5-mavzu. “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot”ning tasnifi va uni tuzish


Valyuta kursi farqidan daromadlar


Download 17.39 Kb.
bet10/12
Sana08.01.2022
Hajmi17.39 Kb.
#235577
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
5-mavzu. “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot”ning tasnifi va uni tuzish (1)

Valyuta kursi farqidan daromadlar” (150-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 9540 “Valyuta kursi farqidan daromadlar”hisobida amalga oshiriladigan, valyuta operatsiyalari bo‘yicha ijobiy kurs farqlaridan, shu jumladan balansni tuzish sanasida balansning valyuta moddalarini qayta baholashdan daromadlar aks ettiriladi.

Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” (160-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 9510 “Royalti ko‘rinishida daromadlar”, 9560 “Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar”. 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” hisoblarida amalga oshiriladigan qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashlarni o‘tkazishdan daromadlar, royalti ko‘rinishida daromadlar va moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar ko‘rsatiladi.

“Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar, jami” (170-satr) moddasi bo‘yicha 180, 190, 200, 210-satrlar bo‘yicha jami summa aks ettiriladi.

“Foizlar shaklidagi xarajatlar” (180-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 9610 “Foizlar shaklidagi xarajatlar”hisobida amalga oshiriladigan, bank kreditlari va qarzlar bo‘yicha foizlarni to‘lash xarajatlari ko‘rsatiladi.

“Moliyaviy ijara bo‘yicha foizlar shaklidagi xarajatlar” (190-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 9610 “Foizlar shaklidagi xarajatlar”hisobida yuritiladigan moliyaviy ijara bo‘yicha foizlarni to‘lash xarajatlari aks ettiriladi.

“Valyuta kursi farqidan zararlar” (200-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 9620 “Valyuta kursi farqidan zararlar” hisobida amalga oshiriladigan, valyuta operatsiyalari bo‘yicha va balans tuzish sanasida balansning valyuta moddalarini qayta baholashdan salbiy kurs farqlari aks ettiriladi.

“Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar” (210-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 9630 “Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish xarajatlari” va 9690 “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar” hisoblarida amalga oshiriladigan, qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq xarajatlar hamda moliyaviy faoliyatga doir boshqa xarajatlar aks ettiriladi.


Download 17.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling