5-mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish


Hozirgi vaqtda tashkilotlar(korxonalari)ning tashqi muhiti hammadan avval quyidagilar bilan ta’riflanadi


Download 302.78 Kb.
bet7/8
Sana09.06.2023
Hajmi302.78 Kb.
#1473195
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-MAVZU.TASHKILOTLAR VA ULARNI BOSHQARISH

Hozirgi vaqtda tashkilotlar(korxonalari)ning tashqi muhiti hammadan avval quyidagilar bilan ta’riflanadi:

  • katta noaniqlik;
  • dinamiklik;
  • oldindan aytib bo’lmaslik;
  • murakkablik;
  • ba’zi bir tashabbuskorlik bilan.

3. Tashkilotlar faoliyatini turkumlashtirish.

3. Tashkilotlar faoliyatini turkumlashtirish.

Tashkiliy tuzilmalarning turlari

Mehnatni taqsimlanishi tashkilotning eng muhim ta’riflari bo’ladi.

Hatto agar ikkita kishi bir maqsadga erishish uchun birgalikda ishlayotgan bo’lsalar ham, ular o’zaro mehnatni taqsimlashlari kerak. Ishni tashkil qiluvchi tarkibiy qismlarga bunday taqsimlanishi mehnatni gorizontal bo’linishi deb ataladi. Ishning katta hajmini kichikroq ixtisos- lashtirilgan vazifalarga taqsimlash odamlarning ushbu miqdori mustaqil ishlaganlariga qaraganda ancha ko’proq mahsulotni ishlab chiqarish va sotishga imkon beradi, ya’ni mehnatning kattaroq unumdorligini beradi. Kichikroq tashkilotlarda mehnatni gorizontal taqsimlanishi ancha kuchsizroq kuzatiladi. Masalan, umumiy ovqatlantirish korxonalarining bir vaqtda boshqaruvchilari ham bo’lgan egalari, ovqat tayyorlashlari va keluvchilarga xizmat ko’rsatishlari mumkin. Yirik va o’rtacha tashkilotlarda gorizontal taksimlanish yetarlicha aniq kuzatiladi. U o’ziga xos vazifalarni bajaruvchi va aniq maqsadlarga erishuvchi bo’linmalarni tashkil qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Ular bo’limlar, xizmatlar, sektorlar va h.k. deb ataladilar.

Tashkilot kabi, uning bir qismi bo’lgan bo’linmalar ham odamlar guruhidan tashkil topadilar va bu odamlar faoliyatini umumiy maqsadlarga erishish uchun muvofiq- lashtirish kerak. Buning uchun mehnatni vertikal taqsimlanishi kerak, bunda bitta bo’linma rahbari boshqa bo’linmalar rahbarlarining ishini muvofiklashtiradi, ular ham, o’z navbatida, keyingi bo’linmalar rahbarlarinig ishini muvofiqlashtiradilar. Mehnatni bunday vertikal taqsimlash natijasida boshqaruv bosqichlari tashkil bo’ladilar.


Download 302.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling