir bosqich mashg‘ulotni ma’lum davomiyligi va yo‘nalganligiga bog‘liq.
1- jadval
Yoshi
|
Bosqich
|
Davr
|
8-10
11-12
13-15
|
Boshlang‘ich tayyorgarlik Boshlang‘ich mutaxassislik
Chuqur mashg‘ulot
|
Fundamental tayyorgarlik
|
16-18,
19-20
|
Sportni mukammallashtirish
|
Sport mahoratini egallash
|
19-20 dan
30-33
gacha
|
Yuqori natijalar
|
Kasbiy faoliyat
|
Qariyalar
|
Shug‘ullanganlikni saqlab qolish
va qo‘llab turish
|
Sportdagi uzoq
yillik
|
Bosqichdan bosqichga o‘tish sport mahorat qonuniyatlari, shakllanishiga muvofiq sodir bo‘ladi va nafaqat kalendar, balki basketbolchilarni biologik yoshi bilan, ularning jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligi, yosh bosimlariga moslashish davri bilan asoslangan. Bolalarda ulg‘ayishdan tashqari miqdoriy (o‘sish, og‘irlik, O‘HX (o‘pkaning hayotiy hajmi) va boshqalar) va sifatiy (psixofiziologik, morfometrik va funksional) yosh - jinsiy va organizmning individual xususiyatlariga bog‘liq o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Har bir murabbiy o‘z qarashlari bo‘yicha yuklamalarni tanlaydi va rejalashtiradi. Shu bilan birgalikda barcha mashg‘ulot mashqlari uchun umumiy bo‘lgan qator tashkiliy metodik qoidalar mavjud, ular yuklamalar jadalligini, shuningdek, o‘yinchilarni qiziquvchanligini va tartibliligini oshirishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |