5-mavzu. O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash


«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston


Download 359.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana17.11.2023
Hajmi359.19 Kb.
#1782216
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
\'5- ìàâçó ìàúðóçà ëîòèí

«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonuni. 1991 yilda, milliy mustaqillikka erishish arafasidayoq
O‘zbekistonda davlat va jamiyat hayotini demokratiyalash jarayoni boshlandi. Bu 
jarayon ayni paytda, kun tartibiga din, diniy tashkilotlar va dindorlarga ham 
munosabatni o‘zgartirish masalasini qo‘ydi. 



Bu masalalarda Respublikamizda jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Biroq, 
dindan o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida foydalanishga urinish, dinni yagona 
xukmron mafkuraga aylantirishga harakat qiluvchilar ham yo‘q emas edi. Ana 
shunday sharoitda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» qonun qabul 
qilish hayotiy zaruratga aylandi. Bu qonun mutlaqo yangi sharoitda dinning, diniy 
tashkilotlarning jamiyatdagi o‘rnini, davlat va din munosabati tamoyillarini 
belgilab berishi lozim edi.
1991 yil 14 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi ana shunday 
qonunni qabul qildi. 
1998 yil 1 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XI 
sessiyasida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning 23 
moddadan iborat yangi tahriri qabul qilindi. Qonunning 3-moddasi «Vijdon 
erkinligi huquqi» deb nomlangan. Bu moddada quyidagi qoidalar yozilgan: 
«Fuqaro o‘zining dinga, dinga e’tiqod qilishga yoki e’tiqod etmaslikka, ibodat 
qilishda diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka 
nisbatan o‘z munosabatini belgilayotgan paytda uni u yoki bu tarzda majbur 
etishga yo‘l qo‘yilmaydi». Bu ayni vaqtida belgilangan hayotiy qoidadir. 
Bu qoidani buzganlik uchun fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat 
Kodeksining 145-moddasiga ko‘ra, eng kam ish haqining 75 barobaridan 100
barobariga miqdorda jarima solish yoki 6 oygacha qamoq, yoxud 3 yildan 5 
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Qonunning 4-moddasi «Fuqarolarning dinga munosabatidan qat’iy nazar teng 
huquqliligi» deb nomlangan. 
Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari dinga munosabatidan qat’i 
nazar, qonun oldida tengdirlar. 
Qonun talabiga ko‘ra, rasmiy hujjatlarda (masalan, fuqaro pasportida) 
fuqaroning dinga munosabati ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Fuqarolarning dinga 
munosabatiga qarab huquqlari cheklanmaydi yoki ularga hech qanday imtiyozlar 
berilmaydi. SHuningdek, bir-biriga nisbatan dushmanlik va adovat ko‘zg‘atish, 
diniy yoki daxriylik xis-tuyg‘ulari uchun haqoratlash ta’qiqlanadi. Bundan 
tashqari, mazkur moddada hech kim diniy e’tiqodini ro‘kach qilib qonunda 
belgilangan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishi mumkin emasligi ham qayd 
etilgan. 
Qonunning «Ta’lim tizimi va din» deb atalgan 7-moddasida quyidagilar yozib 
quyilgan: «O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi dindan ajratilgan. Ta’lim 
tizimining o‘quv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi». 
Bu qoidani quyidagicha tushunish kerak: 
Respublikamizda davlat o‘quv yurtlarida diniy ta’lim berilmaydi, ya’ni 
maktabgacha ta’lim, umumiy ta’lim, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari o‘quv 
rejalariga din dars sifatida kiritilmaydi. CHunki, bu o‘quv yurtlari dunyoviy 
bilimlar beruvchi maskanlardir. 
Lekin, fuqarolar mutlaqo diniy ta’lim olish huquqiga ega emas, degan ma’no 
kelib chiqmaydi. O‘zbekiston fuqarolari diniy ta’lim olishlari mumkin. Biroq, 
bunda albatta, qonunda belgilangan tartibga amal qilish shart. Xo‘sh, bu qonunning 
tartiblari nimalardan iborat? 



«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra voyaga 
etmagan bolalarni ularning ota-oanlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar 
roziligisiz diniy tashkilotga jalb etish, diniy bilim berishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Oliy va o‘rta diniy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun fuqarolarga umumiy 
majburiy o‘rta ta’limdan keyin ruxsat etiladi. Bu diniy o‘quv yurtlari albatta davlat 
ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi lozim. Diniy o‘quv yurtlarida ta’lim beruvchilar albatta, 
diniy ta’lim olgan bo‘lishlari hamda diniy ta’lim berishga qonunda belgilangan 
tartibda ruxsat olgan bo‘lishlari lozim. Bu belgilangan qoidalardan boshqa 
shakllarda diniy ta’lim berish qonun yo‘li bilan man etiladi.
Belgilangan 
tartiblarning 
buzilishi 
qonunga 
muvofiq 
javobgarlikka 
tortilishgacha olib keladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 
145-moddasiga ko‘ra voyaga etmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish
shuningdek, ularni ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar 
ixtiyoriga zid tarzda diniy bilim berganlar eng kam ish haqining 50 barobaridan 75 
barobarigacha miqdorda jarima solinishiga yoki 2 yildan 3 yilgacha ahloq tuzatish 
ishlari, yohud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 
Istiqlol yillarida din sohasida chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. O‘zbekistonda 
turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga o‘z 
e’tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va 
millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular o‘rtasida qadimiy 
mushtarak an’analarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 
1995 yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida “Bir samo ostida” shiori ostida 
xalqaro musulmon-xristian konferensiyasi o‘tkazilishi, 1996 yilning noyabrida Rus 
pravoslav cherkovi Toshkent va Markaziy Osiyo eparxiyasining 125 yilligi 
tantanalari o‘tkazilishi fikrimizning isbotidir. 
2013 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda 16 konfessiyaga 
(Islom, Rus pravoslav cherkovi, Rim-katolik cherkovi, Nemis-lyuteran cherkovi, 
Arman-apostol cherkovi, To‘liq injil xristianlari, Evangel-xristian baptistlar 
cherkovi, Novoapostol cherkovi, Ettinchi kun adventistlari, “Golos bojiy”, Iegovo 
shohidlari, Koreys protestant cherkovlari, YAhudiylik, Bahoiylik, Krishnani 
anglash jamiyati, Buddaviylik) mansub 2224 ta diniy tashkilot rasman faoliyat olib 
boradi. Jumladan, 2037 ta masjid, 2 ta markaz, Toshkent islom instituti, 9 ta o‘rta 
maxsus islom bilim yurti, shuningdek, jami 175 ta noislomiy diniy tashkilot, 
jumladan, Pravoslav va Protestant seminariyalari faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Download 359.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling