Dvigatelni ishlashimobaynida quyidagi jarayonlar, ya’ni, oldindan tayyorlangan yoqilg‘i aralashmasini (benzin va gaz bilan ishlaydigan dvigatellarda) yoki alohida toza havo va dizel yoqilg‘isini (dizel dvigatelida) ssilindr ichiga kiritish, unisiqish, yondirish va chiqarish jarayonlari ketma-ket amalga amalga oshiriladi.
Kiritish jarayoni – tirsakli val aylanganda porshen pastga xarakatlanadi, shu bilan bir paytda kiritish klapani ochilib,ssilindr ichiga yoqilg‘i aralashmasi yoki toza havo suriladi.
Siqish jarayoni – porshen yuqoriga xarakat qilganda kiritish va chiqarish klapanlari berkitiladi va yoqilg‘i aralashmasi (benzinli dvigatelda 6-8, dizel dvigatelida 14-18 martagacha) siqiladi.
YOnish jarayoni – porshen yuqori chekka nuqtaga etganda benzinli dvegatelda siqilgan yoqilg‘i aralashmasi elektr uchquni yordamida yondiriladi, dizel dvigatelida siqilgan va qizigan havoga yoqilg‘i purkaladi va u o‘z-o‘zidan yonadi.YOqilg‘ini yonishi natijasida hosil bo‘lgan yuqori bosimli gaz porshenni pastga harakatlantiradi, bu yonish jarayoni pastki chekka nuqtagacha davom etadi.
CHiqarish jarayoni – porshen yuqoriga xarakatlanganda chiqarish klapani ochiladi va yonishdan hosil bo‘lgan gazlar tashqariga chiqariladi.
5.2. Dvigatelning asosiy mexanizm va tizimlari
Dvigatelni to‘xtovsiz bir maromda ishlashini ta’minlash uchun u o‘zaro kelishilgan holda nihoyatda yuqori aniqlikda ishlaydigan 2 ta mexanizm va 5 ta tizim bilan ta’minlangan.
Krivoship shatun mexanizmi–yoqilg‘i aralashmasini yonishi natijasida hosil bo‘lgan bosim ta’sirida shakllangan porshinning ilgarilanma-qaytma chiziqli harakatini tirsakli valning aylanma xarakatiga aylantirib beradi.
Gaz taqsimlash mexanizmi – ishchi aralashmani kerakli paytda ssilindrga kiritish va ishlab bo‘lgan gazni tashqariga chiqarib yuborishga xizmat qiladi.
Ta’minlash tizimi – dvigatelni turli rejimda ishlaganda ishchi aralashma va toza havo bilan tejamkor ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |