5-mavzu: mulk qiymatini baholashning prinsiplari, maqsadlari, yondashuv va usullari reja
Mutanosib narxlarga asosan mo‘ljal olish tamoyili
Download 61.5 Kb.
|
5-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raqobat xususiyatini hisobga olish tamoyili
- Qiymatning o‘zgarishi (ko‘chuvchanligi) tamoyili
Mutanosib narxlarga asosan mo‘ljal olish tamoyili baholashda shunga o‘xshash tovarlarning mutanosib narxlari ishlatilishini talab qiladi. Narxlashtirish nazariyasidan ma’lumki, normal faoliyat yuritadigan bozorda narxlar barqaror bo‘lib, talab va taklif orasida muvofiqlik yuzaga keladigan mutanosib darajasiga intiladi. Mutanosib narxlarni shuningdek kelishilgan, adolatli, sotuvchilar uchun ham, xaridorlar uchun ham bir xil foydali bo‘lgan narxlar deb atash mumkin. Bu narxlar bo‘yicha baholashda hisoblanadigan qiymati ham adolatli qiymat bo‘ladi.
Raqobat xususiyatini hisobga olish tamoyili shundan iboratki, tovar bozorlari raqobatning xususiyati va holatiga ko‘ra, hamda monopollashuv darajasiga ko‘ra jiddiy farqlanishi mumkin. Raqobatning xususiyati narxlashtirish jarayoniga ta’sir etadi. CHunonchi, monopollashgan bozorning sharoitida narxlar odatda monopolistning foydasiga o‘zgarib buzilgan bo‘ladi, va uning foydasining katta qismini o‘z ichiga oladi. Erkin raqobat bozori sharoitida mablag‘ kiritish daromadligi tenglashadi, narxlar orqali sotuvlarning rentabelligi taxminan barqaror darajada tutib turiladi. Raqobat tufayli narxlarning iqtisodiy tuzilishi barqaror va shaffof bo‘ladi, bu esa qiymatni baholashda xarajat yondashuvidan foydalanish uchun imkoniyat ochib beradi. Qiymatning o‘zgarishi (ko‘chuvchanligi) tamoyili aynan bir ob’ektning qiymati vaqt davomida doimiy bo‘lmasligi omilini hisobga olishni talab qiladi. Davlatdagi umumiqtisodiy inflyasiya, hamda ayrim tovar bozorlarining tuzilmasidagi siljishlar narxlarning, bunga mos holda qiymatning dinamikasini keltirib chiqaradi. Bundan har bir qiymatni baholashda ushbu baholashning sanasi, ya’ni bundagi holatiga ko‘ra qiymat aniqlangan taqvim vaqtining payti haqidagi ko‘rsatmani o‘z ichiga olishi lozimligining talabi kelib chiqadi. Mashinalar, jihoz-uskunalar va transport vositalari - murakkab, ko‘p komponentli buyumlardir. Ushbu ob’ektlarning bozor qiymatini baholashda nafaqat yuqorida sanab o‘tilgan umumiqtisodiy tamoyillar, balki ilmiy tadqiqotlarda umume’tirof etilgan boshqa tamoyillar va yondashuvlar qo‘llanadi, ularning ichida tizimli tahlil qilish, funksional yondashuv, statistik modellashtirish va hayotiy siklining tamoyili kabilarni qayd etish mumkin. Tizimli tahlil baholanadigan ob’ektni o‘zaro bog‘liq har xil turdagi elementlardan iborat bo‘lgan hamda boshqa tizimlar (tashqi muhit) bilan aloqalarning kirish va chiqish nuqtalariga ega bo‘lgan murakkab texnik tizim sifatida ko‘rib chiqishni ko‘zda tutadi. Tizimning integrativ xususiyatlari alohida xususiyatlariga ega, hamda tizimga kiruvchi elementlar xususiyatlarining algebraik yig‘indisidan iborat bo‘lmaydi. Tizimli tahlil tizimning tuzilmasini aniqlash, elementlar orasida va tashqi muhit bilan bog‘lanishlarini tadqiq etish, elementlarning va umuman tizimning ko‘rsatkichlarini aniqlash kabi operatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Tizimli yondashuv ob’ektning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda ham qo‘llanishi mumkin. Bunda majmuiy ko‘rsatkich turli darajadagi xususiy ko‘rsatkichlarning tizimi sifatida ko‘rib chiqiladi. Download 61.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling