5-mavzu. Topografik va obzor-topografik xaritalarni yangilash reja


Download 48 Kb.
bet2/3
Sana01.04.2023
Hajmi48 Kb.
#1315433
1   2   3
Bog'liq
5-MAVZU. TOPOGRAFIK VA OBZOR-TOPOGRAFIK XARITALARNI YANGILASH

2. Yangilash tizimi va metodlari
Hozirgi paytda kartografik ishlab chiqarishda xaritalarni yangilashning ikki asosiy tizimi amal qiladi: davriy (siklik) va uzluksiz. Bundan tashqari, yangilashning operativ tizimidan ham foydalaniladi.
Davriy (siklik) tizim. Mazkur tizimda xaritalar ularning tabiiy eskirishi bo‘yicha ma’lum vaqt intervali orqali yangilanadi. Bu davr davomiyligi joyning o‘zgarish intensivligi, xarita masshtabi, rayonning iqtisodiy ahamiyati kabi omillar bilan bog‘liq. Yangilash davri 6 yildan 15 yilgacha o‘zgaradi. Eng muhim, aholi zich rayonlarda yangilash har 6-8 yilda, qolganlarida 10-15 yilda amalga oshiriladi. Bunda landshaftning ijtimoiy-iqtisodiy elementlari tabiiy elementlarga nisbatan tezroq o‘zgaradi. Tabiiy elementlardan eng dinamiklari daryo va o‘simlik qoplami, eng kam o‘zgaradigani relyefdir.
Yangilashning uzluksiz tizimi. Bu tizim dengiz navigatsiya xaritalari uchun xos, shuningdek alohida muhim rayonlarni yangilash uchun ham qo‘llaniladi. Navigatsiya xaritalarini yangilashda u navigatsion sharoitning uzluksiz o‘zgarishini tasvirlash imkonini beradi. Uzluksiz yangilash bajarilganda joy o‘zgarishlari haqidagi axborotni olish tizimi tashkil etiladi, bu o‘zgarishlar tegishli originallarda (navbatchi materiallarda) aks etadi. Joy va obyektlar tavsifida yetarli miqdordagi o‘zgarishlar aniqlanganda xarita varoqlari qayta nashr etiladi.
Xaritalarni operativ yangilashda bevosita xaritalar tiraj ottisklariga chop etish yo‘li bilan joydagi muhim o‘zgarishlar kiritiladi. Bunda xarita varoqlarining nashr originallari tuzatilmaydi va xaritalar qayta nashr etilmaydi.
Topografik xaritalarni operativ tuzatish uchun joy o‘zgarishlari haqidagi ma’lumotlar manbai bo‘lib aerofotosuratlar, kosmofotosuratlar, yirik masshtabli idoraviy kartografik materiallar, dala tadqiqotlari materiallari, loyiha tashkilotlarining navbatchi kartografik hujjatlari hamda joy haqidagi axborot bo‘lgan boshqa grafik va matnli materiallar xizmat qiladi.
Hozirgi vaqtda kartografik-geodezik ishlab chiqarishda xaritalarni yangilashning 3 ta asosiy usuli amal qiladi:

  • xaritaga bevosita dalada instrumental syomka yordamida tuzatishlar kiritish;

  • aero- va kosmosuratlar (fotoplanlar) bo‘yicha keyinchalik dala tadqiqotlari yoki ularsiz kameral tuzatish;

  • yirikroq masshtabdagi kartmateriallar bo‘yicha tuzatish.

1:100 000 va unda yirik masshtabli topografik xaritalarni yangilash asosida yirikroq masshtabli kartografik materiallar bo‘yicha tuzatish metodi yotadi.
Instrumental syomka yordamida originalni tuzatish faqat oxirgi ikki metoddan foydalanish mumkin bo‘lmaganda amalga oshiriladi.
Aerofotosuratlar bo‘yicha yangilash. Konturlar va relyefning o‘zgarish darajasi, o‘zgarish kiritganda tayanch sifatida foydalaniladigan kontur nuqtalarni saqlash darajasi o‘rnatiladi. Planli-balandlik to‘rlarini fotogrammetrik zichlashtirishni bajarish zarurligi to‘g‘risidagi, yangilash texnologiyasini tanlash to‘g‘risidagi masala hal etiladi.
Aerofotosuratlar bo‘yicha xaritalarni yangilash alohida o‘zgartirilgan suratlar fotoplanlaridan foydalanib amalga oshiriladi. bunda eng muhim masalalar quyidagilar: aerofotosuratlar bo‘yicha o‘zgarishlarni o‘rnatish, o‘zgarish uchastkalarida suratlarni ishonchli deshifrovkalash, originallarga va originalli nusxalarga o‘zgarishlarni tushirish.
1:200 000 va undan mayda masshtabli xaritalarni yangilashda kosmik suratlardan foydalanish mumkin.
Xaritalarni kartografik materiallar bo‘yicha yangilashda birlamchi xaritalar yangilanish originallari yoki yirikroq masshtabdagi yondosh xaritalar, shuningdek joy haqida yangi ma’lumotlar bor va yangilash rayonini to‘liq yoki qisman qoplovchi yirikroq masshtabdagi boshqa kartografik materiallardan foydalaniladi.
Alohida hollarda xaritalarni yangilash uchun ayrim har xil kartografik materiallardan foydalaniladi. Masalan, biri aholi punktlari va yo‘l to‘rini yangilash uchun, ikkinchisi - o‘simlik qoplami, uchinchisi – geografik obyektlar nomlarini tuzatish uchun.
Har bir aniq rayon uchun xaritalarni yangilash bo‘yicha texnologiya va ishlarni tashkil etish xarita planli-balandlik asosini, uni yaratgandan keyingi joydagi o‘zgarishlarni puxta tahlil qilish asosida, shuningdek yangilanadigan xarita boshlang‘ich materiallarini (mikronusxalar nashr originallari va h.k.) tahlil qilish asosida o‘rnatiladi.
Xaritalarni yangilash texnologiyasini tanlashda yangilanadigan xaritaning zamonaviylik darajasi, nashr originallari nusxalari mavjudligi va turi hamda xaritani jihozlash zamonaviyligi hisobga olinadi. Tanlangan texnologiya xaritani yangilashda mazmunining talab qilingan aniqligi va to‘liqligini saqlaydigan zamonaviy metod va texnik vositalarning barchasidan maksimal foydalanishni ko‘zda tutishi lozim.
Umumiy shaklda topografik xaritalarni kartografik materiallar bo‘yicha yangilash texnologiyasi quyidagi asosiy ish turlarini o‘z ichiga oladi:

  • yangilash uchun materiallarni to‘plash, tahlil qilish va sifatini baholash;

  • yangilanadigan xarita aniqligini tekshirish;

  • joydagi o‘zgarishlarni tahlil qilish va tahririy-texnik ko‘rsatmalarni qayta ishlash orqali xaritaning eskirganlik darajasini aniqlash;

  • xarita originallarini tuzatish va ularni nashrga tayyorlash.

Xarita varoqlarini yangilash bo‘yicha ishlarni bajarishda ularni tuzish va nashrga tayyorlashdagi materiallar, instrumentlar, asboblar va texnologik jarayonlar qo‘llaniladi. Kartografik materiallar bo‘yicha xaritalarni yangilashdagi tahririy-tayyorgarlik ishlari natijasida tahririy (tahririy-texnik) ko‘rsatmalar hamda ish rayonini boshlang‘ich materiallar bilan ta’minlash sxemasi tuziladi.
Xaritalarni yangilash jarayoni quyidagicha ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

  • yangilanadigan xarita nashr originallari va boshqa materiallarni foydalanishga tayyorlash;

  • yangilash amalga oshiriladigan kartografik materiallarni foydalanishga tayyorlash;

  • joydagi o‘zgarishlarni aniqlash va ularni kartografik materiallardan nashr originalining abris nusxasiga ko‘chirish (yangilash originalini yaratish);

  • yangilanadigan xarita originalini nashrga tayyorlash.

Oxirgi ikki operatsiya birlashtirilishi mumkin.
Xaritani yangilash nashr originallarida yoki shaffof asosdagi muntazam saqlanadigan diapozitivlarda amalga oshirilishi mumkin. Yangilash o‘tkaziladigan original yoki muntazam saqlanadigan diapozitiv yangilash originali deb ataladi. Kiritiladigan o‘zgarishlar miqdori va xarakteriga bog‘liq holda yangilash originallari tuzish yoki nashr originallari sifatida qaralishi mumkin.
Yangilash originallarini jihozlash quyidagi tarzda o‘tkaziladi:

  • yangi paydo bo‘lgan va o‘zgargan mazmun elementlari tuzish originallarida qabul qilingan ranglarda chiziladi, yo‘q bo‘lgan elementlar esa asosning yuz tomonidan olib tashlanadi;

  • o‘simlik qoplami va gruntlar konturida o‘zgarish bo‘lganda butun kontur qayta chiziladi;

  • aholi punktlari va boshqa pbyektlar nomlari yozuvlarida o‘zgarishlar katta bo‘lganda yangi yozuvlar joylashtiriladigan plastikada yozuvlar alohida originali tayyorlanadi;

  • o‘simlik qoplami va gruntlar, suv havzalari, aholi punktlari kvartallari tasviri hamda shosse va yaxshilangan grunt yo‘llari shartli belgilari tuzish originali uchun qabul qilingan ranglar bilan faqat o‘zgargan joylari bo‘yaladi.

Qolgan barcha jihatlarda kartografik materiallar bo‘yicha xaritalarni yangilash ular originallarini tuzishdagi kabi bajariladi.

Download 48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling