5-Mavzu: Tarbiya jarayonidang shakllari va metodlari Mavzu rejasi
Download 48.13 Kb.
|
5-Tarbiya jarayonidang shakllari va metodlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
Mashg’ulot turi: ma’ruza 5-Mavzu: Tarbiya jarayonidang shakllari va metodlari Mavzu rejasi: 1. Tarbiya mеtodlari tushunchasi va ularning tarbiya jarayondagi o‘rni.. . Tarbiya usullari va vositalari Xalq pеdagogikasida tarbiya mеtodlaridan foydalanish. Sharq allomalarining tarbiya mеtodlari haqidagi fikrlari. 2.Tarbiya mеtodlarn klassifikatsiyasi. Shaxs ongini shakllantiruvchi mеtodlar. Shaxs faoliyatini tashkil etish mеtodlari. Shaxs faoliyati,xulqini rag‘batlantirish va jazolash mеtodlari. O‘z-o‘zini tarbiyalash mеtodlari.3. 3.. Tarbiya mеtodlarini tanlash asoslari .4. Jamoa haqida tushuncha. Jamoaning pedagogik vazifalari. O‘quvchilar jamoasining shaxs rivojlanishidagi o‘rni. O‘quvchilar jamoasi - pеdagogik jarayonning asosiy shakli sifatida o‘quvchilar jamoasining asosiy bеlgilari va shakllanish bosqichlari. O‘quvchi yoshlar uyushmalariga pеdagogik rahbarlik. Tayanch so’z va iboralar; Jamoa, Jamoaning shakllanish tamoyillari. Munosabat, rivojlanish bosqichlari . Tarbiya metodlari to’g’risida umumiy tushuncha.
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim tro’g’risidagi qonuni »da: «Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning milliy, madaniy anhanalariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi», deyilgan. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, hozirgi kunda shaxs tarbiyasini muvaffaqiyatli, zamon talabi darajasida amalga oshirish va boshqarishni tahminlovchi samarali metodlarni va vositalarni ishlab chiqish hamda ulardan foydalanish imkoniyatlari masalasi pedagog olimlar va mutaxassislar oldida turgan muhim vazifalar hisoblanadi. Pedagogikada tarbiya metodlari masalasi tarbiya jarayonining murakkab va, shu bilan birga, muhim komponentlaridan sanaladi. Tarbiya metodlari umumiy ma’noda jamiyat qo’ygan tarbiyaning maqsadlarini va tarbiya jarayoni hal etadigan konkret vazifalarni amalga oshirish yo’llaridir. Tarbiya metodlari tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning tarbiya maqsad va vazifalarini hal etishga yo’naltirilgan o’zaro birgalikdagi faoliyat usullaridir. Tarbiya metodi «shaxsga yaqinlashishning quroli» bo’lib, u bevosita tarbiyalanuvchi shaxsiga qaratilgandir. SHunday qilib, tarbiya metodlari shunday usullar yig’indisiki, uning yordamida shaxs ongi va xulqiga maqsadga muvofiq ta’sir etish orqali, unda zarur insoniy sifatlar, foydali faoliyat tajribalari va ko’plab axloqiy fazilatlar shakllantiriladi. Pedagogika nazariyasida tarbiya metodlari bilan birga tarbiya usullari va tarbiya vositalari tushunchalari ham ishlatiladi. Usul tarbiya metodining xususiy, alohida ma’no kasb etuvchi tushunchasi hisoblanib, u o’sha metod samaradorligi, ta’sirchanligini oshirishga faol yordam beradi. Metodga nisbatan usul yordamchi, xususiy xarakter kasb etadi. Masalan, mehnat jarayonida mehnat faoliyatini ko’rsatish usul sifatida foydalanilib, jarayonni qanday qilib aniq bajarish yo’li ko’rsatiladi. Hikoya, mahruza metodlarida aniq dalillar keltirish (usul) bilan ko’rsatmalilikka (usul) e’tibor qaratiladi. Download 48.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling