5-mavzu. Topografik va obzor-topografik xaritalarni yangilash reja


Topografik xaritalar originallarini tuzish va yangilash texnologiyasi


Download 48 Kb.
bet3/3
Sana01.04.2023
Hajmi48 Kb.
#1315433
1   2   3
Bog'liq
5-MAVZU. TOPOGRAFIK VA OBZOR-TOPOGRAFIK XARITALARNI YANGILASH

3. Topografik xaritalar originallarini tuzish va yangilash texnologiyasi
Qo‘llaniladigan texnologik sxemalarbajariladigan tuzish ishlarining yuqori sifatini, ishlab chiqarishning minimal siklini hamda maksimal ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashi kerak. Topografik xaritalarni tuzishning texnologik sxemasini tanlash: kartografiyalash obyekti, ishlarni bajarishning qabul qilingan usullari, tuzish bajariladigan foydalaniladigan asos turlariga, kartmateriallar mavjudligiga, ularning geodezik asosi hamda qabul qilingan kartografik proyeksiyalar va masshtablarga, ijrochilar malakasiga, xarita yaratishga ketgan vaqtga, ishlab chiqarishda u yoki bu texnika va jihozlarning mavjudligiga bog‘liq.
Faqatgina bu omillarning barchasini birgalikda hisobga olish mazkur vazifani optimal ta’minlay oladi. Kartografiyalash obyektiga bog‘liq holda quruqlik topografik xaritalarini hamda shelflar va ichki suv havzalari topografik xaritalarini tuzishning texnologik sxemalari ajratiladi.
Originallarni yaratish usullari va foydalaniladigan asoslar turlari bo‘yicha tuzishga mos keladigan texnologik sxemalarni ajratish mumkin:

  • qattiq, noshaffof yoki shaffof asoslarda havorangli nusxalar bo‘yicha proyeksiyalash yoki kletkalar bo‘yicha originallarni joylashtirish;

  • alohida (bo‘lingan) tuzish originallarini shaffof asoslarga havorang nusxalar bo‘yicha joylashtirish;

  • bir paytning o‘zida gravirlash yoki chizish originallari;

  • joy o‘zgarishlari originallari (xaritalarni yangilashda).

Kartmateriallar mavjudligi va ularning masshtablariga bog‘liq holda texnologik sxemalar faqat havorang nusxalarda (asosiy kartmaterial bo‘yicha) va bir vaqtda loyihalash yo‘li bilan (qo‘shimcha materialni) yoki bu usullarning faqat bittasi orqali amalga oshirilishi mumkin.
Geodezik va matematik asoslari farq qiluvchi kartografik materiallar bo‘yicha xaitalar tuzilganda texnologik sxemada geodezik koordinatalar tizimi va kartografik proyeksiyalar tegishli tartibda o‘zgartirilishi kerak. Ijrochilar malakasiga bog‘liq holda bajariladigan ishlar hajmi taqsimlanadi.
Vaqtni yetishmasligi ishlab chiqarish sikli davomiyligini qisqartiruvchi texnologiyalardan foydalanish zarurligiga olib keladi. Bunday vazifalarni hal etish imkonini beruvchi chora-tadbirlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • bir necha ijrochilarni jalb etib, uchastkalar bo‘yicha originallarni tuzish (bu tadbir uncha maqbul emas, biroq u qo‘llanilganda ichki xabardorlik, tuzishga yagona yondashuvni ta’minlash kerak);

  • tuzish originallariga alohida mazmun elementlarini (uchastkalarini) nusxalash usulini qo‘llash. Masalan, yagona relyefning kesim balandligi qabul qilingan 1:100 000 masshtabli xarita bo‘yicha 1:200 000 masshtabli xarita tuzishda qator hollarda relyefning alohida uchastkalarini tuzish emas, balki 1:100 000 masshtabli xarita originalidan ularni ko‘chirish (nusxasini olilsh) mumkin;

  • xaritani nashrga tayyorlashda xatoliklar kelib chiqishi mumkin bo‘lganda varoq ichidagi va uning ramkasi tashqarisidagi elementlar (uchastkalar) bo‘yicha tuzish ishlarini qisqartirish. Masalan, stereofotogrammetrik asboblarda xarita tuzishda qator hollarda asbobda originalni tuzgandan so‘ng darhol ularni qo‘shimcha qayta ishlashlarsiz nashrga tayyorlash mumkin.

Texnologiyani tanlashda ishlab chiqarishda tegishli texnik va texnologik jihozlarning mavjudligi alohida ahamiyatga ega. Masalan, proyeksiyalariga ko‘ra keskin farq qiluvchi dengiz xaritalaridan topografik xaritalarga obyektlarni ko‘chirishda hamda kartografik proyeksiyalarni o‘zgartiruvchi asboblar bo‘lmaganda, kletkalar bo‘yicha tuzishni qo‘llash zarurligi vujudga keladi.
Xarita mazmun elementlarini tuzish bo‘yicha ishlar tugallangandan so‘ng yozuvlar va alohida shartli belgilar fototo‘plami uchun nomlar ko‘chirmasi tayyorlanadi. Xarita originalini tuzish jarayonida xaritaning yondosh varoqlari bilan navbatchi materiallar bo‘yicha tuzatishlar va shu rayinga oldin nashr etilgan xarita bilan tuziladigan xarita varog‘ini muvofiqlashtirish ishlari bajariladi. Tuzishga tayyorgarlik va tuzish originali yaratish jarayonida xarita formulyari yuritiladi.
Tuzishning yakuniy bosqichi xarita originali va unga barcha ilovalar korrektura va tahiriry tekshirishdan o‘tadi. Tuzatilgan originallar texnik nazorat bo‘limiga qabul qilinadi.
Tuzish originalini tayyorlashda topshiriladigan materiallar komplektiga tuzish originali, yozuvlar to‘plami uchun nomlar ro‘yxati, xarita varog‘iga formulyar kiradi. Bu materiallar bilan birga originallari topshirishda foydalanilgan asosiy va qo‘shimcha kartografik materiallar, shuningdek agar yaratilgan bo‘lsa oraliq originallar ham taqdim etiladi.
Obzor-topografik xaritalarni tuzish texnologiyasi umuman yuqorida keltirilgan texnologik sxema bo‘yicha amalga oshiriladi, biroq ularning mazmuni va jihozlanishidan kelib chiqib o‘ziga xoslikka ega. 1:200 000 masshtabli xarita originalini yaratish texnologik jarayoni xususiyati shundaki, qo‘chimcha maxsus mazmun originali yaratiladi va joy haqida qisqach ma’lumotnoma tuziladi. Ushbu original tegishli elementlarni tuzish jarayonida tuzish originaliga tushiriladigan suv chegaralari va ajratiladigan yo‘l to‘ri obyektlari tavsifini o‘ ichiga oladi. Bunday tavsiflarga, eng avvalo, avtomobil yo‘llari raqamlari, kilometrlarda punktlar orasidagi masofa, tunnellar tavsifi va yo‘llar qoplamasi, daryolar, ko‘priklar va h.k.lar tavsifi kiradi.
1:500 000 va 1:1 000 000 masshtabli xaritalarni yaratishda texnologiyaning o‘ziga xosligi yirikroq masshtabdagi topografik xaritalarni tuzishda tayyorlanmaydigan qo‘shimcha originallarni yaratish hisoblanadi. Ularga, eng avvalo, quyidagilar kiritiladi:

  • shosse yo‘llari, aholisi 50 000 va undan ortiq shaharlar kvartallari bo‘yoqlari originali hamda avtostradalar polotnosi (apelsin rangda);

  • ikkinchi plan aholi punktlari yozuvlari originali (zaytun-kulrang);

  • binafsha rangda chop etiladigan chegaralar to‘ri va aeronavigatsiya ma’lumotlari originali.

Shu bilan birga, qo‘shimcha tarzda quruqlik relyefi va muzlklar otmivkasi, shuningdek gipsometrik bo‘yash maketi yaratiladi. Bu masshtabdagi xaritalarni yaratish texnologiyasida aholi punktlarida aholi sonini tasvirlash uchun konturlar to‘ri va shosse yo‘llarini bo‘yashdan foydalanish ko‘zda tutiladi.
Topografik xaritalarni yangilash texnologik sxemasini tanlash, asosan, yangilashning qabul qilingan usuliga bog‘liq. Aerokosmosuratlar va instrumental metodlar bo‘yicha xaritalarni yaratishning texnologik sxemasi “Dala kartografiyasi” kursida o‘rganiladi.
Birinchi variantda tayyorlangan originallar bo‘yicha oldin chop etilgan tuzish originallarni tuzatish orqali xaritalarni yangilash ko‘zda tutiladi. Yangilashning bu turi konturlar va relyefning 20-25 % dan ortiq bo‘lmagan o‘zgarishlarida amalga oshiriladi.
Ikkinchi variant – bu xaritalarni tuzish originallari abris nusxalarini tuzatish orqali yangilashdir. Ushbu yangilash turi konturlar va relyefning 25-40 % o‘zgarishlarida amalga oshiriladi.
Mavzu bo’yicha savollar:

  1. Xaritalarni yangilash deganda nimani tushunasiz?

  2. Xaritalarni yangilashning ahamiyati nimada?

  3. Xaritalarni yangilash qanday usullarda amalga oshiriladi?

  4. Yangilash jarayonining texnologik sxemasi qanday?

  5. Topografik xaritalarni yangilashda e’tiborli jihatlar nimalardan iborat>

  6. Obzor-topografik xaritalar qanday yangilanadi?

Download 48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling