Bo’g’in ko’chirilishi imlosi.
Quyidagi hollarda ko’p bo’g’inli so’zning oldingi satrga sig’may qolgan qismi keyingisiga ko’chiriladi:
so’zning bosh yoki oxirgi bo’g’ini bir harfdan iborat bo’lsa, u harfhing o’zi, bir satrdan boshqasiga ko’chirilmaydi: a-badiy emas, aba-diy, manba-i emas, man-bai kabi;
bo`g`inda ikki undosh yonma-yon kelsa, birgalikda keyingi satrga ko’chiriladi, agar uch undosh kelsa, oldingi bittasi satrda qoldiriladi: dia-gramma , silin-drik kabi;
bir tovushni ifodalovchi harflar birikmasi birgalikda ko’chiriladi: pe-shona, pi-choq , ko`-ngil kabi;
turli xil qisqartmalar, raqamli nomlar va shartli belgilar bir-biridan ajratilib ko’chirilmaydi: MDH, 6-“B” sinf, Boing-767, 12 cm kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |