100 million dolarlik miqdordagi obligatsiyalarning ochiq bozor operatsiyalari
orqali sotilishi natijasida zaxiralar doimiy holda saqlanadi deb faraz qilinsada, pul
bazasining tang miqdorlarda kamayib borishiga erishiladi.
Obligatsiyalarning
xaridorlari banklar sanalganda, yoki sotib oluvchilar mahalliy bankda chekli deposit
hisobraqamiga ochilgan cheklar orqali obligatsiyalarni sotib olish uchun pul
to’lovlarini amalga oshirish jarayonida T korinishdagi buxgalteriya hisobraqamlari
ustidan nazoratni amalga oshirish pul bazasida 100
million dollar miqdordagi
kamayishga sabab bo’ladi. Shu bilan bir qatorda, kamayish darajasi sodir bo’lib
turadi, chunki zaxiralar darajasi 100 milion dollargacha tushib boradi.
Ochiq bozor savdolari va xaridlari tahlilidan quyidagi
xulosa kelib chiqishi
mumkin: Pul bazasi bo’yicha ochiq bozor operatsiyalarining natijasi zaxiralarga oid
bo’lgan natijalarga qaraganda ancha aniqroq tasavvur qilinadi
. Shuning uchun
Federal Zaxira Tizimi pul bazasini ochiq bozor operatsiyalari orqali samaraliroq
tartibga sola oladi, chunki bunda natijaga zaxiralarni nazoratga olish orqali erishish
samarasiz sanaladi.
Ochiq bozor operatsiyalari davlat obligatsiyalari
singari boshqa aktivlar
shaklarida ham amalga oshirilishi mumkin va bunda ham shu kabi operatsiyalar pul
bazasiga bir xil ta’sir eta oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: