5-mavzu. Yo`l xo`jaligida tannarx. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi Reja
Avtomobil yo`llarini qurish va ta’mirlashda ishlar tannarxini pasaytirishning asosiy
Download 286.67 Kb. Pdf ko'rish
|
5-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollar
5.5. Avtomobil yo`llarini qurish va ta’mirlashda ishlar tannarxini pasaytirishning asosiy
yo`nalishlari Avtomobil yo`llarini qurish va ta’mirlash qiymatini pasaytirish rejalashtirish, loyihalashtirish, qurilish materiallari ishlab chiqarish va qurilish-montaj ishlarini yaxshiroq bajarish hisobiga erishiladi. Smeta qiymatini pasaytirishga quyidagilar hisobiga erishiladi: -rejalashtirish bosqichida – qurilishning ishlab chiqarish bazasini hudud bo`yicha rasional joylashtirish va ishlab chiqarish quvvatlarini optimal belgilab olish, ishlab chiqarishni konsentrasiyalashtirish, ishlab chiqarishning bo`limlarini bir maromda ishlashini ta’minlash; -loyihalashtirishda – hajmiy-rejaviy va konstruktiv jihatdan eng maqsadga muvofiq yechimlarni tanlash. Avtomobil yo`llarini qurish va ta’mirlash ishlarining tannarxini pasaytirishni ta’minlovchilar: -rejalashtiruvchi organlar – qurilishni rasional joylashtirish va konsentrasiyalashtirish; qurilish ob’ektlarini rasional tanlash; qurilishning muddatlari va moliyalashtirishni yillar bo`yicha optimal taqsimlanishini belgilash orqali; -yo`l quruvchi va yo`l ta’mirlovchi tashkilotlar – samaraliroq ishlab chiqarish faoliyati hisobiga ishlarning tannarxini pasaytirish orqali amalga oshiradilar. Qurilish-montaj ishlari tannarxini rejalashtirishning asosiy vazifalari ishlar tannarxini pasaytirishning mavjud bo`lgan real imkoniyatlarini izlab topish, yo`l qurilish va ta’mirlash qurilish tashkilotlariga tannarxni pasaytirish bo`yicha to`g`ri topshiriqlarni to`g`ri belgilash va bu topshiriqlarni bajarishning muayyan yo`llarini aniqlashdan iborat. Tannarxni pasaytirish bo`yicha topshiriqlar foyda rejasiga muvofiq ravishda bevosita qurilish tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi. Tannarxni pasaytirish bo`yicha topshiriqlarning real bo`lishligi va imkoniyat darajasidan past bo`lmasligi uchun uni qurilish tashkilotiga rejalashtirilgan yil uchun belgilangan boshqa topshiriqlar, ishga tushiriladagan qurilish ob’ektlari, ishlari hajmi va mehnat unumdorligini ko`tarish bo`yicha qo`yilgan topshiriqlar bilan o`zaro muvofiqlashtirish kerak. Avtomobil yo`llarini qurish va ta’mirlash tannarxini pasaytirishga quyidagi asosiy yo`nalishlar bo`yicha tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish hisobiga erishiladi: -taraqqiyparvar mehnat vositalari va predmetlarini ishlab chiqarishga joriy etish; -yo`llar va yo`l inshootlari qurilishi va ta’mirlash texnologik tizimlarini takomillashtirish; -moddiy va mehnat resurslari sarfini qisqartiruvchi rezervlarni izlab topish va joriy etish; -ishlab chiqarish bo`limlari, xizmat ko`rsatuvchi xo`jaliklar va butun tashkilot faoliyatini optimal rejalashtirish va boshqarishning ilg`or uslublari va tizimlarini joriy qilish; -mehnatni tashkil etishning taraqqiyparvar usullarini joriy etish; -iqtisodiy ishlarning uslublari va shakllarini takomillashtirish. Tannarxni rejalashtirish to`g`ridan-to`g`ri kalkulyasiya qilish va omillar bo`yicha uslublarida amalga oshiriladi. Xarajatlarni kalkulyasiya qilish rejada ko`zda tutilgan materiallar sarfi, mehnat va qurilish mashinalarining mashina smena sarfining ishlab chiqarish me’yorlari va bu resurslar uchun reja hisob-kitob narxlari asosida amalga oshiriladi. Bunda o`tkazilishi ko`zda tutilgan tashkiliy-texnikaviy tadbirlar natijasida erishiladigan bu uslubning amaliy hisob-kitoblarda qo`llanilishi ishlab chiqilgan yiriklashtirilgan me’yorlar va asoslangan reja hisob-kitob narxlarining yo`qligi sababli chegaralangan. Tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni amalga oshirish bilan bog`liq bo`lgan iqtisodiy omillar ta’siri natijasida tannarxning reja darajasini belgilovchi (bazis yilida erishilganiga nisbatan), tannarxni omillar bo`yicha rejalashtirish uslubi keng qo`llanilishi o`z ifodasini topdi. Nazorat savollar: 1. Tannarxni aniqlash. 2. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi. 3. Ishlab chiqarish xarajatlari turlari. 4. Qisqa va uzoq davrda ishlab chiqarish xarajatlarining o`zgarish tamoyillari. 5. Tug`ri va ustama xarajatlar va ularni turlari. Download 286.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling