5 Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun gimnastika. Reja


Gimnastika turlari va ularning tavsifi


Download 370.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana11.02.2023
Hajmi370.46 Kb.
#1188605
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5 seminar

Gimnastika turlari va ularning tavsifi 
Gimnastikaning quyidagi turlari mavjuddir:
1. 
Umumrivojlantiruchi gimnastika. 
a) asosiy gimnastika; 
b) gigiyenik gimnastika. 
2. 
Sport yо‘nalishidagi gimnastika. 
a) sport gimnastikasi; 
b) atletika; 
v) badiiy gimnastika. 
3. 
Amaliy gimnastika 
A) professional-amaliy gimnastika; 
B) ishlab chiqarishdagi gimnastika; 
v) davolash gimnastikasi kiradi. 
Umumrivojlantiruvchi gimnastika. Umumrivojlantiruvchi gimnastikaning 
vazifasi salomatlik, umumjismoniy tayyorgarlikni mustahkamlashdan iboratdir. U 
harakat kо‘nikmalarini takomillashtirish va mustahkamlashga, tо‘g‘ri qad-qomatni 
tarbiyalashga, yurak-tomir va nafas olish faoliyatini yaxshilash hamda organizmni 
chiniqtirishni ta’minlashga qaratilgan. 
a) Asosiy gimnastika tarkibiga saflanish, umumrivojlan-tiruvchi va asosiy 
harakatlar kiradi. Mashqlarni bajarishda jismoniy jihozlardan foydalaniladi. Asosiy 
gimnastika kishi organizmidagi funksional jarayonning kuchayishiga, uning 
jismoniy rivojlanishiga, xilma-xil harakat kо‘nikmalarining takomillashuviga
jismoniy sifatlarning tarbiyalanishiga, о‘zlashtirilgan harakat faoliyatidan turli 
hayotiy vaziyatlarda mustaqil va ijodiy foydalana olishga, о‘z imkoniyatlarini 
tо‘g‘ri baholay bilishga, harakat faoliyatining asosiy qonuniyatlarini anglashga
egallangan bilim va kо‘nikmalarning hayot va faoliyat uchun ahamiyatini 
tushunishga yordam beradi. 
B) Gigiyenik gimnastika – kishi salomatligini mustahkamlash va saqlashga
tо‘g‘ri qad-qomatni tarbiyalashga, organizmning asosiy tizimlar funksiyasini 
(nafas olish, qon aylanish, almashinish jarayonlarining faollashishi) 
takomillashtirishga qaratilgandir. Umumrivojlantiruvchi va amaliy mashqlar suv 
muolajalari, massaj hamda organizmni chiniqtirish bilan qо‘shilgan holda 
gigiyenik gimnastika vositalari sifatida foydalaniladi. Gigiyenik gimnastika barcha 
yoshdagi bolalarga tavsiya etiladi. 

Download 370.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling