5-mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va mahnaviy qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi. Reja


Qadriyat kategoriyasining mazmuni


Download 105.53 Kb.
bet18/23
Sana15.11.2023
Hajmi105.53 Kb.
#1775658
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
5-mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va mahnaviy qadri-fayllar.org

Qadriyat kategoriyasining mazmuni. Qadriyatlar umumiy nazariyasi muammolariga va uning eng muhim kategoriyalariga batafsilroq to’xtalamiz. Avvalo mazkur nazariyaning asosiy tushunchasi - qadriyat kategoriyasining mazmuniga oydinlik kiritamiz. Bu so’zning etimologik ma’nosi ancha sodda bo’lib, atamaning o’ziga mos keladi: qadriyat – odamlar qadrlaydigan narsa. Narsalar yoki buyumlar ham, tabiat hodisalari ham, ijtimoiy hodisalar ham, insonning xatti-harakatlari ham, madaniyat hodisalari ham qadriyat bo’lishi mumkin. Ammo «qadriyat» tushunchasining mazmuni, uning tabiati oddiy ong tasavvur qilganidek sodda emas. Qadriyat, xuddi haqiqat kabi, xossa emas, balki fikr va voqelik o’rtasidagi munosabatdir. Inson o’zining individual tajribasiga asoslanib, o’zi uchun muhim bo’lgan ob’ekt bilan o’z ehtiyojlari va manfaatlari o’rtasida aloqa mavjudligini anglab etadi.
Inson uchun ijobiy ahamiyatga ega bo’lgan narsa yoki hodisa qadriyat hisoblanadi. Muhimlik narsaning o’zidagi xossalari bilan emas, balki ularning inson hayotidagi ahamiyati bilan belgilanadi. Kant tafakkur qadriyatlarning manbalarini va ularni maqbul narsaga aylantiruvchi qadriyatlar o’lchovini anglab etishga qodir ekanligini qayd etadi. Tabiat va madaniyat predmetlari sanalgan manbalar bo’lmasa, qadriyatlar ham bo’lmaydi. Qadriyatlar o’lchovi esa, ayrim mezonlarning mavjudligini nazarda tutadi. Muayyan predmetning mazkur mezonlarga muvofiqligi uni shaxs yoki jamoa uchun qadriyatga aylantiradi. Maqbullik sub’ektiv darajada baholash, ya’ni turli hodisalarning inson uchun ahamiyatini aniqlash tarzida amal qiladi. Mazkur hodisalarning inson uchun ahamiyati uning ijtimoiy pozitsiyasi, dunyoqarashi, madaniyat, aql-zakovat va ma’naviyat darajasi bilan belgilanadi. SHu sababli qadriyatning borlig’i intellektual darajadagina emas, balki emotsional darajada ham anglab etiladi. O’z-o’zidan ravshanki, sub’ektiv maqbul narsa yoki hodisa bilan qadriyat o’rtasida to’qnashuv yuz berishi mumkin. Masalan, inson uchun muhim madaniy hodisa – o’yinni ko’pchilik faqat bolalikdagina kechishi mumkin bo’lgan behuda va befoyda faoliyat deb hisoblaydi. SHiller, aksincha, o’yinning inson uchun ahamiyatini qayd etib,: «Inson so’zning to’liq ma’nosida inson bo’lgan holdagina o’ynaydi va u faqat o’ynayotgan paytdagina to’laqonli inson bo’ladi»1 deb yozadi.
Ammo baholargina emas, balki qadriyatlar dunyosi ham insoniyatga bog’liq bo’lib, uning rivojlanish darajasi, faoliyat sohasining kengayishi, madaniyat va sivilizatsiyaning xususiyati bilan belgilanadi. Tabiat aksiologik jihatdan neytral bo’lib, u qadriyat sifatida insoniyat bilan bir kontekstda, insoniyat mavjudligi va rivojlanishining muayyan tarixiy sharoitlaridagina aktuallashadi. Turli sivilizatsiyalarga xos bo’lgan me’yorlarni taqqoslash qadriyatlar dinamikasi haqida tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Masalan, qadimgi YUnonistonda inson hayoti to’laqonli tarzda uyg’un namoyon bo’lishi, Misrda esa – inson hayotining o’limga bo’ysunishi oliy qadriyat hisoblangan.
Qadriyatlar individual bo’lib, ular anglanishi yoki anglanmasligi yoki noto’g’ri anglanishi mumkin. Ammo qadriyatlarni sub’ektiv darajada maqbul hodisa sifatida anglashning har qanday varianti baholash ko’rinishida amal qiladi. Haqiqatdan farqli o’laroq, baholash narsalarning haqiqiy holatiga bilimning muvofiqligiga erishishdan emas, balki narsalarni va ularning xossalarini inson uchun zarur va muhim deb anglab etishdan iborat. Predmetning ob’ektiv mazmuni (ahamiyati) bilan sub’ekt baholash jarayonida eksplikatsiya qiluvchi shaxsga doir mazmun o’rtasida kuchli tafovut mavjud. SHu sababli baholashda dunyoni anglab etishning shaxsiy xususiyati bilan izohlanuvchi sub’ektiv omil ustunlik qilishi mumkin. Bu tafovutga qaramay, haqiqat va qadriyat o’rtasida uzviy aloqa mavjud. Ma’lumki, haqiqiy bilim baholash predmeti bo’lishi, qadriyat sifatida tavsiflanishi mumkin. O’z navbatida, hodisalar dunyosining inson uchun ahamiyatini faqat ular haqidagi bilimlar yordamida aniqlash mumkin. Narsaning ahamiyati haqida xulosa chiqarish u sub’ektga zarur bo’lgan sifatlarga ega ekanligi haqida tasavvurga ega bo’lish demakdir. Qadriyatlar sub’ektning ehtiyojlari, manfaatlari, mayllari, maqsadlari va ideallari bilan ob’ektning amaldagi aloqasini aks ettiradi. SHu sababli qadriyatlar haqidagi mulohazalar to’g’risida ularning haqiqiyligi yoki soxtaligi nuqtai nazaridan so’z yuritish mumkin. SHunga qaramay, qadriyatlar haqidagi mulohazalar, ular haqiqiy bilimga yoki xurofiy aqidalarga, fanga yoki bid’atga, hayot tajribasiga yoki uning mavjud emasligiga asoslanganidan qat’iy nazar, qadriyatlarni aniqlaydi, ularni qayd etadi. Haqiqat va baholashning farqi ularni anglab etish usullarida ham, ifodalash shakllarida ham, qadriyatlarni bilish jarayonida ishtirok etuvchi ong strukturalarida ham namoyon bo’ladi. Haqiqat sub’ektivlikni cheklash yo’li bilan anglab etiladi, bilish o’rganilayotgan narsaga nisbatan tasodifiy va sirtqi xususiyatga ega bo’lgan narsalarni mavhumlashtirishni nazarda tutadi. Haqiqatda dunyo insondan qat’iy nazar qanday bo’lsa, shunday ko’rinishda namoyon bo’ladi. (Ammo haqiqatda sub’ektivlik omilini butunlay istisno etish mumkin emas.) Baholash etakchi omil sifatida sub’ektiv asosni o’z ichiga oladi, unda predmetning o’z xossalari emas, balki (garchi bilim baholash omili sanalsa-da) uning inson uchun ahamiyati namoyon bo’ladi.
Haqiqat va baholashni aks ettirish shakllari ham bir-biridan ancha farq qiladi. Haqiqat tabiat, jamiyat va tafakkur qonunlarini ochib beruvchi oqilona, mantiqiy jihatdan ziddiyatsiz bilim ko’rinishiga ega bo’ladi. Baholash emotsiyalar, mayllar, iroda sohasiga qarab mo’ljal oladi. Garchi baholash bilim omilini ham o’z ichiga olsa-da, lekin bu bilim ancha mavhum obrazli shakl-shamoyil kasb etishi, dalil-isbotsiz bo’lishi, intuitsiyaga tayanishi mumkin.
Qadriyatlar san’at va din, axloq va huquq, siyosiy va madaniy hayot sohasida etakchi o’rinni egallaydi. Ularni ilmiy tushunchalar tiliga o’girish mumkin emas va aksariyat hollarda ular badiiy-obrazli mifologik yoki diniy shakl-shamoyilga solinadi.
Qadriyatlar haqidagi mulohazalarning muhim xususiyati shundan iboratki, ular baholash yoki ichki holat orqali, avvalo qadriyatni emotsiyalar darajasida his qilish orqali harakatga da’vat etishdir. Ilmiy bilishning vazifasi to’laqonli aniq bilimga mumkin qadar yaqinlashishdan iborat bo’lsa, qadriyatlarga munosabat bizni «mazmun podsholigi»ga, muhimliklar dunyosiga olib kiradi.
Xo’sh, «qadriyat» tushunchasining falsafiy mazmuni nimada?
qadriyat mohiyati va tabiatining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat
1. Qadriyat o’z mohiyatiga ko’ra ijtimoiydir va ob’ekt-sub’ektli xususiyat kasb etadi. Ma’lumki, jamiyat bo’lmagan joyda qadriyatlar mavjudligi haqida gapirishning o’zi behudadir. Zero narsalar, voqealar ularning inson bilan, sotsium hayoti bilan aloqasisiz, o’z holicha qadriyatlar bilan bog’lanmaydi. Xullas, qadriyatlar doim insoniy qadriyatlar hisoblanadi va ijtimoiy xususiyat kasb etadi. Bu insoniylashgan tabiatga, ya’ni butun sivilizatsiyagagina emas, balki hatto ko’p sonli tabiat ob’ektlariga ham taalluqli. Masalan, kisloroddan iborat bo’lgan atmosfera Erda inson paydo bo’lishidan ancha oldin mavjud bo’lgan, lekin kishilik jamiyati vujudga kelganidan keyingina atmosferaning odamlar hayoti uchun ulkan ahamiyati haqida so’z yuritish imkoniyati tug’ilgan.
2. Qadriyat insonning amaliy faoliyati jarayonida vujudga keladi. Insonning har qanday faoliyati muayyan maqsadni belgilashdan boshlanadi va mazkur faoliyat ayni shu maqsadga erishishga bag’ishlanadi. Maqsad – individga o’zining muayyan ehtiyojlarini qondirish imkonini berishi mumkin bo’lgan faoliyatning pirovard natijasi haqidagi insonning tasavvuri. SHunday qilib, individ o’z faoliyatining mo’ljallangan natijasiga avval-boshdanoq qadriyat sifatida qaraydi. SHu sababli inson natijaga erishishga qaratilgan faoliyat jarayonining o’ziga ham o’zi uchun muhim, qadrli bo’lgan jarayon sifatida yondashadi.
Albatta, insonning har qanday faoliyati va uning har qanday natijalari emas, balki ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan, ijtimoiy ehtiyojlarga va odamlarning manfaatlariga mos keladigan faoliyat va natijalargina qadriyatlarga aylanadi. Qadriyatlar qatoriga narsalargina emas, balki g’oyalar, munosabatlar, faoliyat usullari ham kiradi. Biz moddiy ne’matlarni ham, insoniy xatti-harakatlar ezguligini ham, davlat qonunlarining odilonaligini ham, olamning go’zalligini ham, aqlning ulug’vorligini ham qadrlaymiz.
3. «Qadriyat» tushunchasini «muhimlik» tushunchasidan farqlash lozim. qadriyat «muhimlik» tushunchasi bilan nisbatlashadi, lekin u bilan ayniy emas. Muhimlik qadriyatga bo’lgan munosabatning faollik, qizg’inlik darajasini tavsiflaydi. Nimadir bizni ko’proq, nimadir kamroq ta’sirlantiradi, nimadir bizni o’ziga nisbatan butunlay befarq qoldiradi. SHuningdek, muhimlik qadriyat xususiyatigagina emas, balki «aksilqadriyat», ya’ni ziyon xususiyatiga ega bo’lishi ham mumkin. YOmonlik, ijtimoiy adolatsizlik, urushlar, jinoyatlar va kasalliklar jamiyat va shaxs uchun ulkan ahamiyatga ega, lekin bu hodisalarni qadriyatlar deb nomlash odat tusini olmagan.
Binobarin, «muhimlik» tushunchasi «qadriyat»ga qaraganda kengroq. Demak qadriyat – ijobiy muhimlik. Ijtimoiy rivojlanishda salbiy rol o’ynaydigan hodisalar salbiy ahamiyatga molik deb talqin qilinishi mumkin. SHunday qilib, har qanday muhimlik emas, balki inson, uning birlashmalari yoki butun jamiyat hayotida ijobiy rol o’ynaydigan muhimlikkina qadriyat hisoblanadi.
4. Har qanday qadriyat ikki xossa: funksional ahamiyat va shaxsga doir mazmun bilan tavsiflanadi. Bu qanday xossalar?
Qadriyatning funksional ahamiyati – bu narsa yoki g’oyalarning ularni mazkur jamiyatda qadriyatga aylantiruvchi ijtimoiy muhim xossalari, funksiyalarining majmui. Masalan, muayyan g’oyaga ma’lum informatsion mazmun va uning haqqoniylik darajasi xos.
Qadriyatning shaxsga doir mazmuni – bu uning inson ehtiyojlariga bo’lgan munosabati. Qadriyatning shaxsga doir mazmuni, bir tomondan, qadriyat funksiyalarini bajaruvchi ob’ekt bilan belgilanadi, boshqa tomondan esa, insonning o’ziga bog’liq bo’ladi. Inson narsaning mazmun va mohiyatini anglab etish jarayonida o’zining mazkur narsaga bo’lgan sof tabiiy ehtiyojidan emas, balki o’zi mansub bo’lgan jamiyat tarbiyalagan ehtiyojdan, ya’ni jins bildiruvchi ijtimoiy ehtiyojdan kelib chiqadi. U narsaga go’yo boshqa odamlarning, jamiyatning ko’zi bilan qaraydi va unda mazkur jamiyat doirasida o’z hayoti uchun muhim bo’lgan narsani ko’radi. Inson jins bildiruvchi mavjudot sifatida narsalarda ularning jins bildiruvchi mohiyatini, narsaning g’oyasini izlaydi va bu g’oya inson uchun mazmun kasb etadi.
Ayni vaqtda shuni qayd etish lozimki, qadriyatlar odamlar uchun bir xil mazmun kasb etmaydi, u odamlarning jamiyatdagi mavqeiga va ular hal qilayotgan vazifalarga bog’liq bo’ladi. Masalan, shaxsiy avtomobil harakatlanish vositasi, qo’shimcha pul topish vositasi yoki shaxsning mavqeidan dalolat beruvchi buyum bo’lishi mumkin. So’nggi zikr etilgan holda avtomobil uning egasi boshqa odamlar ko’z o’ngida muayyan nufuz kasb etishi uchun imkoniyat yaratuvchi egalik ob’ekti sifatida muhimdir. Ko’rsatilgan holatlarning barchasida ayni bir predmet turli ehtiyojlar bilan bog’liq.
5. Qadriyatlar o’z tabiatiga ko’ra ob’ektivdir. Bu qoida e’tiroz uyg’otishi mumkin. Zero sub’ekt mavjud bo’lmagan joyda qadriyat to’g’risida so’z yuritish behuda ish ekanligi yuqorida qayd etilgan. Qadriyat insonga, uning tuyg’ulari, mayllari, emotsiyalariga bog’liq bo’ladi, ya’ni qandaydir sub’ektiv narsa yoki hodisa sifatida qaraladi. Bundan tashqari, individning buyumga bo’lgan qiziqishi yo’qolgani, buyum uning ehtiyojlarini qondirmay qo’ygani zahoti individ uchun buyum o’zining qadriyat sifatidagi ahamiyatini yo’qotadi. Boshqacha aytganda, sub’ekt bilan bog’liq bo’lmagan holda, uning ehtiyojlari, mayllari, manfaatlari bilan buyumning aloqasisiz qadriyat mavjud bo’lishi mumkin emas.
SHunga qaramay qadriyatni sub’ektivlashtirish, uni inson ongiga bir tomonlama bog’liq bo’lgan narsaga aylantirish o’rinli emas. Qadriyat, xuddi muhimlik kabi, ob’ektivdir. Sub’ektning moddiy-amaliy faoliyati zamirida qadriyatning ayni shu xossasi yotadi. Aynan shunday faoliyat jarayonida kishilar o’zini qurshagan dunyoga qadriyat sifatida qaray boshlaydi. Boshqacha aytganda, moddiy-amaliy faoliyat buyumlar, atrof borliq predmetlari, odamlarning o’zi, ularning munosabatlari inson, jamiyat uchun muayyan ob’ektiv ahamiyat kasb etishi, ya’ni qadriyatga aylanishini belgilovchi omildir.
YAna shuni ham hisobga olish lozimki, qadriyatlarga munosabat sub’ekti sifatida avvalo jamiyat, katta ijtimoiy guruhlar amal qiladi. Masalan, ozon «tuynuklari» muammosiga u yoki bu individuum befarq qarashi mumkin, lekin jamiyat unga befarq qaray olmaydi. Bu qadriyat ob’ektiv tabiatga ega ekanligini yana bir karra tasdiqlaydi.
Qadriyat tushunchasining yuqorida keltirilgan umumiy tavsifidan kelib chiqib unga quyidagi ta’rifni berish mumkin. Qadriyat – bu borliq rang-barang elementlarining ob’ektiv ahamiyati bo’lib, ularning mazmuni jamiyat sub’ektlarining ehtiyojlari va manfaatlari bilan belgilanadi.


Download 105.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling