Funksional yondashuv shundan iboratki, har qanday moddiy ob’ekt ma’lum funksiyalarning tashuvchisi sifatida qaraladi. Funksiyalar foydali va foydasiz bo‘lishi mumkin. Foydasiz funksiyalarining borligi ob’ektning asossiz qimmatlashuviga olib keladi. Bunda ob’ektning qiymati uning funksiyalarining jamlanma qiymati kabi tekshiriladi. Funksional yondashuvning tamoyili qiymat tahlili va qiymat injiniringi nazariyasining zaminida yotadi (u Rossiyada funksional-qiymat tahlili nomi bilan ma’lum).
Statistik modellashtirish- matematik statistikaning nazariyasiga tayanadigan va baholovchiga iqtisodiy-matematik korrelyasiyaviy modellarni barpo etish uchun asbobni beradigan metodologiyadir. Baholashda ham, narxlashtirishda ham, narxning mashinalarning texnik ko‘rsatkichlariga bog‘liqligini modellashtirish uchun, hamda narx trendlarini barpo etish uchun korrelyasiyaviy-regression va dispersiyaviy tahlil qilish usullari keng tarqalgan. Statistik modellashtirish baholash natijalaridagi xatoliklarni tahlil qilishga, keyinchalik qiymatni hisoblashda ishlatiladigan xarajatlar va rentabellikning iqtisodiy me’yorlarini ishlab chiqish va asoslashga imkon beradi.
Hayotiy siklning tamoyili ob’ekt hayotidagi barcha bosqichlarning ko‘rsatkichlarini tadqiq etishni ko‘zda tutadi: loyihalashtirish, ishlab chiqarish, sotish, foydalanish va utillashtirish. Hayotiy siklning har bir bosqichida daromadlar va xarajatlar, ya’ni pul oqimlari baholanadi va tahlil qilinadi. Hayotiy sikl nazariyasining qoidalari ob’ekt ishlashining samaradorligini baholash, foydali foydalanish muddatini (xizmat qilish muddatini) prognozlash, ob’ekt eskirishining (eyilishining) darajasini baholash, va boshqalar kabi amaliy vazifalarni hal etishga yordam beradi.
5.2. Mulk qiymatini baholash yondashuvlari
va usullar tizimi
Yuqorida sanab o‘tilgan tamoyillar va yondashuvlarni boshqa fanlardan qiymatni baholash vazifalarini hal etish uchun jalb qilingan yondashuvlar deb qarash mumkin. Ayni paytda baholash nazariyasi va amaliyotida uchta tub asosiy uslubiy yondashuv ishlab chiqilgan: qiyosiy, xarajat va daromad yondashuvi.
Do'stlaringiz bilan baham: |