5-mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish


Download 302.78 Kb.
bet1/8
Sana09.06.2023
Hajmi302.78 Kb.
#1473195
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-MAVZU.TASHKILOTLAR VA ULARNI BOSHQARISH

5-MAVZU.TASHKILOTLAR VA ULARNI BOSHQARISH

Reja.

Reja.

1. Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi

2. Tashkilotning ichki va tashqi muhiti

3. Tashkilotlar faoliyatini turkumlashtirish. Tashkiliy tuzilmalarning turlari

4. Asosiy tashkiliy- huquqiy shakllar

5.Tashkilotlarni rivojlanishidagi zamonaviy tendensiyalar.

6.Tashkilotni strategik boshqarish

7.Tashkiliy o’zgarishlarni boshqarish

8. Boshqaruvning samaradorligi

1. Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi

1. Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi

Jamiyat har xil tashkilotlarning juda katta miqdoridan tashkil topadi. Ko’pchilik kishilar o’zlarining butun ongli hayotlari davomida o’zlari a’zosi bo’lgan yoki ular bilan aloqaga kirishgan u yoki bu tashkilotlar bilan bog’langandirlar.

Tashkilot deb atalishi uchun qandaydir guruh quyidagi majburiy talablarga javob berishi kerak:

  • juda bo’lmaganda, o’zini ushbu guruhning a’zosi deb hisoblaydigan ikkita shaxsni mavjud bo’lishi;
  • juda bo’lmaganda guruhning barcha a’zolari o’zlari uchun umumiy deb qabul qilingan bitta maqsadni mavjud bo’lishi;
  • maqsad (maqsadlar)ga erishish uchun birgalikda ishlaydigan guruh a’zolarini mavjud bo’lishi.
  • Zamonaviy tashkilotni tashqi muhit bilan resurslarni almashtirishga qodir ochiq tizim sifatida tasavvur etish mumkin. Kirishda u tashqi muhitdan resurslarni oladi, chiqishga yaratilgan mahsulotni beradi. SHuning uchun har qanday tashkilot uchta jarayonni amalga oshiradi:

    -tashqi muhitdan resurslarni olish;

    -mahsulotni ishlab chiqarish;

    -uni tashqi muhitga topshirish.


5-chizma. Tashkilot resurslari turlari.

Bu jarayonlar tashkilot uchun hayotiy muhimdirlar. Buning ustiga, tashkilotning muvaffaqiyatli faoliyati uchun ular o’rtasidagi ma’lum muvozanatni ushlab turish zarur. Bunda asosiy rol boshqaruvga tegishlidir.

Bu jarayonlar tashkilot uchun hayotiy muhimdirlar. Buning ustiga, tashkilotning muvaffaqiyatli faoliyati uchun ular o’rtasidagi ma’lum muvozanatni ushlab turish zarur. Bunda asosiy rol boshqaruvga tegishlidir.


Download 302.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling