5 modul. Sanoat korxonalarining moliyaviy natijalari 12-mavzu. Foyda va rentabellik. Tashkilot moliyasi


Download 54.47 Kb.
bet2/6
Sana06.04.2023
Hajmi54.47 Kb.
#1335623
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12 мавзу (2)

Iqtisodiy samara - material, mehnat, pul va boshqa resurslarni tejash tufayli erishilgan miqdor.
Ijtimoiy samaradorlik - ishlab chiqarish samaradorligining mehnat sharoitlarini, uning ijodkorlik mazmunini boyitish, aqliy va jismoniy mehnat o‘rtasidagi farqni yo‘qotishni ifodalaydi.
Iqtisodiy samaradorlik ijtimoiy samaradorlikka nisbatan birlamchi xisoblanadi, chunki iqtisodiy yutuqlar korxonaning ijtimoiy muammolarini xal qilishga yordamlashadi. Samaradorlik tufayli korxona quyidagilarga ega bo‘ladi:
" o‘zining iqtisodiy barqarorligini va raqobatbardoshliligini ta’minlaydi;
" o‘z imijini yaxshilaydi va hamkorlar bilan aloqalarini mustahkamlaydi;
" xodimlarning iqtisodiy va ijtimoiy axvolini yaxshilaydi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish quyidagi omillar bilan bog‘liq bo‘ladi:
"bozor talablariga javob beruvchi yuqori sifatli maxsulot ishlab chiqarishda eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqarishning maksimal xajmini ta’minlovchi, optimal ishlab chiqarish jarayonini tanlash;
" iste’molchilar talabini qondiradigan mahsulot ishlab chiqarib sotish va foyda olish;
" aylanma vositalarni tejash imkoniyatini yaratuvchi optimal ishlab chiqarish zaxiralarini yaratish.
Xo‘jalik samaradorligini baxolash, korxonada foydalaniladigan resurs turlari bo‘yicha amalga oshirilishi va miqdor jihatidan o‘lchanishi mumkin. Masalan: ish kuchidan foydalanish samaradorligini mehnat unumdorligi va mahsulotning mehnat sig‘imi ko‘rsatkichlari yordamida baholash mumkin. Mehnat unumdorligi-inson mehnatining muayyan vaqt ichida ozmi - ko‘pmi mahsulot ishlab chiqarish qobiliyatidir.



bu yerda:
Mu – mehnat unumorligi;
Q - mahsulot xajmi qiymat ko‘rinishida;
Is - ishchilar soni.
Mahsulotning mehnat sig‘imi - mehnat unumdorligiga teskari kattalik bo‘lib, sarflangan mehnat miqdorining ishlab chiqarilgan mahsulot xajmiga nisbati bilan aniqlanadi. Mehnat unumdorligi - insonning muayyan vaqt ichida ozmi-ko‘pmi mahsulot ishlab chiqarish qobiliyatidir.

Mehnat qurollaridan foydalanish samaradorligi mahsulotning fond sig‘imi va fond qaytimi ko‘rsatkichlari yordamida aniqlanadi. Fond qaytimi korxona asosiy fondlarining bir birligiga to‘g‘ri keluvchi ishlab chiqarilgan mahsulotni anglatadi. U mahsulot sotishdan tushgan bir yillik tushumni asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi.

bu yerda:
Q- maxsulot xajmi, qiymat pul ko‘rinishida;
F - asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymati
Fond sig‘imi bir birlik yangi asosiy fondlarni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan kapital qo‘yilmalarni anglatadi.

Fond qaytimi qanchalik yuqori va fond sig‘imi qanchalik past bo‘lsa, mehnat qurollaridan foydalanish samaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi va aksincha. Fond qaytimini ko‘paytirishning muhim zaxirasi, asbob-uskunalardan unumli foydalanish, texnologiyalarni takomillashtirish va xodimlar malakasini oshirishdir.
Mehnat qurollaridan foydalanish samaradorligi, mahsulotlarning material sig‘imi yordamida sarflangan xomashyo, material, yoqilg‘i, energiya va mehnat predmetlarining umumiy qiymatini ishlab chikarilgan mahsulot xajmiga nisbati orqali aniqlanadi.

bu yerda:
m- mahsulotlarning material sig‘imi;
MX- moddiy xarajatlar miqdori, so‘m;
Q- mahsulot xajmi, so‘m
Samaradorlikni oshirish omillari quyidagilar: mahsulotning mehnat sig‘imi, material sig‘imi, fond sig‘imini kamaytirish va fond qaytimini oshirish, tabiiy resurslardan ratsional foydalanish va vaqtni tejash. Bularni amalga oshirish uchun ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning barcha omillarini ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha guruhlash kerak. Bu yo‘nalishlarga kuyidagilar kiradi:
" ishlab chiqarish strukturasini yaxshilash;
" fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarish va mahsulotning texnik-iqtisodiy darajasini ko‘tarish;
" ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash, kombinatlashtirish va xududiy joylashtirish darajasini oshirish;
" inson omilini kuchaytirish asosida mehnatkashlarning ijodiy faolligini va tashabbusini oshirishni yo‘lga qo‘yish ;
" xomashyo va materiallarning zamonaviy turlarini yaratish va ulardan foydalanish;
" ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil etish.
Sanoat va uning barcha bo‘g‘inlari ishini tavsiflovchi sifat ko‘rsatkichlaridan biri foyda va rentabellikdir. Foydaning asosiy vazifasi ishlab chiqarish faoliyatining natijasidan olingan iqtisodiy samarani tavsiflaydi, chunki u so‘nggi moliyaviy natijani ifodalaydi.
Foyda sanoat, tarmoq va korxonaning hamma, ishlab chiqarish, xo‘jalik faoliyati natijalarini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichdir. Balansdagi foyda yoki foydaning umumiy summasi - tovar mahsulotini sotishdan, ishlab chiqarishdan tashqari, bajarilgan ishlar va xizmatlardan olingan daromadlardan, korxona yordamchi xo‘jaliklarining mahsulotlarini sotishdan olingan daromadlardan tashkil topadi.
Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda (YaF) - bu, sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.



bu yerda:
YaF – yalpi foyda;
SST – sotishdan tushgan sof tushum;
MT – mahsulotning tannarxi.

Download 54.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling