Nazorat savollari:
1. Lug`atdan ikki va uch o`zakli qo`shma so`zlarga 10 ta misol toping va tahlil qiling.
Qo`shma va juft so`zlar yordamida gaplar tuzing.
Qo’shma va juft so’zlarning farqini tushuntiring
Juft va takror so’zlarni bir-bridan farqlang
Tayanch iboralar:
Bosh harflar, qisqartma so'zlar, imlosi, gap, atoqli otlar, taxalluslar.
Quyidagi so’zlar bosh harflar bilan yoziladi:
atoqli ot hisoblangan kishi ismlari, tahallusi, joy nomlari va boshqa geografik nomlar: Abror, Shoh Sirov, Fitrat, Afshona, Pomir, Turkiya, Mirrih, Oy kabi;
Davlat va uning oliy tashkilotlari, mansablari, xalqaro tashkilotlar nomlarining barcha so’zlari: O’zbekiston Respublikasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Mazhlisining Raisi, Jahon Tinchlik Kengashi kabi;
Boshqa tashkilot, vazirlik, idora va ulardagi yuqori lavozim va idorani bildiruvchi so’zlarning faqat birinchi so’zi: yozuvchilar uyushmasi, Fan va tehnologiyalar markazi, Mudofaa vaziri kabi;
Oliy mukofot nomlaridan har bir so’z: O’zbekiston qahramoni, Oltin Yulduz. Boshqa mukofot, nishonlar nomidagi birinchi so’z: "Sog’lom avlod uchun" ordeni, "Xalq talimi alochisi" nishoni kabi;
Muhim tarixiy sana va bayram nomlarining birinchi so’zi: Mustaqillik kuni, Ramazon hayiti kabi; qisqartma otlar:
Qisqartma otlar: BMT, AQSh. qisqartma tarkibidagi teng qismning birinchi harfi: UzMU, ToshDU kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |