5-mavzu. O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash
Download 359.19 Kb. Pdf ko'rish
|
\'5- ìàâçó ìàúðóçà ëîòèí
Mutaassiblik (fanatizm – fransuzcha-«ibodat») muayyan g‘oyalarning to‘g‘ri
ekaniga qattiq ishonish, ularga mukkasidan berilish, «o‘zgalar» va «o‘zgacha» qarash va g‘oyalarga murosasiz munosabatda bo‘lish, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etish. Ekstremizm tushunchasi muayyan sharoitda, biron-bir g‘oya yoki tamoyilga qat’iy ishonch va uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni, boshqa sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko‘r-ko‘rona qo‘llashga urinishdir. Qisqa va lo‘nda qilib izohlaganda ekstremizm (lotincha extremus – o‘ta) – ijtimoiy – siyosiy xarakterdagi muammolarni hal etishda o‘ta keskin chora- tadbirlarni, fikr-qarashlarni yoqlovchi nazariya va amaliyotdir. 11 Diniy ekstremizm esa bu har qanday dinning teskari uslubda namoyon etilishi, boshqa din yoki mazhab vakillariga nisbatan murosasizlik, noto‘g‘ri talqin etilgan diniy aqidalardan siyosiy qurol sifatida dunyoviy davlat va konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qo‘llash, diniy nizo va qarama-qarshiliklar keltirib chiqarish orqali davlat suvereniteti va hududiy daxlsizligini buzish yoki davlat hokimiyatini kuch bilan egallash yoxud mavjud tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishdir. Bizningcha, diniy ekstremizm jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash yoki tarqatish yoxud tarqatish maqsadida saqlash, diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish, kontrabanda, diniy ekstremistik, fundamentalistik ruhdagi g‘ayriqonuniy nodavlat notijorat tashkilotlari, oqimlar, sektalar tashkil etish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish yoxud ular faoliyatida qatnashishga undash, diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish, diniy adovat qo‘zg‘atish, konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish bilan ifodalanuvchi ijtimoiy xavfli qilmishlardir. Download 359.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling