5-mavzu. O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash
Download 359.19 Kb. Pdf ko'rish
|
\'5- ìàâçó ìàúðóçà ëîòèí
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonundan
Konstitutsiyadan:
«O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar qonun oldida tengdirlar» (18-modda) «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi». (31-modda) «Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘ligi va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek xarbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi 7 siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati ta’qiqlanadi». (57-modda) «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonundan: 3-modda. Vijdon erkinligi – fuqarolarning har qanday dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan Konstitutsiyaviy huquqidir. Fuqaro o‘zining dinga, e’tiqod qilishga yoki e’tiqod etmaslikka, ibodat qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka, diniy ta’lim olishga o‘z munosabatini belgilayotgan paytda uni u yoki bu tarzda majbur etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Voyaga etmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdek ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga o‘qitishga yo‘l qo‘yilmaydi. Dinga e’tiqod qilish yoki o‘zga e’tiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, ahloqi, huquqi va erkinliklarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan darajadagina cheklanishi mumkin. 5-modda. O‘zbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. Hech bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalarga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat turli dinlarga e’tiqod qiluvchi va ularga e’tiqod qilmaydigan fuqarolar, har xil e’tiqodlarga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va xurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashadi, diniy va o‘zga mutaassiblikka hamda ekstremizmga munosabatlarni qarama-qarshi qo‘yish va keskinlashtirishga, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan hatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaydi. Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab- quvvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan hatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi. Download 359.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling