5-mavzu: pul massasi va pul agregatlari reja


 Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda pul agregatlari va ularning


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/22
Sana23.12.2022
Hajmi0.6 Mb.
#1044384
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
7-mavzu Pul massasi va pul agregatlari

 
4. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda pul agregatlari va ularning 
tarkibi. 
izning pul ta’minotida pul bazasidagi o’sishiga qaramasdan
ko’paytiruvchi pul kamayishini va faqatgina uncha katta bo’lmagan miqdorda 
ta’minlovchi pulning oshishini taxmin qiladi.
5
5
Frederic S.Mishkin. The economics of money, banking and financial markets. Pearson Education Limited pp. 
2013. pp. 379-403 



Pul agregatlari – bu pul massasini muqobil o’lchash imkoniyatini beruvchi 
ko’rsatkichlardir. Xalqaro amaliyotda quyidagi pul agregatlaridan keng 
foydalaniladi: 
1. M0 – bu agregatni hisoblash uchun Markaziy bank tomonidan muomalaga 
chiqarilgan ya’ni emissiya qilingan barcha naqd pullar summasidan banklar va 
korxonalarning kassasidagi naqd pullarning qoldig’I ayirib tashlanadi. Tarqqiy etgan 
mamlakatlar bank amaliyotida M0 hisobga olinmaydi. 
2. M1 = M0 + talab qilib olinadigan depozitlar + yo’l cheklari. Ayrim 
mamlakatlarda kredit kartalari ham M1 tarkibiga kiritiladi. 
3. M2 = M1 + muddatli depozitlar + jamg’arma depozitlar. M2 hisoblashda 
summasi uncha katta bo’lmagan muddatli va jamg’arma depoztlar olinadi.
4. M3 = M2 + yirik summadagi muddatli depozitlar + deposit sertifikatlari + 
jamg’arma sertifikati. 
5. M4(L- AQShda) = M3 + davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari + 
korporativ obligatsiya + jamg’arma obligatsiyalar + bank akseptlari + pul bozori 
o’zaro fondlari paylari.
Taniqli olim F.Mishkenning fikriga ko’ra Markaziy bank pul agregatlarining 
qisqa muddatli davriy orqalidagi o’sishini e’tiborga olmasligi lozim, chunki pul 
agregatlarining qisqa davrda o’sishi mavsumiy omillar ta’sisirida bo’ladi. Shuning 
uchun pul massasining yillik o’sish sur’atlarini nazorat qilish lozim. 
Sanoati rivojlangan mamlakatlarning moliya statistikasida pul massasini 
aniqlashda quyidagi asosiy pul agregatlari to’plamidan (guruhidan) foydalaniladi:
M-1 agregati – muomaladagi naqd pullar (banknotalar, tangalar) va joriy bank 
schyotlaridagi mablag’larni o’z ichiga oladi;
M-2 agregati – M-1 agregati va tijorat banklaridagi muddatli va jamg’arma 
qo’yilmalaridan (to’rt yilgacha) tarkib topgan;
M-3 agregati – o’z ichiga M-2 agregati va ixtisoslashgan kredit 
muassasalaridagi jamg’arma qo’yilmalarini kiritgan; 
M-4 agregati – M-3 agregati hamda yillik tijoriy banklarining depozitli 
sertifikatlaridan iborat.
AQSh da pul massasini aniqlash uchun 4 ta pul agregati, Yaponiya va 
Germaniyada – 3 ta, Angliya va Frantsiyada – ikkita pul agregatidan foydalaniladi.
Pul massasi tarkibi va dinamikasini tahlil qilish Markaziy bank tomonidan 
to’g’ri pul-kredit siyosati olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Rossiya Federatsiyada muomaladagi jami pul massasi hisob-kitobi uchun 
quyidagi pul agregatlari qo’llaniladi.
M-O agregati – naqd pullar;
M-1 agregati – M-O agregati va hisob-kitob, joriy va boshqa schyotlar (maxsus 
schyotlar, kapital qo’yilmalar schyotlari, akkreditiv va chek schyotlari, mahalliy 
byudjet schyotlari, byudjet, kasaba, uyush-malari, jamoat va boshqa tashkilotlarning 
schyotlari, davlat sug’urta mablag’lari, uzoq muddatga kreditlash fondi) dagi 
mablag’lar ti-jorat banklariga qo’yilmalar va jamg’arma banklaridagi talab qilib 
olinadigan depozitlarning yig’indisiga teng;
M-2 agregati – M-1 agregati va jamg’arma banklaridagi muddatli 
qo’yilmalardan iborat;


M-3 agregati – M-2 agregati hamda depozitli sertifikatlar va davlat zayom 
obligatsiyalari yig’indisidan iborat.
Pul massasi tarkibini uning harakatiga qarab ikkiga bo’lish mumkin, ya’ni pul 
massasining aktiv qismi – bu pul mablag’larining xo’jalik faoliyatidagi turli xil 
shakldagi hisob-kitoblarni olib borish bilan bog’liq qismi va ikkinchisi passiv qism 
– jamg’ar-madagi pullar va hisob raqamlardagi qoldiqlar hisoblanadi.
Pul massasi naqd pullardan tashqari muddatli hisob raqamdagi mablag’ va 
jamg’armalarni, depozit sertifikatlari, investitsion fondlarning aktsiyalarini o’z ichiga 
oladi. Pul massasining yuqoridagi elementlari «kvazi» - “qariyb pullar” deb ham yuritiladi. 
Kvazi - pullar likvid aktivlar bo’lib, ular tez orada pulga aylanishi mumkin. 
O‘zbekistonda pul massasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat.
M
0
– naqd pullar; 
M
1
– M
0
+ schyotlardagi pul qoldig‘i + mahalliy byudjet mablag‘lari + byudjet, 
jamoa va boshqa tashkilot mablag‘lari;
M2 –M1 + tijorat banklaridagi muddatli jamg‘armalar;
M3 – M2 + sertifikatlar + maqsadli zayom obligatsiyalari + davlat zayom 
obligatsiyalari + xazina majburiyatlari.
Pul agregatlari M1 va M2 ning bir-biridan farqi M2 ning o‘z tarkibiga yaqin 
orada pulga aylanishi mumkin bo‘lgan «kvazi» - qariyb pullarni olishdadir.
Pul massasining turli xil ko‘rsatkichlarini ishlatish pul muo-malasi holatini 
tahlil qilishga turli tomonlardan yondashishga im-kon beradi.
Mamlakat miqyosida pul massasi hajmining o‘zgarishi muomala-dagi pul 
massasining o‘zgarishi natijasi va pulning aylanish tez-lashganligining natijasi 
bo‘lishi mumkin.
Pulning aylanish tezligi – pul muomala va to‘lov vositasi sifa-tida amal 
qilgandagi uning harakat ko‘rsatkichidir. Uning miqdori ni hisoblash qiyin, shuning 
uchun uni hisob-kitob qilishda bil-vosita ma’lumotlardan foydalaniladi. 
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda asosan pul aylanish tez-ligi o‘sishining ikki 
ko‘rsatkichi hisoblanadi:
– daromadlar aylanmasi pulning muomalada bo‘lish tezligi ko‘rsatkichi. Bu 
ko‘rsatkich yalpi milliy mahsulot (yamm) yoki milliy daromadning pul massasiga, 
aniqrog‘i M-1 yoki M-2 pul agregatiga nisbati bilan aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich pul 
muomalasi va iqtisodiy rivojlanish jarayoni orasidagi o‘zaro aloqadorlikni ko‘rsatadi; 
– to‘lov aylanmasida pulning aylanuvchanlik ko‘rsatkichi. Bu ko‘rsatkich joriy 
bank hisob raqamlari bo‘yicha o‘tkazilgan mablag‘lar yig‘indisining pul massasi 
o‘rtacha qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi.
Pulning aylanish tezligi o‘zgarishi umumiqtisodiy (iqtisodiyot-ning davriy 
rivojlanishi, iqtisodiy o‘sish, narxlar sur’atlari), ham to‘la monetar (to‘lov aylanmasi 
tarkibi, kredit operatsiyalari va o‘zaro hisob-kitoblarning rivojlanishi, pul bozorida 
foiz stavka-larning darajasi va h.k. lar) omillariga bog‘liq.
Pul aylanishining tezlashuviga metall pullarning kredit pul-lar bilan almashishi, 
o‘zaro hisob-kitoblar tizimining rivojla-nishi, banklar ishiga EHMning kiritilishi, 
pullik hisob-kitob-larda elektron vositalarning ishlatilishi yordam beradi.
Pul qadrsizlangan hollarda iste’molchilar pullarining to‘lov qobiliyatini saqlab 
qolish uchun ko‘proq tovarlar ko‘proq xarid qiladilar. Bu esa pul aylanishini 


tezlashtiradi. Boshqa ko‘rsatkichlar o‘zgarmas bo‘lganida pul aylanishining 
tezlashishi pul massasi oshishini bildiradi. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling