5-mavzu. Yo`l xo`jaligida tannarx. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi Reja
Tug`ri va ustama xarajatlar va ularni turlari
Download 286,67 Kb. Pdf ko'rish
|
5-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- To`g`ridan-to`g`ri xarajatlar
5.1.3. Tug`ri va ustama xarajatlar va ularni turlari
Smeta xarajatlarini guruhlashtirish ularni quyidagi moddalarga ajratilishini ko`zda tutadi: to`g`ridan-to`g`ri xarajatlar, (TX) ustama xarajatlar(UX) va rejalashtiriladigan jamlanmalar (RJ) S kmi qTX+UX+RJ. Har qanday ob’ektning smeta qiymati alohida konstruktiv elementlar va ish turlari qiymatidan tashqari o`z tarkibiga limitlangan xarajatlar deb ataluvchi vaqtinchalik binolar va inshootlar, boshqa ishlar va ko`zda tutilmagan ishlar uchun xarajatlarni ham oladi. Avtomobil yo`lini qurishning to`liq smeta qiymati alohida konstruktiv elementlar bo`yicha smeta qiymatlarini qo`shib topiladi (er polotnosi, yo`l qoplamasi, sun’iy inshootlar, yo`llarni jihozlash va limitlangan xarajatlar). To`g`ridan-to`g`ri xarajatlar deb - ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish, qurilish ishlab chiqarishi texnologiyasi bilan bevosita bog`liq bo`lgan xarajatlarga aytiladi. Ularning to`g`ridan- to`g`ri deb atalishiga sabab, ularni konkret ish turi bo`yicha amaldagi smeta me’yorlari va narxlar asosida aniqlash hamda bir-birlik ishga nisbatan taqsimlab qiymatini topish mumkin. To`g`ridan- to`g`ri xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi: -qurilish maydoni hududida qurilish-montaj ishlari bilan mashg`ul bo`lgan ishchilarning asosiy ish haqlari. Ishchilarning qo`shimcha ish haqlariga (ta’til haqlari, kompensasiyalar, nafaqalar to`lovi) bo`ladigan xarajatlar ustama xarajatlar tarkibida hisobga olinadi. Ishchilarning asosiy ish haklariga xizmat ko`rsatuvchi xo`jaliklar va yordamchi ishlab chiqarish ishchilarining, hamda qurilish, yo`l mashinalari va transport vositalarini boshqarish bilan shug`ullanuvchi ishchi mexanizatorlarning ish haqlari qo`shilmaydi; -materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va yarimfabrikatlarning qiymatlari. Yo`l qurilishida ishlatiladigan barcha materiallar ikki guruhga bo`linadi: chetdan keltiriladigan va mahalliy materiallar. Hududiy ta’minot organlari orqali yo`l xo`jaligi qurilishlariga yetkazib beriladigan materiallar asosan chetdan keltiriladigan materiallardir. Ular qatoriga bitum, sement, yog`och materiallar, asidol, metall va boshqalar kiradi. Qurilish materiallari sanoati korxonalarida, qurilish industriyasidan, baza va mahalliy tosh materiallari karerlaridan, yo`l xo`jaligining yordamchi korxonalaridan keltiriladigan materiallar – mahalliy materiallar sanaladi. Mahalliy materiallar qatoriga qum, sheben, shag`al, asfalt–beton va temir – beton aralashmalari konstruksiyalar va boshqalar kiradi. To`g`ridan – to`g`ri xarajatlarda barcha materiallar qurilishning ob’ekt oldi franko omborxonasi narxlarida hisobga olinadi, ya’ni u narxlar ulgurji sotilish narxlari, sotish tanlash tashkilotlarning ustamalari, tara va rekvizitlari narxi, materiallarni ob’ektoldi omborxonalarigacha yetkazib kelish uchun bo`lgan transport xarajatlari, tayyorgarchilik – ombor xarajatlari yig`indisidan iborat bo`ladi. Qurilish va yo`l mashinalarini, transport vositalarini tasarrufiga bo`ladigan xarajatlar mashina va mexanizmlarni qurilish maydoniga yetkazib kelish, ularni bir ob’ektdan boshqa ob’ektga ko`chirish, montaj va demontaj qilish, amartizasiya ajratmalari, ta’mirlash xarajatlari, ishchi – mexanizatorlarining ish haqlari, yonilg`i – moylash materiallariga va elektr energiyaga xarajatlardan tashkil topadi. Qabul qilingan ish o`lchamiga (100m 2 ga, 100m 3 ga 1m 3 ga, 1m 2 ga) to`g`ri keladigan to`g`ridan – to`g`ri harjatlar miqdori birlik qiymati deb ataladi. Bunday smeta hisob – kitoblarning ob’ekti, loyihalarda ko`zda tutilgan, konstruktiv elementlari va ish turlari bo`yicha ish hajmini birlik qiymatiga ko`paytirib aniqlanadigan to`g`ridan – to`g`ri xarajatlar sanaladi. Download 286,67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling