5 modul. Sanoat korxonalarining moliyaviy natijalari 12-mavzu. Foyda va rentabellik. Tashkilot moliyasi


Foydani oshirishning asosiy yo‘llari


Download 54.47 Kb.
bet4/6
Sana06.04.2023
Hajmi54.47 Kb.
#1335623
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12 мавзу (2)

Foydani oshirishning asosiy yo‘llari:
" ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini, sifatini oshirish;
" ortiqcha asbob-uskunalar va boshqa mulkni sotib yuborish yoki ijaraga berish;
" moddiy resurslar, ishlab chiqarish quvvatlari va maydonlari, ish kuchi va ish vaqtidan unumliroq foydalanish xisobiga mahsulot tannarxini pasaytirish;
" ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish;
" mahsulot bozorini kengaytirish va h.k.


12.2.Rentabellik va uning hisoblash. Korxona rentabellik darajasiga ta’sir etuvchi omillar.

Amaliyotda rentabellik zarurati, o‘rni va ahamiyatiga ko‘ra samaradorlikni aks ettirib beruvchi boshqa turdagi ko‘rsatkichlardan farqli jihatlarga ega. Rentabellik ko‘rsatkichi hisobot davrida muayyan hisob ob’ektiga (odatda sarflangan ishlab chiqarish xarajatlari, aktivlar, xususiy kapital va shu kabilar) nisbatan to‘g‘ri keladigan foydalilik darajasini ifodalab berishga tayinlangan. Bu bilan muayyan hisob ob’ektining nisbiy o‘lchovlardagi samarasi aniqlanadi hamda uning samarali yoki samarasiz ekaniga baho beriladi. Rentabellik ko‘rsatkichi ham xalqaro maydonda, ham milliy iqtisodiyotdagi korxonalar hisob tizimida keng qo‘llaniladi. Rentabellik ko‘rsatkichi tayinlanishiga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi. Misol uchun, jami aktivlar rentabelligi, asosiy vositalar rentabelligi, joriy aktivlar rentabelligi, xususiy kapital rentabelligi va shu kabilar. Garchand rentabellik ko‘rsatkichlari nomlanishi va mazmuniga ko‘ra o‘zaro bir-birlaridan farqlansa-da, mohiyatiga ko‘ra bir turga mansubligini saqlab qoladi.


Rentabellik ko‘rsatkichlarini bir tizimga keltirib, ularning zarur yoki kamchilik tomonlarini bir maqola doirasida yoritib berish imkoniyati mavjud emasligini e’tiborga olib, bildirmoqchi bo‘lgan fikrimizni mahsulot ishlab chiqarish rentabelligi ko‘rsatkichi misolida bayon etamiz.
Xo‘jalik faoliyati samaradorligining umumlashtiruvchi mezon ko‘rsatkichi rentabellikdir.
Rentabellik - xo‘jalik faoliyatining samaradorlik darajasini bildiruvchi ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, u ma`lum vaqt (yil,oy,kvartal) davomida ishlab chiqarish faoliyatining foydaliligi (yoki zararliligini) ko‘rsatadi.
Korxona rentabelligi olingan foydani qilingan sarflarga taqqoslash orqali aniqlanadi va u foizlarda o‘lchanadi.
Rentabellik nazariyasida uning bir qancha turlari mavjud bo‘lib, ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
" sotish rentabelligi;
" asosiy faoliyat rentabelligi;
" xususiy kapital rentabelligi;
" asosiy kapital ( fondlar ) rentabelligi;
" permanent kapital rentabelligi;
" aylanma kapital rentabelligi;
" qarzga olingan kapital rentabelligi;
" real asosiy kapital rentabelligi;
" investirlangan kapital samaradorligi.

Download 54.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling