5-mavzu. O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash


Download 359.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana17.11.2023
Hajmi359.19 Kb.
#1782216
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
\'5- ìàâçó ìàúðóçà ëîòèí

Dunyoviy davlat tushunchasi. Dunyoviy davlat – bu, din davlatdan 
ajratilgan davlat. Binobarin, din dunyoviy davlat ishiga, siyosatiga aralashmaydi. 
Ayni paytda, davlat diniy tashkilotlar zimmasiga o‘zining hech qanday vazifasini 
bajarishni yuklamaydi. Ularning davlat qonunlariga zid bo‘lmagan faoliyatiga 
aralashmaydi. 
Dunyoviy davlat – bu, o‘z fuqarolari uchun vijdon erkinligini e’lon qiladigan 
davlat. Bunday davlatning fuqarolari dinga munosabatidan qat’i nazar qonun 
oldida teng bo‘ladilar. Fuqarolarning dinga qanday munosabatda bo‘lishiga qarab, 
ular huquqlarining biron bir tarzda cheklanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. SHuningdek
har bir fuqaroga diniy e’tiqodini ro‘kach qilib, davlat qonunida unga nisbatan 



belgilab qo‘yilgan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishiga ham yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Dunyoviy davlat – bu, biror dinga imtiyoz berilmasligini, barcha diniy 
tashkilotlarning qonun oldida tengligini e’lon qilgan va uni amalda ham 
ta’minlaydigan davlatdir. 
Dunyoviy davlat dinning davtlatga, amaldagi qonunlariga qarshi targ‘ibotiga 
yo‘l qo‘ymaydi, diniy qarama-qarshiliklar, toqatsizliklarning yuzaga kelishiga 
ruxsat bermaydi. 
Dunyoviy davlat – bu, o‘z ta’lim tizimini dindan ajratgan, o‘quv dasturlari 
diniy fanlardan holi bo‘lgan hamda ta’lim mazmuniga din singdirilmaydigan 
davlatdir. 
Ayni paytda, dunyoviy davlat – o‘z fuqarolariga qonunlarda belgilangan 
tartibda diniy ta’lim olishni ham kafotlatlaydigan davlatdir. Dunyoviy davlatda 
diniy tashkilotlarning faoliyati davlat hisobidan mablag‘ bilan ta’minlaydi. 
SHuni alohida ta’kidlash zarurki, dunyoviy davlatda din davlatdan ajratilsa-
da, jamiyatdan ajratilmaydi. Binobarin, davlat Konstitutsiyasida va qonunlari 
asosida uning amal qilish tartiblari belgilab beriladi.
O‘zbekistonda davlat va din munosabati. O‘zbekiston – dunyoviy davlat. 
Demak, dunyoviy davlatda amal qiladigan davlat va din munosabati tamoyillari 
O‘zbekistonda ham amal qiladi. 
Ayni paytda, Respublikamizda davlat va din munosabati masalasida o‘ziga 
xos jihatlar ham mavjud. 
O‘zbekistonda ma’naviy hayotning asosini fan yoki din, falsafa yoki ilohiyot 
tashkil etadimi, degan muammo bugungi kunda ham nazariy, ham amaliy
ahamiyatga molik. Bu muammoni to‘g‘ri hal etish O‘zbekistonning kelgusi 
taraqqiyoti uchun favqulodda muhimdir. 
O‘zbekiston Konstitutsiyasining umumiy ruhi va respublika rahbariyatining 
fikrlariga ko‘ra ma’naviyatning asosi fan bo‘lib qolishi kerak. Dinga esa 
jamiyatning ma’naviy-ahloqiy jihatdan poklanishining bir vositasi sifatida qarash 
to‘g‘ri bo‘ladi. 
SHunday qilinganda, birinchidan, vijdon erkinligi to‘g‘risidagi Konstitutsion 
Qonun amalga oshishi uchun kafolat yuzaga keladi; 

Download 359.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling