Tashkilotni faoliyat yuritishning asosida quyidagilardan tashkil topgan sinergetik (hamkorlikdagi harakatning) samarasi yotadi. Tashkilotning yagona bir butun sifatidagi salohiyatlari va imkoniyatlari uning alohida elementlari, salohiyatlari va imkoniyatlari summasidan oshib ketadi, bu ularning o’zaro bir birlarini qo’llab quvvatlashlari va o’zaro to’ldirishlari bilan asoslanadi. SHunday qilib, tashkilotlarga birlashishdan uning a’zolari uchun haqiqiy yutuq mavjud, u ularning mustaqilliklari tufayli cheklanishlaridan yo’qotishlarni qoplaydi. Bunda sinergetik samara hammadan avval quyidagilar hisobga tashkil bo’ladi: - xodimlar va bo’linmalar mehnatini taqsimlanishi va ixtisoslashishi; - xodimlar tomonidan kasbiy tajriba va bilimlar bilan almashish, ulardan yaxshiroq foydalanish; - birlashtirilgan moddiy va moliyaviy resurslardan yaxshiroq foydalanish va ular bilan manerv qilish; - har bir kishi uchun uning shaxsiy va ishga doir sifatlariga mos keluvchi ish joyi va lavozimni tanlab olish, ulardan har birining bilimlari va kasbiy ko’nikmalaridan yaxshiroq foydalanish; - har xil odamlarnnig tajribasi, bilimlari va malakalarini bitta tashkilot (bo’linma)da birlashtirish va h.k. Ajralib turishlik tashkilotning boshqa alomati bo’ladi, u ichki jarayonlarning ba’zi bir yopiqligida aks ettiradi, buni tashkilotni tashqi muhitdan ajratib turuvchi chegaralarni mavjudligi ta’minlaydi. Bu chegaralar “shaffof” yoki “noshaffof” devorlar ko’rinishidagi materiallardan yoki u yoki bu harakatlarga nisbatan turli xildagi yozma buyruqlar va cheklashlarga asoslangan “ideal” bo’lishlari mumkin. Ajralib turishlik tashkilotning boshqa alomati bo’ladi, u ichki jarayonlarning ba’zi bir yopiqligida aks ettiradi, buni tashkilotni tashqi muhitdan ajratib turuvchi chegaralarni mavjudligi ta’minlaydi. Bu chegaralar “shaffof” yoki “noshaffof” devorlar ko’rinishidagi materiallardan yoki u yoki bu harakatlarga nisbatan turli xildagi yozma buyruqlar va cheklashlarga asoslangan “ideal” bo’lishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |