5-Mavzu: Tarbiya jarayonidang shakllari va metodlari Mavzu rejasi
Tarbiya metodlari va ularni guruhlash
Download 48.13 Kb.
|
5-Tarbiya jarayonidang shakllari va metodlari
Tarbiya metodlari va ularni guruhlash.
Tarbiya metodlari - pedagogik tushuncha bo’lib, respublikamiz milliy tarbiya tizimida yangicha shakl va mazmun kasb etadi. U avtoritar, pedantik pedagogikadagi tarbiya metodlari bilan chiqisha olmaydi. Xalqning qadimdan foydalanib kelinayotgan milliy pedagogikasida ilgari surilgan, mahlum darajada nazariy jihatdan asoslangan tarbiya metodlari mavjudki, bular minglab yillar davomida oila, mahalla, jamoat joylarida unumli va o’ta ustalik bilan qo’llangan va o’zining yashovchanligi tufayli bugungi kungacha o’zining ta’sirchanligini yo’qotmagan. Tarbiya metodlari o’zining vazifasiga ko’ra mazkur davlat, tuzum ideologiyasi, g’oyasi va qarashlariga xizmat qiladi. Shuning uchun ham metodlar nazariyasi va amaliyoti o’z tizimini shaxs yashayotgan jamiyat talablari, ehtiyojlari va buyurtmasidan kelib chiqib belgilashi va amalga oshirishi zarur. Tarbiya metodlari muammosining murakkabligidan kelib chiqib, ilmiy asoslangan tasnif mavjudki, bu masala turli pedagogik adabiyotlarda turlicha munozaralarga sabab bo’lmoqda. O’rganilayotgan mavzu uchun ajratilgan vaqtning chegaralanganligi va oldimizda turgan maqsad yo’nalishining o’zgacha ekanligini hisobga olib, ushbu masala yuzasida keng tahlilga berilmadik. SHu jihatdan tarbiya metodlari jamiyat oldida turgan maqsadlardan kelib chiqishini hisobga olgan holda, pedagogik fanlarda mavjud bo’lgan tarbiya metodlariga oid ilmiy imkoniyatlar, ilmiy - uslubiy manbalardan foydalanish orqali ushbu masalaga oydinlik kiritishga harakat qilindi. Download 48.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling