5-mavzu. Yo`l xo`jaligida tannarx. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi Reja
Ishlab chiqarish xarajatlari turlari. Qisqa va uzoq davrda
Download 286.67 Kb. Pdf ko'rish
|
5-mavzu
5.1.2.
Ishlab chiqarish xarajatlari turlari. Qisqa va uzoq davrda ishlab chiqarish xarajatlarining o`zgarish tamoyillari. Yo`l xo`jaligida ham o`rtacha qiymat tushunchasi qabul qilingan. Narx vazifasini smeta qiymati ifoda etadi. Smeta bu ob’ektni qurishga yoki ta’mirlashga bo`ladigan barcha xarajatlarning hisob- kitobini tasvirlaydi. Yo`l xo`jaligida qabul qilingan narxlarning shakllanish uslubi boshqa tarmoqlardan farq qiluvchi qator muhim xususiyatlarni hisobga oladi, shu jumladan: -qurilish ob’ekti joylashgan yerdagi iqtisodiy-geografik va transport omillarining avvaldanoq aniq bo`lishligi; -qo`llaniladigan hajm-tyokislash, konstruktiv va texnologik qarorlarning mahalliy qurilish sharoitiga nihoyatda bog`liqligi; -quriladigan ob’ektlarning liniyaviy harakterdaligi; -ishlarni amalga oshirishda mahalliy qurilish materiallari, ishlab chiqarish chiqindilari va ikkilamchi resurslarning keng qo`llanilishi; -yo`l qurilishi va ta’mirlash ishlarining umumiy hajmida transport ishlari salmog`ining yuqoriligi, materiallar va konstruksiyalar tashilish masofasi ularning qiymatiga ta’sirini katta bo`lishi. Narxlarning shakllanish jarayoni o`z ichiga uchta bosqichni oladi: -texnik iqtisodiy asoslash va texnik iqtisodiy ishlab chiqarish, ya’ni loyihalashni boshlashdan avvalgi bosqichda, limit narxlarni aniqlash; -loyihani ishlab chiqarishda qurilishning yoki rekonstruksiya qilishning smeta qiymatlarini hisoblab chiqish; -buyurtmachi, pudratchi va loyiha tashkilotlari o`zaro kelishgan holda shartnomaviy narxlarni belgilab olish. Davlat buyurtmasiga ko`ra amalga oshiriladigan qurilishlar (masalan, umumdavlat va respublika ahamiyatiga ega bo`lgan yo`llar) bo`yicha limit narxlari majburiy ravishda aniqlab chiqiladi. Limit narxlari topshiriqda loyihalashtirishda ko`zda tutilgan inshootlar uchun ularning texnik va iqtisodiy parametrlari mos keluvchi normativ rolini bajaradi. Limit narxlari darajasi kapital mablag`lar sarfining qoplanish muddatlari normativlaridan kelib chiqilgan holda aniqlanishi kerak. SHu sababli limit narxlari loyihalashtirish va qurilish jarayoni uchun kapital mablag`lar sarfining chegarasini belgilaydi va uning miqdori shundan ortib ketmasligi kerak. Limit narxlarining ortib ketishi tasarrufga topshirilayotgan ob’ektlar bo`yicha kapital mablag`lar samaradorligi loyihalashtirish oldi bosqichida hisoblangandan ko`ra past bo`lishligini bildiradi. Smeta qiymati loyihalashtirish jarayonida qabul qilingan muxandislik yechimlari asosida belgilanadi va loyiha tarkibida tasdiqlanadi. Bunda uning qiymati tasdiqlangan ro`yxat bo`yicha besh yillik muddatga yangidan qurilishi boshlanadigan va rekonstruksiya qilinishi texnik- iqtisodiy asoslanishiga to`g`ri kelishi yoki undan past bo`lishi kerak. SHartnomaviy narx - qurilish va yo`l xo`jaligida tovar-pul munosabatlarining butunlay yangicha bo`lgan kategoriyasidir. SHartnomaviy narxning yuqori chegarasi ob’ekt qurilishi yoki rekonstruksiyasining limit narxi bo`lsa, pastki chegarasi pudratchining xo`jalik hisobi manfaatlarini hisobga oluvchi loyihalashtirish bosqichida aniqlangan smeta qiymatidir. qurilishda (shu jumladan yo`l qurilishida), hamda yo`l xo`jaligida narx shakllanishining markaziy masalasi loyihani ishlab chiqishda hisoblanadigan smeta qiymati sanaladi, chunki huddi shu smeta qiymati qurilishda shartnomaviy narxlarni aniqlash uchu nasos bo`lib xizmat qiladi. Smeta xizmatini aniqlash uchun loyiha tarkibida smeta hujjatlari deb ataluvchi hisob-kitob va hujjatlar majmui ishlab chiqiladi. Loyiha tarkibida ishlab chiqiladigan (qurilish va texnologik yechimlar, qurilishni tashkil etish, smeta hujjatlari), barcha hujjatlar majmui birgalikda loyiha-smeta hujjatlari deb ataladi. To`g`ri tuzib chiqilgan, pudratchi tomonidan qabul qilingan va belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta hujjatlari butun qurilish davri uchun o`zgarmas bo`lib, qurilish yoki yo`l ob’ekti ta’mirlanishiga ajratilgan mablag`larning to`g`ri sarflanishi ustidan nazorat olib borish vositasi bo`lib xizmat qiladi. Smetalarda ko`zda tutilgan avtomobil yo`llari, ko`priklar, yo`l inshootlari qurilishi bilan bog`liq bo`lgan barcha xarajatlar qurilishning umumiy smeta qiymatini aks ettiradi (zarur bo`lgan umumiy kapital mablag`lar sarfini). Umumiy smeta qiymatini alohida xarajat turlariga ajratib chiqish va ularning umumiy smeta qiymatidagi salmog`ini foizlarda aniqlashga, qurilish smeta qiymatining strukturasi (tarkibiy tuzilishi) deyiladi. Kapital mablag`ning strukturasiga muvofiq ravishda qurilishning smeta qiymati tarkibi qurilish ishlariga (er polotnosini tayyorlash, tayyorgarchilik ishlari, sun’iy inshootlar, yo`l qoplamasi, yo`l xizmatining bino va inshootlari, yo`llarni obodonlashtirish va boshqalar), texnologik uskunalarni sotib olishga, qurilayotgan ob’ekt uchun inventar va asbob-uskunalar sotib olishga, montaj ishlariga, boshqa xarajatlarga (loyiha-izlanish ishlari, qurilishni texnik nazorat qilish, ilmiy-tekshirish ishlari, harakatlanuvchi harakterdagi ish uchun ish haqiga qo`shimcha to`lovlar va hokazo) ajratiladi. Qurilish smeta qiymatining strukturasi asosan qurilayotgan ob’ektning turi va vazifasiga bog`liq. Sanoat qurilishida ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi ob’ektlarni tiklashda qurilish-montaj ishlarining salmog`i 40-55 foizni, ishlab chiqarishga xizmat qilmaydigan ob’ektlarda 75-90 foizni tashkil etadi. Yo`l xo`jaligida esa asosiy o`rinni qurilish-montaj ishlari egallab, uning qurilishning umumiy smeta qiymatidagi salmog`i 90 foizga yaqin bo`ladi. Har qanday turdagi ishlarni bajarish yoki har qanday konstruktiv elementni tiklashda smeta xarajatlari iqtisodiy mohiyatiga ko`ra smeta xarajatlari guruhini tashkil etuvchi kompleks kalkuliyasion moddalarga birlashtiriladi. Kalkuliyasion moddalar qurilishda smeta hisob- kitoblarini bajarish bo`yicha qabul qilingan yagona uslubiyotga muvofiq aniqlanadi. Download 286.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling