5-mavzu. Yo`l xo`jaligida tannarx. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi Reja


Download 286.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana03.02.2023
Hajmi286.67 Kb.
#1156958
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-mavzu

Ustama xarajatlar - bu qurilishni tashkil etish, boshqarish va xizmat ko`rsatish xarajatlaridan 
iborat bo`lib, to`rt guruhdan tashkil topadi: ma’muriy xo`jalik, ishlovchilarga xizmat ko`rsatish, 
ishlarni bajarishni tashkil etish va boshqa xarajatlar. Ustama xarajatlarni u yoki bu turdagi ishning 
bir – birligiga nisbatan hisoblab bo`lmaydi, chunki ular butun qurilish tashkilotiga tegishlidir. SHu 
sababli ularni to`g`ridan – to`g`ri xarajatlarning har bir so`miga bir tyokisda taqsimlanadi va 
smetalarda belgilangan me’yorlarga muvofiq aniqlanadi. Ustama xarajatlarning me’yorlari 
qurilish tashkilotining qaysi idoraga tegishliligi va ish turiga bog`liq bo`ladi. Ustama 


xarajatlarning me’yorlari vazirliklar, idoralar va respulikalar bo`yicha differensiyalangan. 
Texnika taraqqiyotining o`sib borishi munosabati bilan ustama xarajatlarning me’yorlari vaqti – 
vaqti bilan qayta ko`rib chiqiladi, chunki ular qurilishning mexanizasiyalashish va 
industrializasiya darajasiga, qo`llanaladigan qo`l mehnatining ulushiga, qurilish tashkilotlarining 
quvvati va strukturasiga, qurilish materiallari narxlariga hamda tashish, elektroenergiya 
tariflarining o`zgarishiga bog`liq bo`ladi. 
Rasm.5.1. Avtomobil yo`llarining qurilish, qayta ta’mirlash va ta’mirlash ishlarining tannarxi 


Rasm.5.2. Yo`l xo`jaligida ish va xizmatlarning harajatlari 

5.1.4. Sarf - xarajatlarni hisobga olish xususiyatlari va daromadning shakllanishi. 
Korxona faoliyatining moliyaviy natijalari daromadning quyidagi ko`rsatkichlarda 
ifodalanadi : 

Maxsulot sotishdan keladigan yalpi daromad. U sotishdan kelgan sof foyda va sotilgan 
maxsulotning tannarxi orasidagi farq sifatida aniqlanadi . 
PVal =CHReal - SReal 

Asosiy faoliyatdan keladigan daromad (yoki foyda) yoki zararni maxsulot sotish va vaqt 
xarajatlardan ayirish yoki qo`shish orqali aniqlanadigan asosiy faoliyat daromadi : 
Posn.d.+ Pval - Rasx.peryu + Pr.dox. -Pr.Ub. 

Algebraik daromad yig`indisi: asosiy faoliyat daromadiga divident va foizni qo`shish. 
CHet yel valyutalari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalaridan keladigan foyda yoki zararlarni 
qo`shish yoki ayirish, investisiyalarni qimmatli qog`ozlarga aylantirishdan zarar yoki foydadan 
foizlar bo`yicha sarf - xarajatlarni ayirish umumxo`jalik faoliyatidan foyda yoki zararni hisoblaydi 

Pob.D =Posn.D+Dox.Div+Dox.Pros.+/- In.Val.+/- Pereos. -Rasx.Pros. 

Soliq to`laguncha bo`lgan foyda. U umumxo`jalik faoliyat daromadi va favqulotda 
daromad va zararlarning algebraik yig`ndisi kabi hisoblanadi .


PND = Pob.D.+/-CHrezv.Pr.Ub. 

Yilning sof foydasi. U soliq to`langandan keyin korxona tasarrufida qolgan qismdir. Soliq 
to`langunga qadar daromadga yoki qo`shimchaga hisoblangan daromaddan boshqa yerda nazarda 
tutilmagan soliq va to`lovlarni ayirmasidir .
PCH= PND – foyda solig`i – boshqa soliqlar. 

Download 286.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling