5-mavzu: pul massasi va pul agregatlari reja


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/22
Sana23.12.2022
Hajmi0.6 Mb.
#1044384
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
7-mavzu Pul massasi va pul agregatlari

Bank tizimi 
Federal zaxira tizimi 
Aktiv 
Passiv 
Aktiv 
Passiv 
Zaxiralar
+100 mln dollar
Qarz 
(FZT 
dan 
olingan)
+100 mln dollar 
Qarz
(FZT 
dan 
olingan) +100 mln 
dollar 
Zaxiralar
+100 mln dollar 
FZTning monetar majburiyatlari yuqoridagi misolimizga ko’ra 100 million 
dollarga oshdi va pul bazasi ham shunga mos ravishda ko’tarildi. Agar bank FZTdan 
olingan qarzlarni to’lasa, bunga mos ravishda u FZT dan olingan 100 million 
dollarlik qarzni yopa oladi va balans quyidagi ko’rinishga keladi: 


Bank tizimi 
Federal zaxira tizimi 
Aktiv 
Passiv 
Aktiv 
Passiv 
Zaxiralar
-100 
mln 
dollar
Qarz
(FR 
dan 
olingan)
-100 
mln 
dollar 
Qarz
(FR 
dan 
olingan)
-100 
mln 
dollar 
Zaxiralar
-100 
mln 
dollar 
FZT monetar majburiyatlari bo’yicha sof ta’siri va shundan kelib chiqib pul 
bazasi ham 100 million dollarga qisqardi. Pul bazasidagi o’zgarish FZTdan olingan 
qarzlar bilan bir xil miqdorda o’zgarganini ko’rishimiz mumkin.
Bankning zaxiralari tekshiruv bayon etilishiga bog’liqdir. Bank tizimidagi 
zaxiralarning umumiy miqdori bo’yicha joriy sof natija(shuningdek, pul bazasi) 
Federal Zaxira Tizimi(Fed)ning tekshiruv-kliring jarayonidagi holatidan kelib 
chiqadi va suzuvchanlik deb ataladi. AQSh Ga’znachiligi tijorat banklardan 
depozitlarni Fed da mavjud hisobraqamga jo’natganda, Fedda G’aznachilik 
depozitlarining oshishiga olib keladi, bu esa 11 Bobda ko’rsatib o’tilgan banklardan 
depozitlar chiqib ketishini yuzaga keltiradi, shuning uchun bank tizimidagi 
zaxiralarning va pul bazasining kamayishiga sabab bo’ladi. Shunday qilib, 
suzuvchanlik(ba’zi bir tasodifiy holatlar ta’sir qilishi mumkin, masalan cheklar 
qancha tezlikda to’lovga qabul qilinishi mumkin) hamda Fed dagi G’azna 
depozitlari(AQSh G’aznasining harakatlaridan kelib chiqib belgilanadi) har ikkisi 
ham pul bazasiga ta’sir ko’rsatadi, lekin ular Fed tomonidan boshqarilmaydi. Fed 
ning ishlariga aralashish bo’yicha AQSh G’aznachiligi qarorlari xorijiy valyuta 
orqali pul bazasiga ta’sir qiladi.
Bizning yuqoridagi mulohazamiz pul bazasining ikkita asosiy xususiyatlarini 
ifodalaydi: ochiq bozor operatsiyalari va moliyaviy institutlarga qarz berish. Bunda 
ochiq bozor operatsiyalaridagi xarajatlar yoki sotish hajmi Fed tomonidan qimmatli 
qog’ozlardagi dilerlarga buyruqlar berish bilan to’liq boshqariladi, markaziy bank 
buni mustaqil belgilay olmaydi, shuning uchun Fed dan olish mumkin bo’lgan 
qarzning miqdorini oldindan aytib bera olmaydi. Federal Zaxira diskont stavkani 
qo’llaydi(banklarga beriladigan kreditlarning foiz stavkalari), keyin banklar qarz 
berish haqida o’z qarorlarini qabul qilishadi. Fed ning diskont stavkasi ta’sir 
qiladigan qarz berish miqdori to’liqligicha Fed tomonidan boshqarilmaydi
banklarning qarorlari ham ahamiyatga ega. 
Shuning uchun, biz pul bazasini ikkita tarkibiy qismga bo’lishimiz darkor: biri 
Fed tomonidan to’liq nazorat qila olinadi hamda boshqasi biroz kamroq 
boshqariladi. Biroz kamroq boshqariladigan tarkibiy qism bu Fed tomonidan 
bazaning kreditlar orqali boshqarilishidir. Bazaning qoldiq qismi(qarz berilmagan 
pul bazasi) Fed ning nazorati ostidadir, chunki uning natijalari asosan ochiq bozor 
operatsiyalaridan kelib chiqadi
3
. Qarz olinmagan pul bazasidan Feddan olingan 
qarzlarni ayirish orqali kelib chiqadi, u qarzga olingan zaxiralar deb ataladi: 
3
Odatda Fedning balans hisobvarag’idagi boshqa moddalar(veb saytda muhokama qilingan) berilmagan qarz pul 
bazasiga ta’sir ko’rsatadi. Chunki ularning qarz olinmagan bazaga ochiq bozor operatsiyalariga bog’liqdir, hamda 



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling