5-mavzu. Yo`l xo`jaligida tannarx. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi Reja
Download 286.67 Kb. Pdf ko'rish
|
5-mavzu
5-mavzu. Yo`l xo`jaligida tannarx. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi Reja: 1. Yo`l xo`jaligida tannarx. 2. Qurilish mahsulotlariga shartnomaviy joriy narlarni belgilashda daromadning darajasini aniqlanishi. 3. Avtomobil yo`llarini qurish va ta’mirlash ishlarida tannarxni pasaytirishning asosiy yo` 5.1.Tannarxni aniqlash. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi Tаnnаrх – korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish uchun pul shaklida ifоdalаnuvchi iqtisodiy kategoriyasidir. Tаnnаrх – bu аniq korxona sharoitida ishlab chiqаrilgan mahsulot qiymаtining asoslangan qismi. U hаr bir korxonada mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish nimаga to‘g‘ri kеlishini ko‘rsаtаdi. Mahsulot ishlab chiqarishga mа’lum miqdоrda ishlab chiqarish mаblаg‘i va ishchilarning jonli mehnati sаrflаnаdi. Ishlab chiqarishga sаrflаngan mаblаg‘ korxonaning urug‘lik, yoqilg‘i, o‘g‘itlar, elеktr quvvati, asosiy vositalar ko‘rinishida sаrflаngan va uning vositalarida moddiylаshtirilgan mehnatni ko‘rsаtаdi. Jonli mehnat hаqiqiy to‘lоv bo‘yicha hisоbga оlinаdi.. TANNARX, mahsulot tannarxi — korxonaning mahsulot ishlab chiqarish. va uni sotish hamda ishlar bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish uchun qilgan jami joriy xarajatlarining pul shaklidagi ifodasi. Tovar ishlab chiqarishda Tannarxning muhim elementlari — chetdan olinadigan xom ashyo, asosiy materiallar, elektr energiya resurelari chiqimlari; asosiy va kushimcha ish haqi; ijtimoiy sug’urta ajratmalari; amortizatsiya ajratmalari va boshqa sarf- xarajatlar. Tannarxga yuqorida sanab o’tilgan bevosita ishlab chiqarish. jarayonlari bilan bog’liq xarajatlardan tashqari noishlab chiqarish chiqimlari: idishlarga, mahsulotlarni o’rash joylash va jo’natishga qilingan xarajatlar; mahsulotni sotish bilan bog’liq chiqimlar; ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari, reklama va boshqa ishlar uchun sarflanadigan xarajatlar ham kiradi. Narxlar o’zgarmagan hollarda mahsulot Tannarxini kamaytirishga erishish korxona uchun kushimcha fonda manbaiga aylanadi. Qo’shimcha foyda esa mahsulotni sotishdan olingan tushumdan korxonaning mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun sarflagan xarajatlari summasi ayirmasiga tengdir. Narxlanish (narx shakllanishi) tizimi mamlakat bozor iqtisodiyotining zaruriy vositasi sanaladi. Yo`l xo`jaligida narxlarning shakllanishi asosida narxlar bo`yicha yagona umumdavlat siyosati yotadi va uning asl mohiyati korxona (tarmoq) xarajatlarini qoplash, foydaning shakllanishi, ishlab chiqarishning rivojlanishini rag`batlantirish va ishlovchilarning o`z mehnatlarining natijalaridan manfaatdor bo`lishlarini ta’minlashga birdek yondashishni taqozo etadi. Mahsulotlarning narxi shunday belgilanishi kerakki, yo`l xo`jaligining mo`’tadil ishlayotgan korxonasi uni realizasiya qilganidan so`ng mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan ijtimoiy xarajatlarni qoplash, davlat budjeti yoki yuqori organlarda zaruriy to`lovlarni to`lash va undan tashqari o`zining rivojlanishi uchun mablag`ga ega bo`lish imkoniyatiga ega bo`lsin. Narxlarda mahsulotning iste’mol xususiyatlari, uning sifati va foydaliligi hisobga olinadi. Iqtisodiy nazariyada narxlar shakllanishiga bir necha xil qarashlar mavjud. Kapital qurilishda «o`rtacha qiymat» tushunchasi qabul qilingan bo`lib, unga ko`ra narx o`rtacha tarmoq qiymatiga (ijtimoiy zaruriy xarajatlar), tannarxiga proporsional bo`lgan «rejalashtirilgan jamg`armalar» deb ataluvchi sof daromadni qo`shib hisoblash asosida aniqlanadi. Amalda tannarx ijtimoiy zaruriy xarajatlar miqdoridan bir qator omillar ta’sirida boshqacha bo`ladi va ularning ko`rsatadigan ta’siri korxona rejasining shakllantirishda hisobga olinadi. Download 286.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling