5-mavzu: pul massasi va pul agregatlari reja


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/22
Sana23.12.2022
Hajmi0.6 Mb.
#1044384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
7-mavzu Pul massasi va pul agregatlari

M
PQ
V


(Velocity) – ne’matlarga ayirboshlashdagi pullar aylanishlarining o’rtacha 
soni; P – (Price) – ushbu jamiyatda sotib olinadigan har qanday alohida tovarning 
o’rtacha sotish narxi; Q – (Quantity) – tovarlarning jami xarid qilingan soni. 
Fisher formulasi oltin tangali standart sharoitida to’g’ri bo’lmaydi, chunki u 
pullarning ichki qiymatini hisobga olmaydi. Biroq oltinga almashtirilmaydigan 
qog’oz pullar muomala qiladigan sharoitda u muayyan mazmun kasb etadi. Bunday 
sharoitda pul massasining o’zgarishi, garchi I.Fisher tovarlar narxlarining mutloq 
elastikligini nazarda tutib, narx mexanizmini ma’lum ma’noda ideallashtirsa-da, 
lekin tovarlar narxlari darajasiga ta’sir ko’rsatadi. Boshqa neoklassiklar kabi Fisher 
ham mukammal raqobatchilikka asoslanadi va o’z xulosalarini monopoliyalar 
hukmronlik qiladigan va narxlar oldingi elastikligini jiddiy yo’qotgan jamiyatga 
tegishli deb biladi. 
Ko’pgina hozirgi iqtisodchilar ayirboshlash tenglamasini bir xillik, ya’ni 
MV=PQ sifatida tavsiflashadi. Gap shundaki, bu tenglama D – T ayirboshlash 
harakatini tovarlarning jami massasiga daxldor deb ifodalashga urinadi, ya’ni 
tovarlar sotib olingan pullar summasi sotib olingan tovarlar narxlari summasiga teng 
(bir xil). Bu tavtologiyadir va shuning uchun ayirboshlash formulasi narxlarning 
umumiy (mutloq) darajasini izohlash uchun xizmat qila olmaydi. 
Miqdoriy nazariya tarafdorlarining faraz qilishicha, ayirboshlash formulasi 
mutloq kattalikni EQ
o
ni izohlaydi (ayni bir vaqtda talab va taklif mexanizmi undan 
nisbiy tebranishlarni izohlaydi). 
I.Fisher va uning izdoshlari shunday nuqtai nazarga amal qilishgan. Ular 
pullarning aylanish tezligi (V) va ishlab chiqarish darajasi (Q) muomalada yurgan 
pullar miqdoriga (M) va narxlar darajasiga (P) bog’liq bo’lmasligini asoslashga 
urinishgan. Ular pullarning aylanishi tezligi avvalo demografik (aholining zichligi 
va hokazo) va texnik (transport vositalarining soni va sifati va hokazo) parametrlarga 
bog’liq bo’ladi, deb faraz qilishgan. Ishlab chiqarish darajasi esa asosan mehnat 
bozorida yuzaga kelayotgan shart-sharoitlar bilan belgilanib, narxlar darajasi va 
muomalada yurgan pullar soniga bog’liq bo’lmaydi. Shubhasiz, bozor xo’jaligi 
hukmronlik qiladigan sharoitda bunday qoidalar yaqqol noreal tus kasb etadi. 
Qiymat konuni va uning muomala doirasida yuzaga chikish shakli - pul 
muomalasi konuni tovar-pul munosabati mavjud bulgan barcha ijtimoiy 
formatsiyalarga xosdir. kiymat shakllari va pul muomalasi tarakkiyot yo’lini taxlil 
kilayotib, KMarks pul muomalasining qonunini ochdi. Bu qonunga asosan momala 
vositasi funktsiyasini amalga oshirish uchun kerak bolgan pul miqdori 
aniklanadi.Metallik pul muomalasida muomaladagi pul miqdori stixiyali tarzda, 
pullarning xazina funktsiyasi yordamida tartibga solib turilgan: agar pulga ehtiyoj 
kamaysa, ortikcha pullar (oltin tanga) muomaladan xazinaga okib o’tishi kuzatilgan 
va aksincha. Shunday qilib, muomaladagi pul miqdori kerakli darajada ushlab 
turilgan. Keyinchalik muomalaga banknotalar chiqarilishi va ularning metallar (oltin 


yoki kumush)ga erkin almashinishi muomalada pulning ortiqcha miqdori bo’lishini 
inkor etadi. 
Agar muomalada oltinga almashinmaydigan banknotalar yoki qog’oz (xazina 
biletlari) amal qilsa, u xolda naqd pul muomalasi pul muomalasi konuniga asosan 
amalga oshadi. 
Qog’oz pullar miqdori muomala uchun kerak bo’lgan oltin pullarning
miqdoriga teng bo’lganda pul muomalasida xech kanday salbiy jarayonlar yuz 
bermaydi. Yuqorida ko’rsatilgan talab pulning barqarorligini ta’minlaydi, 
shuningdek pul muomalasi mavjud bo’lgan barcha ijtimoiy formatsiyalarda o’z 
kuchiga ega. 
Pul muomalasi qonuni muomaladagi tovarlar massasi, ularning narxi va pul 
muomalasi tezligi orasidagi iqtisodiy aloqadorlikni aks ettiradi.
Shunday qilib, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga ishlab chiqarish 
rivoji va shart-sharoitlariga bog’lik bo’lgan turli xil omillar ta’sir ko’rsatadi. 
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omil - bu 
tovarlar va xizmatlar baxosi xisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar bahosiga 
tug’ri proportsional, ya’ni tovarlar va xizmatlar baxosining oshishi muomalaga ko’p 
pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil - bu pulning 
aylanish tezligi xisoblanadi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta’sir ko’rsatadi. Odatda 
pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo’lgan pul mikdori shuncha kam 
talab qilinadi va aksincha. 
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini boshqarishda shu muxim 
omillarga aloxida e’tibor berilishi zarur. 
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi 
choralarni amalga oshirish muximdir. Bular: iste’mol kreditni rivojlantirish; 
kreditga qanchalik ko’p tovar sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak 
bo’ladi; 
- naqd pulsiz xisob - kitoblarning rivojlanishi; 
- pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar. 
Xar bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini xisobga olgan xolda ish 
yuritishi zarur. Chunki pul muomalasi qonunining buzilishi pul barqarorligiga putur 
etkazadi. Bu xolda muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi tovarlar 
baxosidan oshib ketishi, ya’ni inflyatsiya bo’lishiga, yoki pul ocharchiligiga 
(etishmovchiligiga) olib kelishi mumkin. 
Xulosa qilib aytganda, pul muomalasini ushlab turish shart-sharoitlari va 
qonuniyatlari ikki omilning o’zaro ta’siri bilan, ya’ni: 
Xo’jalikning pulga bo’lgan ehtiyoji va amalda pullarning muomalaga borib 
tushishi bilan belgilanadi. Amaliyotda ko’proq uchraydigan hol bu oborotda 
xo’jalikka kerak bo’lganidan ko’proq pulning bo’lishidir. Bu albatta, pulning 
qadrsizlanishiga - pul biriligining xarid qobiliyatining tushushiga olib keladi. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling