5-Mavzu: Tarbiya jarayonidang shakllari va metodlari Mavzu rejasi


Download 48.13 Kb.
bet6/18
Sana05.05.2023
Hajmi48.13 Kb.
#1431487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
5-Tarbiya jarayonidang shakllari va metodlari

Ongni shakllantirish metodlari murakkab ijtimoiy, axloqiy, mehnat, estetik mehyor va tushunchalarni konkretlashtiradi, faoliyatning emotsional holatini yaratadi, ijobiy axloqiy, ijtimoiy motivlarni rivojlantirishga yordam beradi.
Har bir yosh davrida bu metodlar yanada ko’proq, kengroq va chuqurroq mahno kasb etib boradi.
Masalan, kichik yoshdagi o’quvchilarni ishonarli dalillar yordamida ishontirish mumkin bo’lsa, o’smirlik yoshidan bolalarni misollar bilan emas, balki mantiqiy asoslash orqali, katta yoshdagi o’quvchilarni axloqiy tushunchalarni atroflicha chuqur asoslash, bir necha ko’rinishlarni qiyosiy tahlil etish orqali ishontirish zarur bo’ladi. Katta yoshdagi o’quvchilarda qathiy ishonchni yuzaga keltirish uni ko’proq munozara-bahslarga taklif etish va shu orqali boshqalarda o’zining fikri qandayligini anglab yetish orqali amalga oshiriladi.
Ushbu metodlar guruhiga kiruvchi suhbat metodi turli ko’rinishlarga ega bo’lib, undan siyosiy, estetik, axloqiy va boshqa ko’rinishlarda foydalanish mumkin.
Suhbat metodining asosiy vazifalari - voqea, axloqiy ko’rinishlar, ijtimoiy turmushdagi hodisalarga munosabat bildirish, ularni baholashdan iborat bo’lib, oqibatda tarbiyalanuvchining o’rab turgan borliqqa, o’zining fuqarolik, siyosiy va axloqiy burchlariga qarashlarini shakllantirishdan iborat. Agar suhbat davomida muhokama etilayotgan masala, muammo bola shaxsiy tajribasida tayanch topa olsa, uning ishontiruvchi kuchi yuqori bo’ladi. Ushbu metodning ijobiy tomoni shundaki, avvalo, turmush va faoliyatning har qanday ko’rinishiga faol munosabat bildiriladi, o’quvchi qiziqqan savollariga javob topadi, bolalarning har bir faoliyatda o’z o’rni bo’lib, qo’yilgan masalalarning jonli muhokamasida erkin ishtirok eta oladi, aniq holatni o’ylab, fikrlash imkoni yaratiladi.
Suhbat metodini amalga oshirishda rioya qilinadigan asosiy pedagogik talablar:
1.Tanlangan mavzu dolzarb bo’lishi va u tarbiya vazifalari va o’quvchi ehtiyojiga mos kelishi shart.
O’quvchilardagi mavjud tajribaga tayanish, ulardan foydalanish va zarur bo’lsa, unga tuzatishlar kiritish. Yoshga ko’ra suhbatning majburiy dinamikasini hisobga olish.
Suhbat mazmunini ustalik bilan tanlash, o’quvchilar uchun yangi, nomahlum fikrlarni topish, ushboshdagi o’quvchilar guruhi uchun o’zlashtirish qulay bo’lgan xulosalarni shakllantirish.
Savollarni, masalani qiziqarli qilib qo’yish, albatta, uni muammoli tarzda qo’yishga, o’ylashga, fikrlar bilan faol qatnashishga imkon beruvchi suhbat tashkil etish.
Suhbatga ijobiy emotsional ko’rinish berish zarur.
Suhbatni ko’rgazmali qilish, misollarni konkretlashtirish, texnika vositalaridan foydalanish.
Bu umumiy talablar asosida qo’yiladigan maqsad, suhbat mazmuni ishtirokchilarning yosh tarkibi bo’yicha turlicha xarakter kasb etadi. Har qanday tarbiyaviy suhbat uchun umumiy va majburiy talab uning ishtirokchilar uchun ta’sirchanligi, ularni o’ziga jalb eta olishidir. Yangilik bir xilda bo’lmasligi kerak, chunki u bolalar uchun zerikarli qaytariqdir. Turli yo’nalishdagi tarbiyaviy suhbat - mazkur holatda bolalar uchun jonli, o’ziga jalb eta oladigan, zarur, eng kerakli, qiziqarli gaplar demakdir.

Download 48.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling