5-mavzu: mulk qiymatini baholashning prinsiplari, maqsadlari, yondashuv va usullari reja


Download 61.5 Kb.
bet6/8
Sana03.02.2023
Hajmi61.5 Kb.
#1156083
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-MAVZU

Qiyosiy yondashuv - baholanayotgan ob’ektni unga o‘xshash bo‘lgan, ular yuzasidan bitimlarning narxlari haqidagi ma’lumot mavjud bo‘lgan ob’ektlar bilan taqqoslashga asoslangan ob’ekt qiymatini baholash usullarining jamuljamligidir. Qiyosiy yondashuv yuqorida ko‘rsatilgan o‘rnini bosish tamoyildan kelib chiqadi, uning yordamida hosil qilinadigan qiymat ko‘pincha o‘rnini bosish qiymati deyiladi.
Qiyosiy yondashuvning usullari taqqoslanadigan ob’ektlarning faol bozori mavjud bo‘lganda ayniqsa samarali bo‘ladi. Agar bozor ma’lumoti juda kam bo‘lsa, oldi-sotdi bitimlari muntazam bo‘lmasa, bozor o‘ta monopollashgan bo‘lsa, ushbu usullar bilan baholash ishonchsiz bo‘ladi, ba’zan esa mumkin bo‘lmaydi.
SHunga qaramay, aynan qiyosiy yondashuvning usullari haqiqiy bozor qiymati haqida tasavvur beradi.
Qiyosiy yondashuv baholash amaliyotida foydalanishni chegaralovchi qator muhim kamchiliklarga ega. Bunday yondashuvni qo‘llash imkoniyati faol moliyaviy bozorning mavjudligiga bog‘liq, chunki ushbu yondashuv amalda tuzilgan bitim haqidagi ma’lumotlardan foydalanishni nazarda tutadi. Uning ikkinchi sharti-bozorning ochiqligi yoki baholash uchun zarur bo‘lgan moliyaviy axborotning foydalanish uchun qulayligi. Baholash maqsadi, ob’ekti va muayyan shartlariga qarab qiyosiy yondashuv mulkni baholashning uchta asosiy usulidan foydalanishni nazarda tutadi:

  • o‘xshash mulk usuli;

  • bitimlar usuli;

  • tarmoq koeffitsientlari usuli.

O‘xshash mulk usuli yoki sarmoya bozori usuli mulk bozorida shakllangan narxlardan foydalanishga asoslangan. Mulk yakka turining narxi qiyoslash uchun baza hisoblanadi.
Bitimlar usuli yoki sotuvlar usuli, umuman, korxona mulk majmuasini sotib olishga yo‘naltirilgan. Bu hol korxona mulk majmuasini baholashning ushbu usulini qo‘llashning eng optimal sohasini belgilab beradi.
Tarmoq koeffitsientlari usuli yoki tarmoq nisbatlari usuli narx va ma’lum moliyaviy parametrlar o‘rtasidagi tavsiya etilayotgan nisbatlardan foydalanishga asoslangan. Tarmoq koeffitsientlari maxsus tadqiqot institutlarining korxonalarni sotish narxini va ularning muhim ishlab chiqarish moliyaviy xususiyatlarini uzoq statistik kuzatishlar asosida hisoblab chiqiladi.
Mulk qiymatini aniqlashda qiyosiy yondashuvning mohiyati quyidagilardan iborat:

  • baholanayotgan mulkga o‘xshash yaqinda sotilgan mulkni tanlash;

  • sotish narxi va o‘xshash mulk bo‘yicha qandaydir moliyaviy ko‘rsatkich o‘rtasidagi nisbatni hisoblab chiqish (multiplikatorlarni aniqlash);

  • multiplikator miqdorini baholanayotgan mulkning o‘sha bazaviy moliyaviy ko‘rsatkichga qayta hisoblash.


Download 61.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling