MB = C + R
Federal Zaxira 100 miilion $ mablag’ni 100 million $
qiymatdagi qimmatli
qog’ozlarga ayirboshladi, va uning buxgalteriya yozuvi quyidagicha bo’ladi:
Ushbu holatda ochiq bozor siyosatining sof ta’siri
shundaki, zaxiralar
o’zgarmas bo’lsa, muomaladagi pullar ochiq bozordagi sotib olish tufayli $100
millionga ko’payadi.
Natijada, ochiq bozordagi savdo tufayli pul bazasi $100
millionga ko’payadi, zaxiralar esa yo’q.
Tahlil shuni ko’rsatadiki,
ochiq bozordagi savdoning zaxiralarga ta’siri
obligatsiyalarni sotuvchining o’z daromadini depozitda yoki pul ko’rinishida
saqlashiga bog’liq bo’ladi. Agar daromad pul ko’rinishida saqlansa,
ochiq
bozorning zaxiralarga hech qanday ta’siri bo’lmaydi; agar daromad depozitda
saqlansa, zaxiralar ochiq bozordagi savdo miqdoricha ko’payadi.
Shunga qaramay, obligatsiyalarni sotuvchi o’z daromadini xoh pul
ko’rinishida saqlasin, xoh depozitda, ochiq bozorning pul bazasiga ta’siri
doimo bir xilda bo’ladi (pul bazasi sotuv miqdorida ko’payadi). Ochiq bozor
sotuvining zaxiralarga ta’siri uning pul bazasiga ta’siridan ko’ra bir muncha
noaniqdir.
Ochiq bozor sotuvi.
Agar Federal Zaxira $100 millionlik obligatsiyalarini
banklarga yoki nobank shaxslarga sotsa, pul bazasi $100 millionga kamayadi.
Masalan, Federal Zaxira obligatsiyalarini jismoniy shaxslarga naqd pulga
sotadigan bo’lsa, sotib oluvchilar $100 million mablag’larini $100 millionlik
qimmatli qog’ozga almashtiradi. Va uning buxgalteriya yozuvi quyidagicha
Do'stlaringiz bilan baham: